10
KIRISH
Adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni
beqiyos ekanligi hech
qanday isbot talab etmaydigan haqiqat. Shu bois yosh avlodga adabiyot tarixini
o‘rgatish barobarida ularning ma’naviy dunyosini boyitish, yuksak umumbashariy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutoalaa madaniyatini oshirish talab
etiladi. Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining
tez suratda
taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadonga kirib kelishi
ostonasida bo‘y ko‘rsatayotgan turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashishda ham so‘z san’atining o‘rni beqiyos.
Shundan kelib chiqib, adabiyot
bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamonaviy talablar bo‘yicha qayta ko‘rib
chiqish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish zarurati paydo bo‘lgan.
Oliy ta’lim tizimida asosan filologik yo‘nalishlar dasturiga kiritilgan “Chet
el adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti”
singari fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish
masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur fanlar bo‘yicha
mukammal
dasturiy qo‘llanmaning yo‘qligi bois o‘quv jarayonida turli noqulayliklar yuzaga
kelmoqda. Hususan, ma’lum bir adabiy davr, yozuvchilar
ijodi yoki badiiy matn
bilan ishlashda talaba oldida bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda.
Qo‘lingizdagi qo‘llanma – xrestomatiya yuqoridagi singari muammolarga
barham berish maqsadida mazkur soha bo‘yicha ko‘p yillardan buyon talabalarga
saboq berib kelayotgan mutaxassislarning tajribalaridan kelib chiqib yaratildi.
Chet el adabiyoti bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi professor-o‘qituvchilar
va talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qo‘llanmadagi
materiallarga
quyidagicha tartib berildi:
1.
Tarixiy-adabiy davr haqidagi ma’lumotlar (masalan, Yevropa Uyg‘onish
davri adabiyoti);
2.
Yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar (masalan,
Sofokl ijodi)
3.
Chet el adabiyoti bo‘yicha ijodkorlarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan
asarlari yoki ulardan parchalar
11
4.
Mavzular bo’yicha nazorat savollari
5. Jaxon adabiyoti tarixi (G‘arbiy Yevropa) bo‘yicha
test savolllari
6. Adabiyotlar ro’yhati
Demak, talabalarning chet el adabiyoti bo‘yicha o‘nlab manbaalarga
murojaat qilishiga o‘rin qolmaydi. Lekin talabalarimiz faqat mazkur qo‘llanma –
xrestomatiya doirasidan chetga chiqmasinlar deyish ham noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki
qo‘lingizdagi kitobda chet el adabiyoti bo‘yicha talaba bilishi lozim bo‘lgan
minimal ma’lumotlar hamda ma’lum bir davrdagi adabiy jarayon haqida tasavvur
bera oladigan asarlar yoki asarlardan parchalar jamlangan.
Qo‘llanmadan nazariy, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida ham foydalanish
mumkin. Kitobning yaratilishida davlat ta’lim standartlari,
chet el adabiyoti
bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asos qilib olindi.
Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi tasavvurni
shakllantirish murakkab va mas’uliyatli vazifa sanaladi. Xorij adabiyotini yaxshi
bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran
his qilishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas’liyatli vazifani
ado etish maqsadida
yaratildi.
Qo‘llanmadagi
yozuvchi-shoirlar
haqidagi
ijodiy-biografik
ma’lumotlarga tartib berishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, A.Alimuhammedov,
O.Qayumov singari mualliflarning darslik va qo‘llanmalariga murojaat qilindi.
Qo‘llanma-xrestomatiya butunlay benuqson degan fikrdan yiroqmiz.
Vaholanki, qo‘lingizdagi kitob chet el adabiyoti bo‘yicha rejalashtirilgan
qo‘llanmaning 1- qismi bo‘lib, u haqida bildirilgan barcha fikr, mulohaza, takliflar
mualliflar tomonidan keyingi qismda inobatga olinishi mumkin.
Chet el adabiyoti olamiga qiladigan sayohatingiz barchangiz uchun hayrli,
mazmunli va samarali bo‘lsin.