Ribosoma gialoplazmada erkin holda hamda endoplazmatik to‘r va
mag‘izlarning tashqi pardalarida ko‘p sonda yepishgan holda uchraydi.
Ribosomaning o‘lchami 20 nm atrofida bo‘lib, murakkab zarracha
hisoblanadi. U ikkita katta va kichik zarrachalardan tashkil topgan. Hozir
ribosomaning ikkita asosiy turi, ya’ni prokariot va eukariot ribosomalar farq
qilinadi. Bundan tashqari mustaqil holda mayda oqsil to‘plovchi ribosomalar
mitoxondriyalar, xloroplastlar tarkibida uchraydi.
Ribosomaning tarkibiga r-RNK va oqsillar kiradi. r-RNK ribosomaning 50-
63% qismini tashkil etib, tuzilishining asosi hisoblanadi. Oqsillar o‘nlab sonda
bo‘lib, ular r-RNK ning maxsus qismlari bilan bog‘lanadi. Ribosomalarda
hujayraning eng muhim xususiyati – oqsil to‘plash alamga oshiriladi.
Mikronaychalar . Ko‘pchilik hujayralarda topilgan organoid hisoblanib,
ular diametri 250 A ga teng va ichi kanallardan iborat naychalardir.
Mikronaychalarning devorlari oqsil molekulalaridan tuzilgan. Ular sitoplazma va
uning hosilalarining harakatida, masalan, xivchinlarning tuzilishida qurilish
materiali sifatida ishtirok etsa kerak.
Hujayraning bo‘linish vaqtida mikronaychalardan urchuq ipi hosil bo‘ladi.
Hujayra bo‘linishining oxirgi bosqichida iplar qaytadan mikronaychalardan ajralib
ketadi. Ehtimol mikronaychalar zich hujayra qobig‘iga ega bo‘lmagan hujayralarda
tayanch vazifasini bajarsa kerak.
Lizosomalar . Endoplazmatik to‘r yoki diktiosomalarning mahsuli sifatidagi
sitoplazmada uchraydigan organelladir. U gidrolitik fermentlarga ega bo‘lib,
hujayradagi barcha mikromolekulalarni va boshqa organik birikmalarni
parchalaydi. Bundan tashqari lizosomalar hujayrani o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan
39
organellalardan va shunga o‘xshash hujayra uchun yot bo‘lgan moddalardan
tozalaydi.