Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Oligomer oqsil komplekslari va nadmolekular oqsil agregatlari



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Oligomer oqsil komplekslari va nadmolekular oqsil agregatlari,
o'ziga xos bo‘lgan tabiiy komplekslar hisoblanadi. 
Ularni hosil 
bo‘lishi va tirik organizmdagi roli oxirigacha o‘rganilmagan.
Ammo ulami o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar asosida, 
nanomateriallar va nanotexnologiyalar yaratish mumkinligini ko‘rsatib 
turibdi. Masalan, akademik G.I. Ilizarov nomidagi Rossiyaning «qayta 
tiklovchi travmatologiya va ortopediya» ilmiy markazida, shikastlangan 
suyak 
to‘qimalarini 
qayta 
tiklanishini 
kuchaytiruvchi 
oqsilli 
nanokomplekslar yaratish ustida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Bunday tadqiqotlarni va urinishlami originalligi, zarar
47


ko‘rgan organizmni mana shunday nanokomplekslarni mustaqil ravishda 
o'zining zaxiralari hisobidan ishlab chiqarishga majbur qilish mumkin 
ekanligi bilan bog‘liqligidadir.
7. Oqsillar asosida nanostrukturalar konstruksiyasini hosil qilish
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar nisbatan oddiy molekulalar (poli- 
peptidlar)dan murakkab oqsil molekulalari va nadmolekular nanostruk­
turalar shakllantirish imkoniyatlari juda katta ekanligini ko‘rsatadi. 
Tabiiy sharoitda tirik organizmlar oddiy oqsillardan (proteinlardan) 
murakkab oqsillar (nukleoproteinlar, glikoproteinlar, lipoproteinlar va 
boshqalar), oqsillami oligomer strukturalarini, nadmolekular oqsil 
agregatlarini, minglab xilma-xil nanostrukturalar va nanokomplekslarni 
hosil qilaoladi.
Hosil 
bo‘ladigan 
nanostrukturalar 
shakli 
(uchlamchi
strukturasi) va kattaligi bilan juda ham xilma-xildir. Oqsilli
nanostrukturalarni bunchalik xilma->xil bo‘lishiga sabab nima?
Birinchidan, 
polipeptid molekulalari tarkibidagi aminokislotalarni 
miqdorini ko‘pligi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə