2021 me’yor muammosining ilmiy-psixologik talqini xudoyqulova Z. A



Yüklə 51,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü51,99 Kb.
#159562
1   2   3   4   5
me-yor-muammosining-ilmiy-psixologik-talqini

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
215 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
oshish oqibatini jonli ifodalash uchun yaratadi. Undagi bosh urg’u, asosiy diqqat 
me’yoriy balans va undagi nojoiz va qabullanmas undov, harkat va ruhiy og’riqlar 
haqida so’z boradi [4]. Guvoh bo’lishimiz mumkinki, me’yor hissi doimo navqiron 
va e’tibor qaratish muhim bo’lgan hissiy psixologik hodisadir. 
Engel Texnologiya Institutida o’quvchilarda haddan ortiq kompyuterga 
qaramlik kuchayib ketishi oqibatida ijtimoiy-psixologik anonim so’rovnoma 
o’tkaziladi. Ma’lum bo’lishicha, ulardagi vaqt, fazo, makon, zamon va qoniqish 
hislarini his qilmasligi oqibatida me’yordan ortiq kompyuter qarshisida muhrlanib 
qoladilar. Bu yerda ham me’yor hissining muhimligi, uning me’yordan ortig’i 
oqibatidagi salbiy fizioligik va psixologik o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin [8]. 
Qonuniy hujjatlar, boblar, moddalar, cheklovlar; tibbiy talablar, dorivor vositalar
mahsus amaliy tajribaviy jarayonlar; arxitektura sohasi; kulinariya; dizaynerlik; 
matematik fan va sohalar doirasida ham sohaga olib kiruv va ish sifati bilan 
ta’minlash, shakllantirishga doir chegaralarda ham albatta me’yor asosiy kategoriya 
sanaladi. Burxonuddin Marg’inoniyning “Hidoya” asarida mazkur tushunchaga 
“Ortig’ini tark qilish, qoidalarni egallash, cheklanish, ichki o’lchov, hakam, odob va 
axloq ko’rsatgichi” sifatida izoh beriladi. [2] 
Darhaqiqat, me’yor tufayli biz o’zimiz va atrofdagilarga yetishi mumkin bo’lgan 
va to’g’irlash imkonsiz bo’lish ehtimoli mavjud voqea-hodisalardan ongli 
muhofazalovchi murakkab va muhim jarayondir.
Ushbu mavzuga diniy yo’nalishda ham e’tibor va misollar yorqin aks ettirilgan. 
Aslida nafaqat diniy yo’nalishdagi manbalardan balki, ilmiy tadqiqotlardan ham
barcha hodisa va jarayonlarda me’yor tushanchasi tufayli foydali chegarani qamrab 
olish imkoniyat vujudga kelishiga e’tibor qaratilgan. 
N.E. Mikaladzening Iso payg’ambar hikoyalari, xabarlari, amallari haqida
me’yor doirasida yozilgan “Me’yorning me’yori” pyesasini ilmiy va diniy sharxlab 
beradi.[6] Bundan ko’rishimiz mumkinki, me’yor hodisasi unversallikga ega bo’lgan 
har qanday jarayonning sifatli va umum ma’qul holatida davom etishini ta’minlovchi 
ichki aqliy-hissiy boshqaruvchi ekan. 
Ye.G.Sheina va M.V.Sokolova Zamonaviy xorijiy psixologiya va pedagogikada 
o’yin muhitidagi tavakkal va xavfsizlik muammosi taxlilida haddan ortiq berilish 
oqibatida, meyoriy chegaralarning o’rnatilmagani, o’zlashtirilmagani oqibatida 
jismoniy va ruhiy salbiy oqibatlarning yaqqol namoyon bo’lishi yuzasidan emperik 
tadqiqot va kuzatuv olib boradilar. Bolalar maydonchalarida xavf bilan bog’liq 
o’yinlardagi bolalar xatti-harakatlarini o'rganish mobaynida o'yin muhitida xavfni 
baholash, me’yoriy usullarini ishlab chiqishga doir yondashuvlar muhim ekanligini 



Yüklə 51,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə