B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Diktiosomalar
. O‘silik hujayralarida odatda bir necha sondagi 
diktiosomalar bo‘lib, ularning yig‘indisi Goldji apparati deb ataladi. Har bir 
diktiosoma murakkab parda sistemasidan iborat. U asosan uchta qismdan tuzilgan: 
bir – birlariga nisbatan parallel joylashgan yassi sisternlar va ularni bog‘lab 
turuvchi (zich to‘r hosil qilgan holda) naychalardan hamda pufakchalardan tashkil 
topadi. Diktiosomalarning vazifasi sisternlarda suv, shakar moddalar, efir moylari 
va shilimshiq moddalarni to‘plash va ularni keyinchalik hujayradan to‘plash, 
hujayra qobig‘ining shakllanishi, plazmodesmaning yangi qismlarini hosil bo‘lishi, 
shuningdek vakuolalarni kelib chiqishda muhim rol o‘ynaydi. 
Plastidalar
. Plastida avtotrof o‘simliklar hujayrasi uchun xos organelladir. 
Bakteriyalar, shilimshiqlar va zamburug‘larning hujayralarida bo‘lmaydi. 
Plastidalar sitoplazmadagi organoid hisoblanib, faqat yashil o‘simliklar 
hujayralarida uchraydi. Plastidalarda uglevodlar, oqsillar va moylarning to‘plash 
jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibdagi bo‘yovchi modda va bajaradigan hayotiy 
vazifasiga ko‘ra uch turga ajratiladi: yashil plastidalar – xloroplastlar, sariq, to‘q 
sariq; qizil plastidalar – xromoplastlar, rangsiz plastidalar – leykoplastlar. 
Elektron mikroskoplar kashf etilgandan keyin olib borilgan tekshirishlarda 
xloroplastlarning nihoyatda murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Ular 
tashqi tomonidan qo‘shqavat parda bilan o‘ralgan bo‘lib, pardalarda mayda 
teshiklar bo‘ladi. Ular yordamida xloroplastlar sitoplazmadagi endoplazmatik to‘r 
bilan bog‘lanishda bo‘ladi. Parda ostida rangsiz modda, ya’ni asos yoki matriks
unda esa ichki membranalar sistemasi hisoblangan plastinkalar – lamellalar yotadi. 
Lamellalar ba’zi joylarda diksimon yopiq qopchalar – tilakoidlar hosil qiladi. Ular 
zich ustunlar ko‘rinishda bo‘lib, granalar (qirralar deyiladi). Xloroplastlarning 
guzilishi hujayraning zsishi bilan o‘zgarib boradi. Hujayranig qarishi bilan ular 
yemiriladiyu Xloroplastlarning asosiy vazifasi fotosintez jarayonni bajarishidir. 
Xromoplastlar
– sariq, to‘q sariq, qizil rangi plastidalardir. Ularning rangi 
ksantofill, karotin, likopin va boshqa karotinoidlar gruppasiga kiruvchi bo‘evchilar 
ishtiroki tufaylidir. Xromoplastlar yetilgan mevalarda (na’matak, do‘lana, qizil 
garmdori, tarvuz, pomidor va boshqalar), ba’zi gultoj-barglarda (sariq atirgul, 


38 
ayiqtovon, nastursiya, sariq gulli xrizantema, lolalar) va sabzi kabi ildizmevalarda 
uchraydi. Xromoplastlar, sitoplazmadagi almashinuv jarayonlarda faol ishtirok etsa 
kerak. 
Leykoplastlar
tarkibida bo‘yovchi modda saqlamaydigan plastidalardir. 
Leykoplastlarning asosiy vazifasi oziqa moddalar to‘plashdan iborat bo‘lib, ularda 
kraxmal, oqsil va moylar to‘planadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə