33
Lipidlar
ham biologik xarakterdagi katta birikmalar guruhi hisoblanadi.
Lipidlar suvda erimasligi aksariyat organik etiruv-chilarda
erishi bilan
xarakterlanadi.
Uglevodlar
har qanday hujayralar protoplasti tarkibga kirib, oddiy va
murakkab uglevodlar (polisaxaridlar) farq qilinadi.
Oddiy uglevodlarga Glukoza,
fruktoza va saxarozalar misol bo‘la oladi. Kraxmal va sellulozalar polisaxaridlar
hisoblanadi. Ular hujayraning ergastik moddalaridir.
Sitoplazmaning anorganik tarkibiga asosan C, O, H, N; bulardan tashqari Ca,
P, K, S kiradi. Mikroelementlardan sitoplazmada Fe, Mn, Na, Cl, Mg, Br, I, Cu,
Cr, Zn va boshqa ko‘pgina kimyoviy elementlar uchraydi.
Barcha kimyoviy
birikmalar orasida tirik hujayralarda eng ko‘p miqdorda (60–90%) suv uratiladi.
Hujayrada kechadigan barcha reaksiyalar suvli eritmalarda boradi. Shunday qilib,
sitoplazmada suv - 80%, oqsil – 12%, nuklein kislotalar – 2%, moylar – 5%,
uglevodlar – 1,2% bo‘ladi.
Protoplast
fizik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p holadli kolloid eritma
hisoblanadi. Protoplast shilimshiq tuxum oqsiliga o‘xshab ketadi. U, odatda dispers
muhiti suvdan iborat gidrozol kolloid sistemadir.
Hujayrani o‘rganish borasidagi ana shunday yutuqlardan biri sitoplazmaning
parda tuzilishidir. Demak, sitoplazma fosfo-lipidlar va oqsillardan iborat yupqa (4–
10 nm) pardasimon tuzilishga ega. Lipidlarning molekulasi
pardaning tuzilish
asosini tashkil etadi.
Lipidlar gidrofob va gidrofil tomonlarga ega bo‘lgan qo‘sh qavat parda hosil
qilib ular orasida oqsil molekulalari joylashadi.
O‘simlik hujayrasining sitoplazmasida uchta qavat ajratiladi: plazmalemma,
mezoplazma va tonoplastlar. Plazmalemma hujayra qobig‘i ostida joylashgan
sitoplazmaning tashqi qavati hisoblanadi. Tonoplast esa sitoplazmani vakuol bilan
chegaralanuvchi ichki qavatidir. Sitoplazmaning asosini mezoplazma, ya’ni o‘rta
qavat tashkil etadi. Chegaralovchi qavatlar sitoplazmaga tashqi muhitdan molekula
va ionlarni kirishi yoki chiqishni idora etadi.
34
Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to‘plangan
suvda eruvchan
ergastik moddalar sitoplazma bilan aralashmay alohida tomchilar holida to‘planadi.
Hujayraning yoshi ulg‘ayishi bilan birga ular bir–birlari bilan qo‘lishib
hujayra
shirasi
deb atalgan eritmani tashkil etadi. Hujayra shirasi sitoplazmaning
ichkipardasi hisoblangan tonoplast bilan chegarlangan bo‘ladi. Ko‘pchilik yuksak
o‘simliklarni voyaga yetgan hujayralari uchun markaziy vakuolalarning bo‘lishi
xarakterlidir. U ancha yirik bo‘lib, hujayraning 70–90% hajmini egallaydi,
hujayraning protoplasti barcha organellalari bilan birga uning qobig‘i
ostida
joylashadi. Hujayra qobig‘i ostida joylashadi prostoplastda ham odatda mayda
sitoplazmatik vakuolalar uchraydi.
Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasi ham o‘zgaruvchan.
Hujayra shirasining keng tarqalangan moddalaridan biri shakarlardir. Ular
saxaroza, glukoza va fruktozalar shaklida uchraydi. Shakar moddalar hujayrada
g‘alamangan holda hujayra uchun muhim oziq moda sifatida xizmat qiladi.
Glukoza va fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda ko‘p miqdorda to‘planadi va
ulardan inson keng foydalanadi. Yetilayotgan urug‘ hujayralari vakuolalarida ko‘p
miqdorda kolloid holdagi oqsillar to‘planadi.
Shuning uchun ham ularni
oqsilli
vakuolalar
deyiladi. Hujayra shirasi organik kislotalardan olma, limon, qahbaro
kislotlari va oksidlar ko‘proq uchraydi.
Ular xom mevalarda kuzatilib, mevaga
nordon maza beradi. Mevalar yetilganda organik kislotalar nafas olish uchun sarf
bo‘lib ketadi va mevaning nordonlik mazasi yo‘qoladi.
Hujayra shirasi tarkibiga ko‘pincha oshlovchi moddalar – tannin ham kiradi.
Bular azotsiz
siklik birikmalar hisoblanib, burushtiruvchi xususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: