Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

Moliyaviy budjet –
kapital quyilmalar budjetini, pul mablag’lari budjetini va 
bashorat qilinadigan balansni o’zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir 
qismi. 
Muqobillashtirish (optimallashtirish) – 
topshirilgan chegaraga to’g’ri 
keladigan muqobillikni topish jarayoni.
Muqobil standartlar –
iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi 
o’rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosib xarajatlar –
o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha 
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subyektning ishbilarmonlik faolligi 
o’zgarsa o’zgarib turadigan xarajatlar.
Muhofaza muddatini uzaytirish – 
birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan ТMZ 
o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o’
zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning 
nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo’yicha tugallanmagan mahsulotning 
joyini aniqlash. 
Progressiv xarajatlar –
subyektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan 
tezroq o’sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar 
– muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda 
e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan 
bog’liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – 
tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 
sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) 
keltiradigan xarajatlar. 
Samarasiz xarajatlar –
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan ya’ni 
ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.


463 
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – 
xo’jalik 
yurituvchi subyektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat 
yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab 
chiqishni taqozo qiladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə