B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


Hujayra qobig‘ining o‘sishi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Hujayra qobig‘ining o‘sishi
. O‘sish va cho‘zilish hodisalari hujayraga ko‘p 
miqdorda suvning kirishi va markaziy vakuolaning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Bo‘linayotgan yoki cho‘zilayotgan hujayralar qobig‘i gemiselluloza va 
pektinlardan iborat bo‘lib, u birlamchi qobiq deb ataladi. Bunda sellulozaning 
miqdori 30% dan oshmaydi. 
Plazmodesmalar
, bir hujayradan ikkinchi hujayraga poralar (teshik) orqali 
o‘tib ketuvchi sitoplazmatik iplar yoki kanallardir. Ular orqali hujayralararo mayda 
molekula va ionlar harakati kuzatiladi. 
Poralar yoki teshiklar. Hujayra qobig‘ining qalinlashmay qolgan qismini 
poralar (teshiklar) deb ataladi. Teshiklar yumaloq, ba’zan ellipssimon, tirqishsimon 
yoki butsimon shakllarda bo‘ladi. Teshiklar shakliga ko‘ra oddiy va hoshiyali 
tiplarga ajratiladi. Oddiy teshiklar lub va yog‘ochlik tolalarining parenxima 


46 
hujayralari uchun xarakterlidir. Hoshiyali teshiklar yog‘ochli elementlari uchun 
xos. Ular ninabarli o‘simliklarda murakkabroq tuzilishda bo‘ladi. Bunda o‘rta 
plastinkani chegaralab turuvchi pardaning o‘rta qismi yo‘g‘on tortib torus hosil 
qiladi. 
1.2. Mavzu: O‘simlik to‘qimalari va ularning klassifikasiyasi 
REJA: 
1. To’qimalar haqida umumiy tushuncha va to’qimalarning klassifikasiyasi. 
2. Hosil qiluvchi yoki meristema to’qimasi. 
3. Qoplovchi to’qimalar. 
4. Asosiy to’qimalar va mexanik to’qimalar. 
5. O’tkazuvchi to’qimalar. 
Tayanch iboralar:
To’qimalar, meristema, parenxima, prozenxima, apinkal, 
laterial, prokambiy, perisikl. 
1.
 
To’qimalar haqida umumiy tushuncha va to’qimalarning 
klassifikasiyasi 
1682 yil ingliz tabiatshunosi N. Gryu «to‘qima» tushunchasini fanga kiritgan. 
Tuzilishi 
jihatidan 
bir-biriga 
o‘xshash, 
muayyan 
bir
vazifani 
bajaradigan 
va 
kelib 
chiqishi 
bir 
xil 
bo‘lgan
hujayralar to‘qimalar deb ataladi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida
o‘simliklar anatomiyasi ancha rivojlandi. Bu davrda o‘simlik to‘qimalarining kelib 
chiqishi va bajaradigan vazifalari e’taborga olinib, ular klassifikatsiyalandi. 
O‘simliklarning hujayralari doimiy bo‘linib turadi, hosil bo‘lgan yangi 
yosh hujayralar tuzilishi jihatidan bir-biridan juda kam farq qiladi. Keyinchalik 
ontogenez davrida ularning tuzilishi va shakllarida takomillashish boshlanadi.
Natijada o‘zaro o‘xshash hujayralar guruhi vujudga kelib, bular boshqa 
hujayralar guruhidan farq qiladi. 
O‘simlikning tuzilishi bir necha million yillar davomida murakkablashib 
borgan. Evolutsion jarayonida yangi to‘qimalar kelib chiqqan va ularning tarkibiga 
kiruvchi hujayralarning xillari va soni ham ortib borgan. O‘simlik tanasining 
to‘kimalariga ajralishi ko‘p hujayrali yuksak o‘simliklar uchun xosdir. Tuban 


47 
o‘simliklarning qattasini bir xil tuzilishli va ma’lum bir vazifani bajaradigan 
hujayralardan tashkil topadi. Masalan, bakteriyalar va ba’zi bir suvo‘tlari bitta 
hujayradan iborat, ammo takomillashgan qo‘ng‘ir suvo‘tlarda hujayralar turi 
o‘ntaga boradi. Moxlarda ularning xillari – 20, paporotniklarda – 40, gulli 
o‘simliklarda esa 80 ga yaqin. Har qanday hujayra turi bajaradigan vazifasiga mos 
ravishda tuzilgandir. Shunday qilib, to‘qima deb, kelib chiqishi, tuzilishi va 
bajaradigan vazifasiga ko‘ra o‘xshash hujayralarning (qonuniy ravishda takrorlanib 
turuvchi) barqaror guruhiga aytiladi. 
O‘simlikning barcha organlaridagi to‘qimalarni hujayrasining shakliga ko‘ra 
parenxima va prozenxima guruhlarga ajratadi. Keyinchalik o‘simlik to‘qimalarini 
tasniflashda olimlar turlicha yo‘l tutdilar 1886 yil Yu. Saks o‘simlik 
to‘kimalarining baja-radigan vazifalariga qarab, ya’ni birinchi fiziologik tasfini 
taklif etadi. U qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarni ajratadi. Hozirgi 
vaqtda keng tarqalgan o‘simlik to‘qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, 
kelib chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisobga olgan 
holda anatomo–fiziologik klassifikatsiyalar hisoblanadi. 
I.
Hosil qiluvchi (meristemalar):
1) uchki (apinkal); 2) yon (laterial): a) birlamchi (prokambiy, perisikl); 
b) ikkilamchi (kambiy, fellogen); 3) oraliq (interkalyar); 4) jarohat 
(travmatik) to‘qimalar. 
II.
Assimilatsion to‘qimalar. 
III.
G‘amlovchi (zapas) to‘qimalar. 
IV.
Aerenxima (shamollatuvchi) to‘qimalar. 
V.
Chegaralovchi. 
VI.
Ajratuvchi to‘qimalar: 
VII.
Mexanik (tayanch) to‘qimalar:
1) kollenxima; 2) sklerenxima: a) tolalar, b) sklereidlar. 
VIII.
O‘tkazuvchi to‘kimalar: 1) ksilema (yog‘ochlik,) 2) floema (lub). 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə