Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxs sifatlarining o'rni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
мулокот маданияти

2.7. Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxs sifatlarining o'rni 
Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxsning shakllangan sifatlari
fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi 
shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, 
vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri 
tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari 
lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea-
hodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta'sirlarga berilmaslikdir. 
2.8. Shaxsni muloqot usullariga o'rgatish 
Bolalar yoshlikdan avvalo oilada, so'ngra ta'lim maskanlarida muloqotga 
o'rgatib boriladi. Muloqotga o'rgatishning usullaridan biri muloqot ko'nikmasini 
mashg'ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani bog'cha sharoitida tarbiyachi turli 
mashg'ulotlar o'tkazib muloqotga o'rgatadi. Avval elementar o'zini tutish, 
kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullar 
tarkib topadi. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik 
treninglar orqali muloqotga o'rgatiladi. Shaxsning o'zi bu usullarga ijobiy 
munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda 
bo'lmasdan faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli 
rivojlana olmaydi. A.A. Bodalyev fikricha, hatto o'yin faoliyatida bola muloqotda 
bo'ladi. Ta'lim jarayonining asosida muloqotga o'rgatish masalasi turadi. Mehnat 
taiimi jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar. Muloqotning 


tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va 
psixikasini rivojlantiradi. Ya'ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. 
Jamoa muhitini shakllantirishda ikkinchi yo'nalish jamoa a'zolarining ruhiy 
madaniyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda o'quvchilarga ularning insoniy 
muloqot, inson shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar», «men 
boshqalarning ko'zi bilan») to'g'risidagi mulohazalarini rag'batlantiruvchi axborotni 
berish zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish mumkin. Maxsus 
mashqlar orqali muloqot usullariga o'rgatish-shular jumlasidan. Ruhiy madaniyatga 
o'rgatishni o'smirlik yoshidan boshlash muhim, chunki o'z shaxsi haqidagi 
axborotga qat'iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga keladi. O'smirlikda o'zining 
«Men»i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi. O'z ruhiy holati haqida xayol 
surish kuchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g'oyat tanlab o'tkaziladigan yoshda 
inson shaxsi, shaxslararo muloqot to'g'risidagi axborot zarurdir. 
N.P. Anikeyeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs 
muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsning tabiatini toiaroq ochib berishi 
yoki uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya — rollarni tanlash albatta insonning 
o'z mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o'z-o'zini tanqid qila 
olishiga, xulq-atvorining puxtaligiga, o'zini chetdan ko'ra bilish qobiliyatiga bog'liq 
bo'ladi. (Jamoada ruhiy muhit.) 
Ba'zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq
himoyalanganroq bo'lish uchun o'zidagi eng yaxshi xislatni yashirishga, buzishga 
majbur etadi. Erta o'smirlik paytida yigit va qizlar yakkalik holatini boshdan 
kechiradi. Ular his-tuyg'ularini hech kimga aytishmaydi. O'zi haqidagi va atrofdagi 
kishilar haqidagi axborot — muloqot usullarini va mazmunli muloqotni tashkil 
etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi muayyan 
ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Har bir kishiga xos bo'lgan ruhiy xususiyatlar 
asab tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo temperamentda: ta'sir ko'rsatish 
sur'atida, tabiiy signallarda (ovoz, yorug'lik, rang, hid, haroratning o'zgarishi), 
ijtimoiy signallarda (so'z, voqea, o'ta sezgirlikda, emotsional ko'zg'aluvchanlik, 
tashvishlilik darajasi, ekstraversiya, introversiya) namoyon bo'ladi. Ekstroversiya 


bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot sohasida yorqin 
namoyon bo'ladi. Ekstroversiya — individning tashqi dunyoga, introversiya — 
ichki dunyoga nisbatan qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog'liq 
ekstroversiya xususiyatlari ustun bo'lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar, 
tanishishlar borasida erkin muomalaga moyil bo'ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi 
tanishlar orttiradilar, shovqin-suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar — bu 
asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o'z ichki dunyolariga 
berilishga, kechinmalarga moyil. Atrofdagilardan ko'p tashvishlanadilar, ular 
yaqinlarning tor doirasini ma'qul ko'radilar. «Ekstroversiya-introversiya» o'qining 
o'rtalarida joylashgan kishilar psixologiyada sentrovertlar degan nomni olgan. Ular 
me'yorida kirishimli, me'yorida yolg'izlikka moyildirlar. 
Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o'rgatish mumkin. Masalan, ovozni 
baland chiqarib she'r o'qish, hikoyani so'zlab berish kabi treninglar ham 
muloqotning shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yin 
faoliyati davomida muloqotga o'rgatish oson kechadi. 
Muloqotga o'rgatishda o'yin va noo'yin shakllarini qo'shib olib borishning 
ahamiyati katta: 
1.
Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paylda didaktik 
o'yinlardan foydalanish. Ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas, 
o'quvchilardan biri bajarishi. 
2.
E'tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O'quvchilar o'rtoqlarining 
javoblarini xolisona baholashga maxsus o'rgatiladi, ayni paytda eng kichik tafsilot
detallargacha e'tiborni qaratib, o'rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli 
jihatlarini ajratib ko'rsatishni o'rganish. Kamchiliklarni qanday qilib yo'qotish 
haqida bahslashish, kamchilikni bitta o'quvchining o'ziga aytish orqali ta'sir qilish. 
3.
Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos xususiyatga ega. 
Ushbu o'quv qo'llanma jamiyatning yangilanish davrida inson ma'naviyati va 
ruhiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam 
beradi. 


Yaratiladigan yangi qo'llanmalar oldiga o'quvchi yoshlarning ma'naviy 
dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g'oya asoslarini singdirish, 
vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o'tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan 
faxrlanish hissi, yangicha tafakkur shakllanishi jarayonidagi ziddiyatlar va ularni 
bartaraf etish muammolarini teran yoritish talab etiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə