Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


O’pkaning maksimal ventilyatsiyasi va nafas rezervining yoshga bog’liq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

O’pkaning maksimal ventilyatsiyasi va nafas rezervining yoshga bog’liq
holda o’zgarishi
Bolaning
yoshi
Maksimal
ventilyatsiya,
l/min
Nafas
rezervi, l/min
Bolaning
yoshi
Maksimal
ventilyatsiya,
l/min
Nafas
rezervi, l/min
6
42
38,5
11
55
50,4


7
40
36,4
12
61
56,3
8
42
38,2
13
61
46,2
9
46
41,9
14
68
63,1
10
48
43,7
15
75
69,6
Maksimal ventilyatsiya deganda, ixtiyoriy ravishda nafas chastotasi va
chuqurligini o’zgartirib, o’pkadan o’tkaziladigan havoning eng ko’p miqdori
ko’zda tutiladi. O’lchov odatda 10 sekund davom etadi va olingan ko’rsatkich 1
daqiqaga qayta hisoblanadi. 20-jadvalda keltirilgan raqamlardan o’pkaning
maksimal ventilyatsiyasi 6 yoshdan 10 yoshgacha har yili 5% chamasida
ko’paygan bo’lsa, 10-11 yoshda 14-15% ga ortgani yaqqol ko’rinib turibdi.
Prepubertat (balog’atga yetishdan avvalgi) devrida aksariyat tadqiqotchilar unga
ahamiyat bermaydigan yana bir ko’rsatkich – nafas rezervi sezilarli darajada
ortadi. Nafas rezervi o’pka maksimal ventilyatsiyasi miqdoridan oddiy minutlik
venntilyatsiya miqdorini ayirgandan keyin qoladigan hajm. U nafas tizimi
faoliyatida mavjud bo’lgan potensial imkoniyatlar miqdorini ifodalaydi. Bu
imkoniyatlar o’zgarishini maksimal ventilyatsiya miqdorini osoyishtalik
holatdagi minutlik ventilyatsiya hajmi bilan taqqoslaganda ham yaqqol ko’rish
mumkin. Murg’ak bolalarda bu nisbat 10 dan kam bo’lsa, o’smirlik davrida 13
ga yaqin, kattalarda 20-25 ga teng.
Bolalarda o’pka ventilyatsiyasining jadalligi alveolyar ventilyatsiya yuqori
bo’lishini ta’minlaydi. Natijada alveolyar havoda kislorodning miqdori va uning
parsial bosimi esa kamroq bo’ladi (21-jadval).
21-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə