45
moddalarga nisbatan suvda uncha bo‘kmaydi. Ba’zan xo‘jayra qobig‘ida
amorf
holdagi polisaxaridlar to‘planishi mumkin. Asosda yukorida ko‘rsatilgan
polisaxaridlardan tashqari maxsus tuzilishli oqsil va lignin moddalari keng
tarqalgan. Ligninning hujayra qobig‘ida to‘planishi
yog‘ochlanish
deb ataladi.
Lignin fenollar qatoriga kiruvchi suvda erimaydigan polimer modda.
Uning
to‘planishi hujayra qobig‘i xususiyatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Avvalo
unung elastiklik xususiyati yo‘qoladi
mustahkamligi ortadi, suv o‘tkazuvchanligi
esa pasayadi.
Ba’zi hujayralarning qobig‘ida ko‘p
miqdorda qumtuproq, kalsiy oksalat
yeki karbonatlar uchraydi. Ular hujayra qobig‘iga
qattiqlik, shu bilan birga
mo‘rtlik xususiyatlari beradi. Ba’zi bir tur hujayralar qobig‘i mum, kutin va
suberin kabi lipid moddalar shimadi yoki ular bilan qoplanadi.
Ular kimyoviy
jihatdan bir-birlariga yaqin organik moddalar bo‘lib, organik erituvchilarda oson
eriydi.
Hujayra qobig‘ini hosil bo‘lishida Goldji apparati
va plazmolemma asosiy
rol o‘ynaydi. Goldji apparati hujayra qobig‘i tarkibiga kiruvchi glikoproteid, lignin
kabi moddalarni sintezlab beradi. Sellulozaning sintezi va kristallanishi hamda
joylashishi plazmolemmaga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: