32
2. Prozenxima hujayralari bo‘yi eniga nisbatan bir necha o‘n yoki yuz marta
ortiq, cho‘ziq, uchlari o‘tkirlashgan, qobig‘i esa qalin, ko‘pincha o‘lik
hujayralardan iborat. Prozenxima hujayra-lari asosan o‘simlikning o‘tkazuvchi va
mexanik to‘qimalarini hosil qiladi.
Hujayralarining o‘lchami odatda mikroskopik, ya’ni juda mayda bo‘lib,
ba’zi hujayralarni (sitrus mevalari et qismidagi prozenxima hujayralarni) oddiy
ko‘z bilan arang kuzatish mumkin.
Bunday hujayralarning ulchami 5
mm ga yetadi, eni esa 2-3 mm. Ba’zi bir
o‘simliklar (tarvuz, qovun, pomidor, olma va boshqalar ) mevalarning et qismidagi
parenxima hujayralar ancha yirik, ularni lupa yordamida ko‘rish mumkin. O‘simlik
tanasini tashkil etuvchi asosiy hujayralarning o‘lchami 0,015 – 0,0067 mm/ga teng.
To‘qimachilik sanoatida ishlanadigan tola beruvchi o‘simliklar (zig‘ir, kanop) lub
tolalarining uzunligi 20 – 40mm keladi. G‘o‘za o‘simligi chigitining bitta
hujayrasidan iborat tolasi odatdagi navlarda 23 – 31mm bo‘lsa, elita navlarida u
65mm.ga boradi. Yuksak o‘simliklarda hujayralar soni astronomik ko‘rsatkichga
ega. Daraxt o‘simligi bargining o‘zida 200 mln.dan ortiq hujayralar bo‘ladi.
Sitoplazma
– hujayraning muhim tarkibiy qismi hisoblanib,
unda turli
moddalar to‘plash, nafas olish, o‘sish jarayonlari, ko‘zg‘aluvchanlik va irsiy
belgilar saqlanadi, xullas barcha hayotiy jarayonlar sitoplazma ro‘y beradi.
Uning
solishtirma og‘irligi 1,04 – 1,06 ga teng, tiniq, qovushoq, rangsiz massadir. Suvga
nisbatan nurni biroz kuchliroq sindiradi, suvda erimaydi.
Sitoplazma organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Asosiy
organik moddalarga oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar va lipidlar (yog‘simon
moddalar) kiradi. Oqsillar tirik mavjudot tuzilishini va xossalarini belgilab
beruvchi moddalardir.
Dostları ilə paylaş: