35
pigmentlar – flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antotsianlar hujayra shirasiga
qizil, ko‘k yoki binafsha
rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga ega.
Vakuolalar
hujayraning osmotik hodisasida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra
shirasida erigan molekulalar va ionlar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Shuning uchun
ular sitoplazma va hujayra qobig‘iga ma’lum bosim hosil qilgan holda ta’sir etadi.
Buni
osmotik
bosim
deb
ataladi.
Uning
kuchi
hujayra
shirasining
konsentratsiyasiga bog‘liq. Hujayra qobig‘ining unga qarshi qo‘rsatadigan kuchi
turgor bosim
deyiladi. Osmotik va turgor bosimlarning o‘zaro nisbati hujayraning
shimish kuchini belgilaydi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi: S q P – T;
bunda S – hujayraning shimish kuchi; P – osmotik bosim; T – turgor bosim.
Bu ko‘rsatkichlar hujayraning fiziologik holatiga qarab o‘zgarib turadi.
Vakuolaning hujayra osmotik jarayonlardagi roli va sitoplazmaning ba’zi bir fizik
xususiyatlari, plazmoliz hodisasida ko‘rinadi. Plazmoliz – vakuolalarning o‘zidan
suv yo‘qotishi natijasida hujayra qobig‘idan sitoplazmaning qochishidir. Plazmoliz
hujayrani biror gipertonik eritmaga tushirganda kuzatiladi. Buning uchun saxaroza,
glitserin, kaliy nitrat tuzi eritmasi va boshqalardan foydalaniladi, plazmolitiklar
deb shularga aytiladi.
Sitoplazma faqat suvni o‘tkazadi. Plazmolitiklarning
molekulalarini
o‘tkazmaydi. Osmos qonuniga ko‘ra tashkaridagi gipertonik eritma vakuoladan
suvni “so‘rib” oladi. Natijada uning hajmi qisqaradi. Uning ketidan elastik holdagi
sitoplazma ham qisqiradi. Plazmoliz hujayra shirasi
bilan tashqaridagi eritma
konsentratsiyalarnig tenglashishiga qadar davom etadi. Plazmoliz jarayoni sekin
borganda uning burchaklaridan boshlanadi va bu boshlang‘ich
holat
burchakli
plazmoliz
deyiladi. Keyinchalik botiq va oxirida qabariq plazmolizlar kelib
chiqadi. Tez sodir bo‘lgan qovushqoq sitoplazmadagi plazmoliz changak
ko‘rishida bo‘ladi. Plazmoliz holiga o‘tgan hujayralar tiriklik
xususiyatini saqlab
qoladi. Bunday hujayralar gipotonik eritmaga tushirisa,
avvalgi holatiga qaytishi,
ya’ni deplazmoliz hodisasini tekshirish bilan sitoplazmaning yarim
o‘tkazuvchanlik, qovushqoqlik va elastiklik xususiyatlari haqida hujayranig tugror
holatini yo‘qotishi o‘simlikning so‘lishiga olib keladi. O‘silikda
suv tanqisligi
36
natijasida hujayralarning noziq qobig‘i burishadi va shu vaqtda protoplast ham
burmali ko‘rinishni oladi.
Dostları ilə paylaş: