B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Beruniyning
tarix, astronomiya, filosofiya, adabiyot, tilshunoslik
etiografiya, matematika, geografiya, geodeziya, kartografiya, meteorologiya, fizika 
kimyo, dorishunoslik, tibbiyot, tabiatshunoslik sohalariga bag‘ishlangan 150 asari 
bor.
Beruniyning asarlarida tabiatga oid juda ko‘p ma’lumotlar kiritilgan. Uning 
asarlarida O‘rta Osiyo, Eron, Hindiston, Afg‘onistanda keng tarqalgan qazilma 
boyliklar, dorivor o‘simlik-lar, haqida mukammal materiallar keltiriladi. 
Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari “Saydana”, ”Mineralogiya”, ”Hindiston”, 
”O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, ”Geodeziya” va ”Ma’sudiy qonuni” 
kabi asarlarida mujassamlashgan.
“O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Eron shimolida 
tarqalgan tropik o‘simlik va hayvonot dunyosini ta’riflaydi. Shu kitobda muallif yil 
fasllarining hamda o‘simlik va hayvonlarning mavsumiy o‘zgarishlari (fenologiya) 
haqida yozgan.
Beruniyning: ”Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (Tabiatda dorishunoslik) asari 
1927 yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan. U O‘rta Osiyo 
dorishunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, 
tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayeh, shoir va boshqa mualliflarni keltiradi. Unda 
dorilarni nomlarni arab, yunon, so‘ryoniy, hind, fors, xorazmiy, sug‘diy, turkiy va 
boshqa tillarda kelitirilgan.


25 
Muallifning fikricha, yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonot 
dunyosining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
“Saydana”da Beruniy 1116 tur dorivorni ta’riflaydi. Shundan 750 turi 
o‘simliklardan, 101 turi hayvonlardan va qolganlari minerallardandir.
“Tabiatda dorishunoslik” asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, 
unda A.R. Beruniy dorishunoslik o‘zi alohida fan bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, 
shu bilan farmakologiya fanini asoslaydi.
Boburnoma” O‘rta Osiyo, Afg‘aniston, Hindiston, kabi mamlakatlar tarixi
sotsial-iqtisodiy ahvoli, tabiati, etnografiyasi, geografiyasi, tibbiyoti kabi sohalarni 
qamrab olgan genial asardir.
“Boburnoma”ning asosiy xislatlaridan biri shundaki, unda muallif yorqin 
bo‘yoqlar yordamida, sodda til bilan tabiat, geografik xususiyatlar, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi, xo‘jalik imkoniyatlari yaxlit tasvirlanadi.
Bobur keng tarqalgan, ho‘jalik ahamiyatiga va davolash xususiyatiga ega 
bo‘lgan o‘simliklar, o‘sha vaqtlarda insoniyatga qiron keltirgan bezgak kassaligi va 
uning yuzaga kelish sabablari haqida ma’lumotlar keltiradi. Muallifning fikricha 
bezgak kasalini yuzaga keltiruvchi vositalar ob-havo, bezgak chivinlarning ko‘pligi 
va ularning keng tarqalganligidadir.
Muallif O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston qishloq xo‘jaligi tarixi 
to‘g‘risida to‘laqonli, qiziqarli faktik materiallarni izohlaydi.
“Boburnoma” o‘z mohiyati bilan o‘lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, 
etnografiyasi va madaniyati borasidagi beqiyos manbadir.
Bobur Hindiston, O‘rta Osiyoda gul, manzarali va mevali daraxtlarni 
ko‘paytirish va o‘stirishga katta ahamiyat beradi. U ilgari o‘simlikninng ba’zi 
navlari o‘smaydigan joylarda ularni o‘stirishga harakat qiladi. U Hindiston va 
Afg‘onistonning boshqa yerlarida o‘smaydigan mevali daraxtlar haqida ham ancha 
ma’lumotlar beradi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə