O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi 
bo‘yicha risklar yakka tartibdagi 
(masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, 
muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi. 
Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga 
quyidagilar kiradi: moddiy, 
moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon 
etkazilishi. 
 
 


60 
5.4. Risklarni boshqarish va sug‘urta. 
Risklarni boshqarish 
o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy 
tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan 
daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday 
xo‘jalik yurituvchi subektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha 
risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Riskni boshqarish (risk-menejment)
 
– ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, 
uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obektning ko‘rishi mumkin 
bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi. 
Riskni boshqarishning quyidagi 
asosiy bosqichlari
mavjud (2-rasm): 

risk obektining tahlili;
 

riskni aniqlash;
 

riskni baholash;
 

riskka ta’sir etish usullarini aniqlash;
 

qaror qabul qilish;
 

riskka bevosita ta’sir o‘tkazish;
 

boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish.
 
Risk tahlili 
– boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obektning hozirgi 
vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida 
zarur axborotlarni olish hisoblanadi. 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə