O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

 
Moliyaviy risklar, 
pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolligi bilan bog‘liq. 
Moliyaviy risklar ikki turga bo‘linadi: pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan 
risklar va sarmoyalarni qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar (investitsion risklar). 
Pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar quyidagi xillardan iborat: 

inflyatsion; 

deflyatsion; 

valyuta; 

likvidlik. 
Investitsion risklar quyidagilardan iborat: 

boy berilgan naf riski – bu qandaydir amalni (misol uchun, sug‘urtalash, 
xedjirlash, investitsiya va sh.k.) bajarilmasligi natijasida bilvosita moliyaviy zarar 
(foyda ololmaslik)ga olib keluvchi risk;
 

daromadlarni pasayish riski portfelli investitsiyalar, omonatlar va kreditlar 
bo‘yicha foizlar va dividendlar hajmining kamayishi natijasida yuzaga kelishi 
mumkin.
Daromadlilikni pasayish riski quyidagi xillardan iborat:
♦ 
foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar 
tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim 
etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi 
yo‘qotishlar xavfi. 
♦ 
kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni 
to‘lanmaslik xavfi. Shuningdek kredit risklariga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga 


57 
chiqargan emitentning ular bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarz summasini to‘lay 
olmaslik holatiga kelib qolish riski ham kiradi. Bevosita moliyaviy risklar quyidagi 
xillarga bo‘linishi mumkin: birja riski, selektiv risk, bankrotlik riski hamda kredit 
riski. 
Sug‘urtada barcha risklar ikki guruhga bo‘linadi: sug‘urtaviy va 
nosug‘urtaviy (sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan). 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə