53
qoladi. Kollenximaning xarakterli xususiyati hujayralarida xloroplastning
uchrashidadir. Hujayra qobig‘ining qalinlashish xarakteriga ko‘ra burchakli,
plastinkali va g‘ovak kollenxima turlari farq qilinadi. Kollenxima poyalarda, barg
bandlari va barg yaproqlarida kuzatiladi. U
qovoq poyasining birlamchi
po‘stlog‘ida, kartoshkagulda, kartoshkada va marmarakda ham yaxshi taraqqiy
etgan bo‘ladi.
Plastinkali kollenximada hujayralarning tangental
devorlari ichki va tashqi
tomonlari qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda olma, yertut va
qoraqatning barg bandlarida uchraydi. G‘ovak kollenximada
hujayra oraliqlari
yaxshi rivojlangan. Bunday hujayralarda faqat hujayra oraliqlari bilan
chegaralangan qismlari qalinlashadi. G‘ovak kollenxima oq sho‘ra, rovoch va
boshqa o‘simliklarning poya va barg bandlarida uchraydi.
Kollenxima faqat
mexanik vazifani bajarib qolmay, balki assimilatsion vazifani ham bajaradi. Barg
plastinkasida kollenxima o‘tkazuvchi boylamlarni ostki va ustki tomonlaridan
o‘rab turadi.
Shunday qilib, kollenxima birlamchi kelib chiqishga ega va yosh
o‘suvchi organlar uchun xarakterli mexanik to‘qima hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: