Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


«Barchasi birdaniga» tipida konstruksiya qilish



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

«Barchasi birdaniga» tipida konstruksiya qilish. 
Rossiya Fanlar 
Akademiyasining V.A. Engelgard nomidagi molekular biologiya 
institutining olimlari, DNK asosidagi nanokonstruksiyalar jarayonini 
tezlatishni maqsad qilib qo‘yishgan. Bunda shunchalik darajada 
jadallashtirish ko‘zda tutilganki, 
bir marotabada tartibli uchlamchi
struktura 
olish rejalashtirilgan. Nanokonstruksiya qilish muammosini 
jadallashtirish uchun, ular to‘g‘ri yondashishni taklif qilganlar. Ular 
DNKni alohida molekulalari bilan ishlashdan voz kechishib, DNKni 
suyuq 
kristall 
dispersiyasini 
ishlatishga 
kirishganlar. 
Bunda 
shakllanadigan suyuq kristall «tomchilar» (ulami kattaligi 0,5 mkm
89


atrofida) taxminan 10000 DNK molekulasini o‘z ichiga oladi. Tomchilar 
doirasida molekulalar bir-birlaridan 3-5 nm uzoqlikda qator bo‘lib 
joylashadi. Ulaming bunday tartibli joylashishi bo'lakchalarga kristall 
xususiyatini beradi. Bunda qo‘shni molekulalar bunday kristallarda 
harakatchan qavat hosil qiladi, ya’ni suyuqlikni xususiyatlarini saqlab 
qoladi. Bu esa, olingan struktura suyuq kristall ekanligini ko’rsatadi.
Mana shunday kristallar bilan ishlab turib, tadqiqotchilar 
muammoning yechimini topish uchun juda muhim holatga o‘z 
diqqatlarini qaratdilar. Suyuq 
kristall dispersiya 
hosil qilganda, DNK 
molekulalari boshqa moddalar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiiish 
xususiyatini yo‘qotmasligiga e’tibor berdilar. Suyuq kristallardagi 
DNKni bu xususiyatlaridan DNKni uchlamchi strukturasini stabillash 
uchun foydalandilar. DNKni qo‘shni molekulalari oralig‘ida simmetrik 
holatda 
joylashaoladigan 
hamda 
«nanoko‘priklar» 
vazifasini 
bajaraoladigan kimyoviy moddalar tanlandi (55-rasm).
55-rasm. DNK molekulalari orasidagi nanoko ‘prikchalar.
Bu molekulalar butun molekulaga mustahkamlik (qattiqlik) berib 
turadi 
va DNK ni 
qo‘shni molekulalarining harakatchanligini 
qisqartiradi. «Nanoko‘prikchalar» mustahkam bo‘lib, suv-tuzli eritmada 
parchalanmaydi.
Yuqorida 
keltirilgan 
nanostrukturalar 
genetik 
materiallami 
tashuvchilari yoki biologik faol moddalar sifatida ishlatilishlari mumkin. 
«Nanoposilka» (nanostrukturalami manzilga yetkazish) hujayraga kelib 
tushganidan keyin, konstruksiyani mustahkamlab turgan nanoko‘prik- 
chalar buziladi va konstruksiyani ichidagi moddalar (masalan,
90


antibiotiklar) ozod bo‘lib, o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Ba’zi bir oqsillar 
(insulin, pepsin) va boshqa moddalar ta’sirida nanoko‘prikchalaming 
buzilishini boshqarish mumkin.
Nuklein kislotalar asosida yaratilgan uchlamchi nanostrukturalar, 
optik 
sensorli 
qurilmalar 
yaratish 
bilan 
shug‘ullanadigan 
nanokonstruktorlami diqqatini o'ziga tortdi. 

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə