Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Plazmalemmaning funksiyasi hujayra sitoplazmasi va hujayradan



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Plazmalemmaning funksiyasi hujayra sitoplazmasi va hujayradan
tashqaridagi muhit chegarasida joylashish holati bilan belgilanadi:
- barerlik vazifasi - sitoplazma bilan hujayrani o‘rab turgan muhitni 
mexanik ajratib turishi;
- transportlik vazifasi - moddalar, chastitsalami (tanlovchi, 
boshqaruvchi, passiv va aktiv transport) tashish, hujayra bilan atrof- 
muhit orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi;
- boshqaruvchilik vazifasi - muayyan hujayrani 
boshqa 
hujayralami va hujayralararo moddalarni tanib olishi bilan belgilanadi; 
bulami amalga oshishida plazmalemmani sirtida joylashgan spetsifik 
retseptorlar (signalli molekuialarga, masalan, gormonlar va h.k.) ishtirok 
etadi.
Tirik hujayralami plazmalemmalarini alohida funksiyalarini har 
tomonlama va chuqur o'rganish uchun, an’anaviy tadqiqot usullari 
yetarli boMmadi.
Plazma lem malar ni funksiyalarini chuqur o‘rganishni qanday
amaiga oshirish mumkin? 
Pensilvaniya (AQSH) universiteti olimlari 
bu savolga birinchilardan boMib javob topganlar. Ular dastavval, juda 
sodda sun’iy hujayra yaratdi (75-rasm).
3. Plazmalem maning funksiyasi
75-rasm. Odatdagi (chapda) va lyuminessent (markazda va о ‘ngda)
mikroskoplar yordamida eng sodda sun 'iy hujayralami ко ‘rinishi. Shkala
uzunligi 10 mkmga teng.
131


Sitoplazmani o‘miga ular ikki polimer: polietilenglikol va dekstran 
eritmalarini ishlatdi. Bu moddalar bir-birlari bilan aralashmaydi. Hu­
jayra membranasini lipidli qo‘shqavatdan shakllantirdi. Bunday 
hujayralami 
har 
xil 
muhitlarga joylashtirib, 
olimlar 
hujayra 
membranasini barerlik va transportlik xususiyatlarini tekshirdi. Ma’lum 
muhitlarda olimlar, sun’iy hujayrani kurtaklanganligini va bu jarayonda 
hujayra membranalari faol ishtirok etganligini kuzatdi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə