1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Standartlashtirishning qisqacha tarixi, Standarlashtirish ishlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.2.1 Standartlashtirishning qisqacha tarixi, Standarlashtirish ishlarini 
qadim zamonda, o„rta asrda va XX asr boshlaridagi holati
 
Insoniyat taraqqiyotining Homo habilis (tadbirkor odam) darajasidan homo 
Sapiens (farosatli odam) darajasiga uning faoliyati turlari ichida ko‗zga 
tashlanganlaridan biri bu biz haqli ravishda atashimiz mumkin bo‗lgan 
standartlashtirishdir. 
Qadim zamon odamlari, o‗ta qiyin tabiiy sharoitlarda hayot kechirish, ya‘ni 
yemoq uchun xayvonlarni ovlash, o‗simliklarni iste‘mol qilish va boshqa tabiat 
in‘omlaridan foydalanishga majbur edilar. 
Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib 
takomillashib borish bilan birga, qabiladan-qabilaga, avloddan-avlodga me‘yoriy - 
«standart» lar tarzida o‗tib keldi. 
Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabhalarida ham kuzatila 
boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan 
hodisalardan yashirinish joylarini qidirish, qurish va mustaxkamlash, hayvon 
mo‗ynalaridan xayotda foydalanish, po‗stin va cho‗qay tikish kabi ishlarni amalga 
oshira borish standart talablarining dastlabki ko‗rinishlari sifatida ijtimoiy xayot 
talablari ekanligini e‘tirof etish mumkin. 



Qadimgi Misrda, Fraunlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr 
tarixiy piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam 
kuch bilan katta yukni joyidan siljitish uchun avvalo chanasimon sirpanish vositalari, 
keyinchalik esa g‗o‗lasimon vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og‗ir yukni yengil 
ko‗zg‗alishini ta‘minlovchi aylanma xarakat orqali istalgan ilgarilanish masofasiga 
eltish vositasi G‗ildirak paydo bo‗ldi. Doimiy o‗zgarmas o‗lchovlarga (60x60x120 
sm) ga ega bo‗lgan
 
qurilish materiallari qo‗llanilib ularning o‗lchami nazorat qilib 
turiladigan bo‗ldi. 
Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jaroxatlangan o‗q otish 
vositalarining elementlari o‗zaroalmashinuvchan bo‗lishi ta‘minlangan edi. 
Shuningdek Imperiya shaxar xududi suv ta‘minotida bir xil diametrli boshlang‗ich 
diametri taxminan 95 mm, tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o‗lchamlari 
ta‘qiqlangan edi. 
Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va 
juda ko‗p buyum va vositalar o‗zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi. 
Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya xunarmadnchiligida yuz bergan ba‘zi bir 
tartiblashtirilgan, masalan maxsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni, 
ish usullari va shu kabilarni belgilab qo‗yish amalga oshirildi. To‗qimachilik 
sanoatida 1298-yillarda sifat va o‗lcham uchun me‘yorlar o‗rnatildi. 
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya 
Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‗p 
qurol aslaxa elementlari aniq bir xil na‘munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi 
zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‗lgan.
1785- yili Fransuz muxandisi Leblan 50 dona qurol – aslaxa qulflarini yaratdi, 
ularning har biri boshqa qurol – aslaxalar uchun ishlovsiz tushar edi. 
1846-yilda esa Germaniyada temir yo‗llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash 
ilashmasini unifikasiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‗l 
relsi profili o‗lchamlari bo‗yicha standart na‘munalar to‗plami chikdi.
1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida Standart g‗ishtlar chiqarila 
boshladi. 
1891- yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida 
Standart burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi. 
XIX asrning oxirlariga kelib yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‗p mamlakatli 
Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‗lgan narsalar soni juda 
ko‗payib, F. Engel‘s ta‘biri bilan aytganda o‗lchash va tarozilashning turlari 


10 
shunchalik ko‗pki, hatto bir yillik kunlar soniga tengdir. Chunki buning o‗ziga xos 
sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud 
bo‗lib, hali umumlashgan talablar ro‗yobga chiqmagan, o‗lchovlar tasodifiy 
tanlangan edi. Masalan Genrix-I ma‘lum uzunlikka teng o‗lcham "lokot" nomi bilan, 
buyuk Karl oyog‗i o‗lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan yuritilgandi. 
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer 
meridiani chorak uzunligining o‗n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil 
o‗tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‗lchov va tarozilov maxkamasi uzunlik birligi 
sifatida "metr"ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy texnik taraqqiyotning muhim 
xodisalaridan biri bo‗ldi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina 
yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa 
bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. 
Bu mamlakatlarning ba‘zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‗ldi. 
Standartlashtirish qo‗mitasi barpo bo‗lgan
 
mamlakatlar orasida Angliya binchi 
bo‗ldi. Qo‗mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini, 
ashyo–mahsulot, harbiy texnika, buyumlariga standartlar ishlab chiqish va uni joriy 
etish hisobiga amalga oshirishni ko‗zlashdan iborat edi.
Standartlashtirish tarixiy jarayoni tahlili shuni ko‗rsatadiki, Davlatlarning 
hukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi. 
Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator 
mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya Avstriya, Vengriya, 
Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‗yicha milliy 
tashkilotlar tuzilgan edi. 
1905 yilda Avstraliyada meva mahsulotlari uchun 1-chi standart qabul qilingan. 
Ular mamlakatdan chiqarilayotgan mevalar sifatini aniqlab bergan. Maxsus qarorga 
ko‗ra olma va noklar faqat standart talablariga muvofiq saralanib, qadoqlangandan 
keyingina sotilishi mumkin bo‗lgan. 
Rossiyada standartlashtirish bo‗yicha birinchi ishlar 1907 yilda boshlangan. 
Sang-Peterburgda meva, choy va vino birjasi yonida ―Doimiy texnik komissiya‖ 
tuzilgan. Bu komissiya mevalarni hamma navlarini tovarlik qiymatiga ko‗ra 3 
guruhga bulgan: 
1.
Juda qimmat mevalar, 
2.
O‗rtacha qimmat mevalar, 
3.
Arzon mevalar. 


11 
Komissiya tomonidan ―Mevalarni saralash va qadoqlash qoidalari‖ ishlab 
chiqildi. Mevalar quyidagi belgilariga ko‗ra saralanishi kerak bo‗lgan:- 
massasi,tozaligi,shaklining to‗g‗riligi. 
1930 yilda Butunittifoq standartlashtirish komiteti qabul qilindi. Shu yili olma 
uchun standart OST-558 qabul qilindi. Bu standartlar savdoga chiqariladigan olmaga
qo‗yiladigan talablar yig‗indisidan iborat. OST quyidagi bo‗limlarni o‗z tarkibiga 
olgan:- 
1.
Aniqlash, 
2.
Sinfga ajratish, 
3.
Saralash, 
4.
Qadoqlash, 
5.
Markalash, 
6.
Qabul qilish qoidalari, 
7.
Tashish, 
8.
Saqlash. 
1931 yilda yangi meva va sabzavotlardan 80 turdagi navlariga standartlar joriy 
etilgan. 1940 yilda Oliy kengash Prezidiumining qaroriga ko‗ra standartlar Davlat 
standarti (qisqacha GOST) deb yuritila boshlangan. 
1970-1980 yillarda standartlashtirishning rejasiga binoan respublika texnik 
shartlari o‗rniga, ko‗plab meva va sabzavotlarning muhim navlariga GOST ishlab 
chiqilgan. Xalq xo‗jaligini rivojlantirish yo‗nalishlari bo‗yicha, mavjud standartlarni 
qayta ko‗rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bu yo‗nalishdagi 
ishlar hozirgi kunda ham olib boriliyapti. Bunga vazirliklarning yetakchi ilmiy 
tekshirish institutlari jalb etilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə