42
Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasi ham o‘zgaruvchan.
Hujayra shirasini keng tarqalgan moddalaridan biri shakarlardir.
Ular saxaroza,
Glukoza va fruktozalar shaklida uchraydi. Shakr moddalrhujayradan g‘amlangan
holda hujayra uchun muhim oziq modda sifatida xizmat qiladi. Glukoza va
fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda ko‘p miqdorda to‘planadi va ulardan
inson keng foydalanadi. Yetilayotgan urug‘ hujayralari vakuolalarida ko‘p
miqdorda kolloid holdagi oqsillar to‘planadi.
Shuning uchun ham ularni
oqsilli
vakuolalar
deyiladi.
Hujayra shirasida organik kislotalardan olma, limon, qahbaro kislotalari va
oksidlar ko‘proq uchraydi.
Ular xom mevalarda kuzatilib, mevaga nordon maza
beradi. Mevalar yetilganda organik kislotalar nafas olish sarf bo‘lib ketadi va
mevaning nordonlik mazasi yo‘qoladi.
Hujayra shirasi tarkibiga ko‘pincha oshlovchi moddalr – tannin ham kirdi.
Bular azotsiz
siklik birikmalar hisoblanib, burushtiruvchi xususiyatiga ega.
Alkaloidlar
. Geterosiklik tuzilishli azotli organik moddalar. Ular achchiq
ta’m beradi. Hujayra shirasida tuzlar shaklida uchraydi va ishqoriy xossaga ega.
Odatda rangsiz, ba’zanrangli bo‘ladi. Alkaloidlar yuksak o‘simlik hujayralari
uchun xos boshqa organizmlarda juda kam uchraydi.
Glikozidlar
. Shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa moddalar
bilan birikishidan hosil bo‘lgan tabiiy moddalar guruhi. O‘simlikdan olinidigan bir
necha glikozidlar tibbiyotda foydalaniladi. Glikozidlarga
hujayra shirasidagi
pigmentlar – flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antotsianlar hujayra shirasiga
qizil, ko‘k yoki binafsha rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga ega.
O‘simlik hujayralarida moddalar almashinuvchi natijasida hosil bo‘lgan
mahsulotlar, ya’ni gialoplazma turli organellalarda ba’zan hujayra qobig‘ida
ma’lum miqdorda to‘planadi.
Bu xildagi mahsulotlarga (kiritmalarga)
birinchi navbatda kraxmal
donachalari, lipid moy tomchilari, oqsillar, ikkinchi turlariga esa ba’zi
moddalarning kristallari kiradi.