Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
мулокот маданияти

Natijalar izohi 
Tavsiya etilayotgan 16 ta savolning hammasiga ochiq ko'ngillik bilan javob 
bering va ochkolar yig'indisini toping. 
Agar siz «ha» deb javob bergan bo'lsangiz 2 ochko, «bilmadim» deb javob 
bersangiz 1 ochko, «yo'q» deb javob bersangiz 0 ochko bo'ladi. 
Agar ochkolar yig'indisi 30—32 ochkoni tashkil qilsa u holda siz kirishimli 
emassiz, ya'ni muloqotga ehtiyoj sezmaysiz, bu xusu-siyatingizdan o'zingiz 
jabrlanasiz, yaqinlaringizning siz bilan muomala qilishlari murakkab. Odamlar 
bilan ko'proq muloqotda bo'lishga intiling. 
25—29 ochko — siz indamassiz, kamgapsiz, yolg'izlikni yoqtirasiz, yangi ish, 
yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi. 
19—24 ochko — atrofdagilar bilan osoyishta muloqotda bo'lasiz va notanish 
sharoitda o'zingizga ishonasiz, odamlar bilan kelisha olasiz. Tortishuvlarda 
qatnashishni yoqtirmaysiz. 
O'yin mashqlarini guruhda tashkil qilish metodikasi 
Har bir guruh a'zosiga bittadan rol beriladi. Masalan, bir kishiga o'qituvchilik, 
yana biriga o'quvchilik, yana biriga rahbarlik, yana biriga xodimlik kabilar. Har bir 
kishi o'zining rolini sinfda bajarishi orqali muloqotchanlik sifatlari rivojlanadi, 
tortinchoqligi yo'qoladi. 
Ill B O B


MULOQOT - AXBOROT AYIRBOSHLASH, O'ZARO TA'SIR VA 
KISHILARNING BIR-BIRINI TUSHUNISHI VOSITASI 
3.1. Muloqot va til. Og'zaki kommunikatsiya (nutq) 
Insonning uni o'rab turgan olamga o'zaro ta'siri obyektiv munosabatlar tizimida 
namoyon bo'ladi. Obyektiv munosabat va aloqalar so'zsiz har qanday real 
guruhlarda paydo bo'ladi. Guruh a'zolarining bu obyektiv o'zaro munosabatlari 
subyektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish 
odamlarning o'zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyatida odamlar 
bilan munosabat o'rnatilmasa, ular bir-birini to'g'ri tushunmaydi, to'laqonli 
birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi. Masalan, o'qituvchi o'quvchilarga biror 
narsani o'rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak. 
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati, ehtiyojlari asosida tug'iladigan, 
ular o'rtasidagi aloqa rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot 
hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o'rtasida axborot almashinishni o'z ichiga 
oladi, bu muloqotning kommunikativ ko'rinishida ifodalanadi. Odamlar bir-biri 
bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. 
Muloqotning ikkinchi jihati muomalaga kirishuvchilarning o'zaro ta'siridir. Bunda 
faqat so'zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi 
bilan xaridor o'rtasida biror so'z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. 
Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok 
qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to'g'ri tushunishi muhim 
ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: 
kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o'zaro ta'sir) va perseptiv (o'zaro idrok 
qilish). 
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning 
o'zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish usuli sifatida namoyon 
bo'ladi. Muloqotning mazmuni — axborot almashish, o'qituvchi tomonidan turli 
kommunikativ vositalar yordamida o'quvchilar bilan o'zaro tushunish va o'zaro 
munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarini 


o'qituvchi hamda o'quvchilar jamoasi o'rtasida munosabatlarni ta'minlamay turib 
amalga oshirib bo'lmaydi. 
Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar, his-
kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, his-kechinmalarni axborot 
sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi siftida talqin etish mumkin. 
Ammo insonlararo kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat 
emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllantiriladi
aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotini shunchaki axborot 
almashinuvidan iborat jarayon, deb hisoblash mumkin emas. Muloqot jarayonida 
axborot bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlanishdan tashqari, faol 
almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot 
yuborayotganda, bir-birining motivlari, maqsadlari va boshqalami tahlil qiladilar). 
Shuningdek, muloqot jarayonida axborot almasha turib, kishilar belgilar tizimi 
orqali bir-biriga ta'sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta, 
suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta'sir o'tkaziladi). Muloqot jarayonida 
kommunikator (axborot yuborayotgan kishi) va retsipiyent (axborot qabul 
qilayotgan kishi) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo'lishi 
kerak. Yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon ishtirokchilariga bir-
birini tushunish imkonini beradi. Muloqot jarayonida faqal insonlararo 
kommunikatsiyaga xos to'siqlar vujudga kelishi mumkin. To'siqlar nafaqat belgilar 
tizimidagi farqlar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy farqlar yoki umuman 
dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin. 
Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo'lishi mumkin: 
1. 
Undovchi axborot — buyruq, maslahat, iltimos kabilarda 
namoyon bo'ladi. Undan ko'zlangan maqsad retsipiyentni biror 
harakatga rag'batlantirishdir. U uch xil bo'lishi mumkin: 
a) 
aktivlashtirish, ya'ni faollashtirish (biror harakatni qilishga 
undash); 
b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan to'xtatish); 
d) destabillashtirish (biror harakatdagi muvozanatni buzish). 


2. 
Konstatatsiyalovchi axborot — ma'lumot tarzida ifodalanadi. Bu 
turdagi axborot turli ta'limiy tizimlardan o'rin olgan bo'lib, xulq- 
atvorni o'zgartirish uchun bevosita ta'sir ko'rsatmaydi, ammo bilvosita 
ta'sir ko'rsatish maqsadi ham bo'ladi. 
Amerikalik jurnalist G. Lassuel besh unsurdan iborat bo'lgan kommunikativ 
jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: 
A.Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda); 
B. Nima (qanday axborot uzatilmoqda); 
V. Qanday (axborot qanday yo'l bilan uzatilmoqda); 
G. Kimga (axborot kimga yo'naltirilmoqda); 
D. Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi). 
Kommunikativ jarayon 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə