Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Bu tolalarni xususiyatlarini qanday o‘zgartirish



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Bu tolalarni xususiyatlarini qanday o‘zgartirish
mumkin? 
Bu vazifa ham muvaffaqiyatli 
yechildi. Tadqiqotchilar 
nanotolalami qalinligini va mustahkamligini boshqarish usulini o‘ylab 
topdilar. Agar qurilgan tola kalsiy xlorid eritmasiga solib yuvilsa, DNK 
molekulalarini yanada bir-biriga «tikilishi» sodir bo‘ladi. Natijada 
nanotolalar qalinlashadi va mustahkamlashadi. Mana shu yo‘l bilan 
olingan nanotolalar o‘zlarining xususiyatlari bo'yicha oqsil tabiatli 
tolalarga yaqin va ular mushak, arteriya, teri, tog‘ay kabi organlami 
mustahkamligini va egiluvchanligini ta’minlab beraoladi.
Shuning uchun 
ham DNK va uglerodli nanotrubkalardan 
tayyorlangan sun’iy nanotolalar kelajakda har xil sun’iy implantantlar 
yaratishda ishlatilishiga hech shubha yo‘q.
7. Biochiplar va ulardan DNK strukturasini tadqiq qilishda
foydalanish
Eukariot organizmlarda genlami soni juda ham ko‘p. Achitqi 
zamburug‘larida 6200 gen aniqlangan bo‘lsa, odam organizmida ulami 
soni 20000-25000 faol genga teng. Ammo organizmdagi bor genlami 
barchasi ham birdaniga (bir vaqtda) o‘zining faolligini namoyish 
qilavermaydi. Bir xil genlar faoliyat ko‘rsatayotganda, boshqasi blok- 
lanadi va to iiq ish faoliyatidan chiqib turadi. 
Muayyan bir vaqtda,
ma’lum bir gen yoki bir necha genlar qanday holatda turibdi, ular
faolmi yoki bloklanganmi? 
- degan savol juda ko‘p tug‘iladi. Genlami
94


faolligini nazorat qilish muammosini birinchilardan bo‘lib V.A.Engelgard 
nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasini molekular biologiya instituti 
olimlari yechishga muvofiq bo‘lganlar. Shu institutda akademik 
A.D. Mirzabekov rahbarligida faoliyat ko'rsatib kelayotgan bir guruh 
olimlar, biochiplar yaratish texnologiyasini ishlab chiqdilar.
Biochip - bu oicham i bir necha santimetrga teng bo‘lgan matritsa 
bo‘lib, uning yordamida organizmdagi ko‘plab genlami funksional 
faolligi haqida ma’lumotlar olish mumkin. Biochip tayyorlayotganda 
maxsus (masalan, shisha) podlojkaga DNK molekulasini nusxalari 
surtiladi. Ular alohida gen yoki zanjirli polimeraza reaksiyasi (PZR) 
natijasida olingan DNK molekulasi bo‘lishi mumkin. Analiz o‘tkazish 
uchun to‘qima nusxasiga (masalan, qon) oldindan ishlov beriladi. Bu 
ishlov berish quyidagicha o'tkaziladi: Nusxadagi DNK molekulalami 
fluoressent moddalar bilan maxsus mikrokameraga joylashtirilgan 
biochipga surtib chiqiladi (59-rasm). Shundan keyin, biochipdagi genlar 
bilan probada saqlangan fluoressensiya qiluvchi DNK yoki RNK orasida 
gibridizatsiya o‘tkaziIadi.
Nusxani molekulasi chipdagi tegishli gen bilan komplimentarlik 
prinsipi asosida o‘zaro munosabatga kirishadi. Biochipga ma’lum to‘lqin 
uzunligiga ega bo‘lgan nur berilganda fluoressentda yorugMik paydo
Namunani
tayyorlash
59-rasm. Biochip yordamida tajriba о 'tkazish sxemasi.
95


bo'ladi (60-rasm). DNK (RNK) analizatori yorug'likni ko‘rinishiga 
qarab, nusxa tarkibidagi tegishli ketma-ketlikni aniqlaydi (61-rasm).
i , i , i , i , i
C
B

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə