B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


 Hosil qiluvchi yoki meristema to’qimasi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

2. Hosil qiluvchi yoki meristema to’qimasi


48 
Meristema (yunon. meristos - bo‘luvchi, ajratuvchi) hosil qiluvchi to‘qima 
bo‘linish yo‘li bilan yangi to‘qima hosil qilish xususiyatiga ega. SHu 
to‘qimaning bo‘linishi hisobidan o‘simlik tanasida yangi-yangi to‘qimalar hosil 
bo‘ladi va o‘sishi umr bo‘yi davom etadi.
O‘simlik tanasida meristema har xil joylashadi. Rivojlanayotgan urug‘dagi 
murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat bo‘ladi. Uning keyingi taraqqiyotida 
birlamchi meristema novdalarning uchki 
apekal
(lot. 
apeks
- uchki) va yon
lateral
(lot.
l a t u s 
- yon) kurtaklarda hamda ildizlarning uchiga yaqin joyda 
bo‘ladi.
O‘sish nuqtalarida 
initsial
(lot. 
initsialis
- boshlang‘ich) hujayralar bo‘lib,
ularni bo‘linishi natijasida meristema to‘qimasi hosil bo‘ladi. Initsial hujayralar 
doimiy to‘qimalarni hosil qiladigan meristemalarni yuzaga keltiradi. 
Hosil qiluvchilardan tashqari qolgan barcha to‘kimalar odatda 
doimiy 
to‘qimalar
deb ataladi. 
Meristemalar dastalabki yosh embrional to‘qimalar hisoblanib, ular 
o‘simlikning boshqa doimiy to‘qimalarini hosil qiladi. Meristemalarning xarakterli 
belgisi mitoz yo‘li bilan hujayralarning doimo bo‘linib turish xususiyatidir. 
Shuning uchun ham meristema hujayralar ega. Hujayralar shakli parenxima
protoplasti esa quyuq donador sitoplazma va unda joylashgan yirik mag‘izdan 
iborat. Sitoplazmada mitoxondriya va ribosomalar ham uchraydi. Odatda 
vakuolalar bo‘lmaydi, lekin ba’zi kichik-kichik vakuolalar kuzatiladi. Shuning 
uchun ham mag‘iz doimo hujayra markazidan joy oladi. 
Meristema hujayralarining rivojlanish davri bir necha bosqichda o‘tadi: 1) 
kuchli bo‘linish, 2) hujayra qobig‘ining o‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi, 3) 
hujayralarning ixtisoslashishi, ya’ni organizmda qolgan to‘qimalarning kelib 
chiqishi. 
Meristemadan hosil bo‘lgan hujayralar bir necha marta bo‘linadi va doimiy 
to‘qimalardan biriga aylanadi. 
Meristemalar kelib chiqishiga qarab birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. 
Birlamchi meristemalar urug‘lanish jarayonidan so‘ng zigotadan bo‘linish yo‘li 


49 
bilan kelib chiqadi. Rivojlanayotgan murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat 
bo‘lib, voyaga yetgan o‘simliklarda o‘simlikning ba’zi joylarida saqlanib qoladi. 
Birlamchi meristemadan birlamchi doimiy to‘qimalar rivojlanadi. Ikkilamchi 
meristemalar o‘simliklarning individual rivojlanishining ancha keyingi davrlarida 
hosil bo‘ladi. Ular ba’zan birlamchi meristemadan yoki boshqa to‘qimalardan 
(asosiy yoki qoplovchi) kelib chiqadi. Undan ikkilamchi doimiy to‘qimalar hosil 
bo‘ladi. 
Birlamchi yon meristemaga prokambiy va perisikllalar misol bo‘la oladi. 
Ildiz va poyadagikambiy va fellogenlar ikkilamchi yon meristemalar hisoblanadi. 
Prokambiy murtak holdagi novda yoki ildizda ustunsimon yoki silindrsimon qavat 
hosil qilib, uning ko‘ndalangkesimining ko‘rinishi esa halqasimondir. Prokambiy 
hujayralari prozenxima shaklga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi va periklinal 
yo‘nalishda bo‘linadi. Uning hujayralari differensiyasi natijasida birlamchi 
mexanik va o‘tkazuvchi elementlar kelib chiqadi. Urug‘li o‘simliklarda birlamchi 
o‘sishning oxirida ikkilamchi meristema – kambiy va fellogenlar paydo bo‘ladi. 
Ular ham yon meristemalar hisoblanadi. Kambiy prokambiy hujayralaridan kelib 
chiqadi. Fellogen tirik holdagi ixtisoslashgan hujayralardan hosil bo‘ladi: u poyada 
epiderma, kollenxima va parenximalardan kelib chiqsa, ildizda esa odatda 
perisiklla hujayralari fellogenni keltirib chiqaradi. Ikkilamchi meristema 
hujayralarining bo‘linishi tufayli o‘simlik organlarining eniga yo‘g‘onlashishi 
kuzatiladi. Kambiy ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘qimalar – floema va ksilemalarni, 
fellogen esa ikkilamchi qoplog‘ich to‘qima peridermani hosil qiladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə