|
B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )O.N. Imomov. Botanika. Majmua Hujayra organoidlari
Mezoplazma
murakkab tuzilishga ega. Porter va uning shogirdlari
kuzatishlariga ko‘ra sitoplazmada ichki bo‘shliqlar, sisternlardan iborat kanallar
sistemasi mavjud. Bunday kanallar sistemasining qavatlari ham sitoplazmaning
chegaralovchi qavatlari kabi tuzilishga ega. Murakkab pardalar sistemasi va ichki
kanallar yig‘indisi
endoplazmatik to‘r
deb nom olgan. Endoplazmatik to‘rning
morfologik va fiziologik jihatdan ikki asosiy turi ajratiladi: donador va silliq
endoplzmatik to‘r. Donador endoplazmatik to‘r pardasiga ribosomlar yopishgan
bo‘ladi. U hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Ribosomlar maxsus fermentlar
to‘planadi yoki sarf bo‘lib turadi. Yendoplazmatik to‘r kanalllari orqali hujayra
ichila va hujayralararo makromolekula va ionlarning harakati kuzatiladi. Donador
endoplazmatik to‘r hujayra pardplarini hosil qilish va o‘sish markazi hisoblanadi.
Uning yordamida hujayra organellalari o‘rtasigi o‘zaro aloqalar amalga oshadi.
Hujayraning vakuollari, lizomalar, mikrotanachalar plazmatik to‘rdan kelib
chiqadi. Silliq endoplazmatik to‘r uncha rivojlanmagan bo‘lib, ba’zi hujayralarda
uchramasligi mumkin. U ko‘pincha efir moylari, smolalar va kauchuk kabi
moddalarga ega bo‘lgan o‘simlik hujayralarida yaxshi tarqqiy etgan bo‘ladi.
Mitoxondriyalar
. Mitoxondriyalar yorug‘lik mikroskopida ancha mayda
ko‘rinadigan hujayra organiodlaridan bir hisoblanib, uni o‘simlik hujayralarida
birinchi bo‘lib F. Meves 1904 yilda aniqlagan. Ular odatda donador tayoqcha yoki
ipsimon shakllarga ega va doimo harakatda bo‘ladi. Mitoxondriyalarning
hujayradagi o‘rtacha soni 50 dan 5000 gacha bo‘ladi. Hujayradagi mitoxondriyalar
yig‘indisi
xondriomalar
deb ataladi. Mitoxondriya qo‘sh pardali tuzilishga ega.
Tashqi pardasi gialoplazma bilan mitoxondriya o‘rtasida moddalar almashinuvini
idora etadi. Ichki pardasi biroz boshqacharoq tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega.
Ichki pardadan plastinkalar yoki naylar shaklida o‘simtalar chiqadi, ularni
kristlar
deb ataladi. Mitoxndriyalarning hujayradagi asosiy vazifasi ADF dan energiyaga
boy adenozitrifosfat (ATF)ni sintez qilib hujayrani energiya bilan ta’minlashdir.
|
|
|