Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


 Nanobiosensorlardan kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

11. Nanobiosensorlardan kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash
amaliyotlarida foydalanish
Tashuvchi oqsillar va retseptor - oqsillami faoliyat ko'rsatish 
mexanizmlari asosida nanobiosensorlar yaratilgan. Ular maxsus 
(spetsifik) oqsillami, vimslami yoki DNK ni organlarda, to‘qimalarda, 
hujayrada va biologik suyuqliklarda yuqori sezgirlikda aniqlash 
imkonini yaratdi. Nanobiosensorlar - bir-biri bilan qattiq kontaktda 
turgan ikki (biokimyoviy va fizikaviy) o‘zgartiruvchidan tashkil topgan 
kombinirlangan usqurmadir (37- rasm).
U bilan analiz qilinuvchi modda o‘zaro munosabatga kirishadi
natijada oqsil-retseptomi konformatsiyasi o‘zgaradi. Bu esa, fazofiy 
o‘zgartiruvchida o‘zgarish paydo qiladi, natijada fluoressent oqsil ishga 
tushadi. Fluoressensiyani intensivligiga qarab, o‘rganiladigan moddani 
miqdori aniqlanadi. Nanosensorlar biologik suyuqlik (so‘lak, qon) da u 
yoki bu kasallikni rivojlanish darajasini indikatori bo‘lgan oqsil 
kompleksini aniqlashga dasturlangan bo‘lishi mumkin. Olimlami 
fikricha, nanobiosensorlar kasalliklami tashxis qo'yishda inqilobiy 
o‘zgarishlarga olib kelishlari mumkin.
59


Yaratiladigan nanobiosensorlarda oqsillami qanday xususiyat­
lari ulardan foydalanishga turtki bo‘Idi? 
Avstriyaning Vena 
shahridagi nanomarkazda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ba’zi bir 
oqsillami kristall panjara ko‘rinishida strukturalar hosil qilganliklariga 
e’tibor berishgan (37- rasm). Ko‘p bakteriyalar ham o’zlarini sirtlarida 
kristall holatdagi oqsilni bir molekular qavatini hosil qiladi (38- rasm). 
Bu qavat ilmiy adabiyotlarda S-qavatlar deb keltirilgan.
Kristall oqsillami qanday qilib nanobiosensorlarda ishlatish
mumkin? 
Tadqiqotlar natijasida bakteriya sirtidagi oqsilli S - qavatga 
maxsus sensorli molekulalar qo'shilganda, ular aniq bioanalitik sensorlar 
shakllantirganliklari kuzatilgan. Avstriyalik tadqiqotchilar S - qavat va 
glukozaoksidaza fermenti asosida glukoza sensorini yaratishga muvaffaq 
bo'ldilar. Ferment bilan glukoza o‘rtasidagi 
reaksiya vaqtida 
nanobiosensor orqali elektr toki o‘tadi. Tokni o‘lchanadigan kattaligi 
glukozani miqdorini xarakterlaydi.
3 7-rasm. Nanobiosensorni tuzilish sxemasi: Biokimyoviy о ‘zgartiruvchi -
sensorli oqsil (oqsil - retseptor).
K onform atsion o'zg arish
Fluoressensiya
Tekshiruvchi
substansiya
Xromofor
N anom olekular 
o 'zg artiru v ch i -
fluoretsentli oqsil
S ensorli oqsil
60


38- rasm. Kristallizatsiyaga tushgan oqsilni CCH 3211 relyeflarni
(bo ‘rtmalarini) skanirlovchi elektron mikroskop yordamida olingan
fotografiyasi. Panjaralarni markazidagi oraliq masofa 13,1 nm ga teng.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə