B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Аxborot mаnbааlаri 
1.www.gbif.org (Global Biodiversity Information Facility) 
2.www.mappinglife.org (Map of Life) 
3.www.plantlife.org.uk (Plantlife: Important Plants Areas) 
4.www.flora.uz 
5.www.ziyonet.uz 
6.www.naukaran.ru
7.www.rusplant.ru

Namangan davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 

Fan/modul uchun mas’ullar: 
I.Tog’ayev NamDU
 
Biologiya
 
kafedrasi dotsenti, b.f.n. 
X.Ergasheva NamDU
 
Biologiya
 
kafedrasi dotsenti, PhD. 

Taqrizchilar: 
Sh. Tojiboyev
 
NamDU
 
Biologiya
 
kafedrasi b.f.n, prof. 
O.Imomov
 
NamDU
 
Biologiya
 
kafedrasi katta oqituvchisi, PhD. 


21 
II.
O’QUV KONTENTLAR 
 
 
1.1. 
Kirish. Botanika fanining rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari. 
O‘simlik hujayrasi va organlari haqida umumiy tushuncha. 
Reja: 
1.
Botanika fanining rivojlanish tarixi. 
2. Botanikada foydalaniladigan tadqiqot usullari. 
3. O’simlik hujayrasining tuzilishi. 
Tayanch iboralar:
botanika, hujayra, sitoplazma, morfologiya, anatomiya 
ontogenetik, teratologiya, eksperimental, filogenetik usul.
1. Botanika fanining rivojlanish tarixi. 
O‘simliklar haqidagi bizgacha yetib kelgan dastlabki ilmiy ma’lumotlarni 
eramizdan avvalgi III–IV asrlardagi grek klassik faylasufi Aristotel va uning 
shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish mumkin. 
XV-XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida o‘simliklarni dastlabki 
ro‘yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda o‘simliklar morfologiyasining asosiy 
tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi. O‘simliklarning klassifikatsiya 
qilishning uslublari va qonun-qoidalari ishlab chiqildi. O‘simliklar dunyosining 
dastlabki sistemalari yaratildi. 
XVII–XVIII asrlarda organizmlarning tuzilishi va vazifalari, ba’zi bir 
umumiy qonuniyatlar haqida juda ko‘p ashyoviy materiallar to‘plandi. Ayniqsa, 
o‘simliklarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi, ularning yashash 
sharoitiga moslanishi haqida ma’lumotlar ko‘paydi. 
Organizmlarning evolutsiyasi haqidagi ilmiy asoslangan fikrlar XIX asr 
boshlarida Fransiyada J. Lamark organik olam evolutsiyasini birinchi bo‘lib ilmiy 
asoslashga harakat qiladi. XIX asrining o‘rtalarida hujayra nazariyasining 
asoschilari nemis olimlari M.Shleyden va T.Shvanlardir.


22 
XIX asrining ikkinchi yarmida evolutsion ta’limot va tarixiy uslub asosida 
biologiyaning yangi tarmoqlari kelib chiqa boshladi. Ana shu davr turli o‘simliklar 
guruhlarining filogenetik sistemalarini yaratish bilan ham xarakterlanadi. 
XX asr biologiya fanining jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Bu davda 
biologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar yangi ilmiy ishlab chiqarish uslublari 
va yo‘llarini ishlab chiqish hamda ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir. 
XX asrda botanika sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotda va atrof-muhitni 
muhofaza qilish kabilarda katta ahamiyatga ega.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishidagi 
tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi 
allomalarning asarlarida o‘z infodasini topgan. 
O‘rta Osiyo olimlarining fan tarixida qoldirgan olamshumul ko‘p qirrali 
ilmiy merosini o‘rganishga e’tibor har tomonlama ortib bormoqda. Ayniqsa, 
alohida ta’kidlash zarurki, keyingi o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyo mazkur 
olimlar ilmiy merosini o‘rganish markaziga aylanib qoldi. O‘rta Osiyolik 
olimlarning tabiiy-ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilgan yutuqlarni tahlil 
qilish shundan dalolat beradiki, O‘rta Osiyo olimlari o‘z asarlari bilan jahon 
biologiya fanlarini rivoj-lantirishga beqiyos ulkan hissa qo‘shgan. Keyingi vaqtda 
O‘rta Osiyo olimlarining asarlarini har tomonlama tahlil qilayotganligi va ularni 
chop etib, keng kitobxonalar ommasi hukmiga havola etilayotganligi ham 
fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, O‘rta Osiyo olimlari, jumladan, Al-Xorazmiy, 
A.N.Farobiy, Z.M. Bobur kabi allomalarning ilmiy merosini o‘rganishga 
bag‘ishlab o‘tkazilgan yubiley sessiyalari munosabati bilan olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlar ularni tabiiy fanlar sohasida qoldirilgan ilmiy merosini va biologiya 
fan-larini rivojlantirishga qushgan hissalarini aniqlash va uni chuqur o‘rganishda 
yuksak omil bo‘ldi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə