Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
мулокот маданияти

«01tin so'zlar» 
(azizim, aylanay, o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun 
boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik 
hayotimizda ko'proq, ammo o'rni kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar 
muloqotiga yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san'ati, madaniyati 
shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e'tibor berishimiz kerak. 
Chunki «qush uyasida ko'rganini qiladi», degan naql bejiz emas. 
Kattalar bir-birlariga verbal (og'zaki), noverbal va paralingvistik ta'sir 
ko'rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-
birimizga ta'sir eta olamiz. Bir so'z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. 
Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim. 
Muloqot turli yoshlarda o'ziga xos bo'ladi. Masalan, kattalar ma'lumotlariga, 
yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muloqotda bo'ladilar. Keksalar muloqoti 
o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzattalab, injiq, e'tibortalab bo'lib 
qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ularning 


ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qoilash 
zarur. 
Demak, har bir yosh guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham 
o'ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga 
oshiriladi. 
2.6. Shaxsning shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar 
Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy 
narsalarni o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. 
Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ 
bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, 
ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, 
ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni 
boshlashdan avval miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy
aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy 
rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta'sir 
qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga 
o'qituvchi muloqot orqali ta'sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta'sir qilish 
vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. 
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini 
hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga 
kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga 
kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda so'zning ta'sir kuchi 
hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) xususiyatlariga qarab muloqot 
usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalarning 
hosil bo'lishida muloqotning o'rni beqiyos. Oddiy ko'nikmalar («to'g'ri o'tir, 
qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber») ham muloqot orqali singdiriladi. 
Shaxs muloqotining shakJlanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o'rin 
egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta'sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u 
qabul qilmasligi, sizning bergan ko'rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. 


Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning 
shakllanishida maqsad to'g'ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta'lim-tarbiya jarayonida, 
turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar 
oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid 
qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. 
Har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalash uchun 
yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish zarur. Demak, muloqot fikrlash 
bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi. 
Shaxsning shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida psixolog olimlar o'z 
fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, psixolog B.G. Ananev «Odam bilishning 
predmeti sifatida» asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli 
elementlarini egallash muvaffaqiyatli o'zlashtirishning garovi ekanligini 
ta'kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib 
o'tadi. Agar kishilar o'zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini muloqot 
orqali almashmasalar rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli fikrlarni 
keltiradi. 
B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning uchun 
nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-
ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi. 
Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya 
kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan. 
Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga qiziqish ortib 
bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning bir-birlari bilan qiladigan 
muloqoti katta ahamiyatga ega. Psixolog olim V.N. Myasishev muloqot masalasiga 
chuqur yondashgan, uni o'rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq 
kommunikatsiyasi bilan bog'lab o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni 
jarayon sifatida o'rgangan. Ya'ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta'sir 
ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti sifatida tahlil qiladi. Uning 
fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi sifatlarni namoyon qilishi 
mumkin.» 


Tajribali psixolog A.A. Bodalyev esa shaxs o'yinda, o'qishda, muloqotda, ya'ni 
faoliyatning turli sohalarida o'zining o'rnini bilishi zarurligini uqtiradi. U o'zining 
«Shaxs va jamiyat» kitobida bu masalaga katta e'tibor berib, bu muammolar kam 
o'rganilganligini ta'kidlaydi. A. A. Bodalyevning fikricha, «insonni muloqot orqali 
tarbiyalashda bu unga qanday ta'sir qilishini avvaldan o'ylash zarur». (A. A. 
Bodalyev. Shaxs va muloqot. M. 17-b.) 
 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə