20
ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari
haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Yurt kezib yurgan aed – qo‘shiqchilar
tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo‘shiqlar zamonlar o‘tishi
bilan Homer, Hesiod va boshqa ko‘plab shoirlar tomonidan dostonlarga
aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan
qadimgi buyuk Yunon shoir-
dramaturglari – Esxil, Sofokl, Evripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va
qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.
Zamonlar o‘tishi bilan olam haqidagi mifologik tasavvurning o‘rnini ilmiy
bilimlarga va tabiat hodisalarini o‘rganish natijalariga
asoslangan qarashlar
egalladi. Ilgari sirli tuyulgan ko‘plab hodisalar ilmiy jihatdan asoslab berildi. Biroq
shunga qaramay, miflar yo‘qolib ketmadi, ular o‘z hayotini adabiyotda davom
ettirdi. Zevs, Prometey, Gerakl va boshqa qadimgi
miflarning qahramonlari, turli
davr yozuvchilarining asarlarida umrlarini davom ettirdilar.
Dostları ilə paylaş: