17
Qadimgi Yunon adabiyoti
Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning
uchun antik adabiyotni
o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan boshlash lozim bo‘ladi.
Bu xalqlar qadimgi Yunonlar va rimliklardir.
Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey dengizidagi
orollarda ikki yirik markazlar nomi
bilan Krit-Mikena deb atalgan, qadimgi
madaniyat paydo bo‘lgan. Qadigi Yunonlarning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas”
Olimp tog‘iga makon qurgan ma’bud va ma’budalar
haqidagi miflar ham aynan
shu davrda yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki
ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakunlanadi. Ushbu
davr ijodi namunalari bizgacha etib kelmagan va u haqidagi ba’zi ma’lumotlarni
keyingi
davr adabiyotidan, Qadimgi Misr va Xett hujjatlaridan (Kichik Osiyoga
hujum qilgan
qabilalarning nomlari
“axayvasha”
va
“danauna”
tarzida berilgan
bo‘lib, Homerning eposlarida ular Yunonlarning “axey” va “danay” qabilalari deb
ataladi) topish mumkin. Arxaik davrda bir necha asrlar
davomida shakllangan va
m.o.VI asrda yozib olingan Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari
to‘laligacha etib kelgan yagona namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya
urushi va undan keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar
va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar
epos
– insonni o‘rab turgan olam va
undagi voqealar haqida hikoya qilsa,
lirika
shaxsning ichki dunyosini hamda shoir
va lirik qahramonning kechinmalarini ochib beradi. “Lirika”
atamasi torli
cholg‘u asbobi lira nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan
she’r” degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av.
III-II
asrlarda Aleksandriya olimlari tomonidan iste’molga kiritilgan. Unga qadar
“Melika”
Dostları ilə paylaş: