41
bo‘linishning profazasida bir necha bosqichlar ajratilib, ularda xromosomalarning
shakllanishi, gomologik xromosomalarning juft–juft bo‘lib yaqinlashishi ularning
matashuvi va ajralishi hamda hosil bo‘lgan qo‘sh xromosomalar ma’lum
shaklni
olgan holda ekvatorial tektolikda joy olishi kuzatiladi. Profazaning oxirida mag‘iz
qobig‘i va mag‘zi yo‘qoladi. Metofazada qo‘sh xromosomalarning axromatin
urchuq yordamida hujayra qutblariga ajralishi boshlanadi, anafzada esa qo‘sh
xromosomaning yarmi, ya’ni oddiy xromosoma urchuq iplari bo‘ylab
hujayra
qutblariga tortiladi. Ana shu vaqtda har bir qutbda xromosomalar soni ikki marta
kamaygan bo‘ladi.
Interkinez yoki oraliq faza mitoz bo‘linishning interfazasiga o‘xshab ketadi.
Birinchi va ikkinchi, bo‘linish davrlarini qisqarishiga yordam beradi. Interkinezdan
so‘ng ikkinchi bo‘linishning profaza va metafazalari hujayraning har bir qutbida
alohida boshlanadi. Bo‘linishning anafazasida xromosomalar ajrlishi va qutblarga
tortilishi, telefazada 4 ta gaploid mag‘iz hosil bo‘lishi hamda har biri maxsus qobiq
bilan o‘ralib, mustaqil hujayralarga aylanadi. Meyozning oxirgi bosqichi
tetradalar
hosil bo‘lish
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: