Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Me’daning sekretor faoliyati ko’rsatkichlarini yoshga bog’liq holda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Me’daning sekretor faoliyati ko’rsatkichlarini yoshga bog’liq holda
o’zgarishi
Bolaning yoshi
Shira hajmi,
ml/(soat x kg)
Xlorid kislota
sekretsiyasi, (mekv/l)
Pepsin ajralishi,
(pg/soat x kg)
1 kun
3,3
8,1
0,04
3-8 kun
3,7
14,1
0,06
10-17 kun
4,0
34,4
0,15
25-32 kun
6,4
26,4
0,24
60-90 kun
13,4
34,8
0,28
4-9 yosh
42,5
114,2
-
Katta yoshda
143,2
91,2
0,60
Bolani boqish usuli me’da sekretsiyasiga ta’sir qiladi: faqat ona sutini emgan
bolalarda jarayon ancha sust bo’ladi, aralash boquvdagi bolalarda sekret hajmi 2
marta oshadi, sun’iy aralashmalar bilan boqilgan bolalarda 4 martagacha
ko’payadi.


Bola me’dasida fermentlar ajralishi ham sust bo’lib, fermentlarning gidrolitik
faolligida farq bor. Bolaning me’da shirasidagi fermentlar nisbatan kam kislotali
muhitda (pH 3,0-4,0 bo’lganida) ancha yuqori proteolitik faollik ko’rsatadi. Ular
sut oqsili kazeinni yuqori darajada parchalash qobiliyatiga ega.
Emizikli davri davomida me’da shirasining proteolitik faolligi uch marta
oshsa ham, kattalar me’da shirasining faolligidan ikki marta kam bo’ladi. Ammo
shira hajmining ko’payishini hisobga olsak, ajraladigan proteolitik fermentlar
miqdori bir yil davomida 40 martagacha ortadi.
Fermentlar sekretsiyasiga ham bolani ovqatlantirishning xususiyatlari ta’sir
qiladi. Aralash va sun’iy ovqatlantirish proteolitik fermentlar ajralishini va
ularning faolligini oshiradi.
Bolaning me’da shirasida pepsinogenning bir nechta izoshakli aniqlangan.
Chaqaloqning me’da shirasida pH 3,5 ga teng bo’lganida, shirada faolligi eng
yuqori fetal pepsinogen ko’p bo’ladi. Bu izofermentning sutni ivitish faolligi
yuqori. Ikkinchi oydan boshlab shiraning proteolitik faolligini asosan pepsin va
gastriksin yuzaga chiqaradi.
Chaqaloqning me’da shirasi yetarli darajada lipolitik faollikka ega. Undan
tashqari, me’daga yutilgan so’lak va sut bilan tilning shilliq pardasida
sintezlanadigan va sut tarkibidagi lipazalar ham tushadi. Me’dada kislotalilik
past bo’lgai uchun mayin emulsiya shaklidagi sut yog’i ko’rsatilgan lipazalar
tomonidan yaxshi parchalanadi.
Murg’ak bolalar me’dasi harakatlarining systligi bilan ham ajralib turadi.
Qisqarishlar ritmi va amplitudasi past, chunki a’zoning muskul qavati hali
yaxshi rivojlanmagan, boshqaruv mexanizmlari takomilga yetmagan. Bola
emgan sut me’dadan 2-3 soatda ichakka o’tadi. Emizishlar orasidagi vaqtning 2-
3 soatga tengligi shunga bog’liq.
Bolani boqishda qo’llaniladigan sigir sutli aralashmalar me’dada 3-4 soat
ushlanib qoladi, chunki sigir sutidagi oqsillar va bu aralashmalardagi boshqa
oziq moddalarning me’da va ichakda parchalanishi ko’proq vaqt talab qiladi.
Emizikli bolalarda me’da harakatlarini ko’proq oqsillar tormozlaydi, katta
yoshdagi bolalarda yog’larning tormozlovchi ta’siri kuchliroq.
ME’DA OSTI BEZI
Chaqaloq me’da osti bezining massasi 2-4 g atrofida. Ammo emizikli
davrida, xususan 6-7 oylik bolalarda bez juda tez o’sadi va 10-12 g ga yetadi. 5-
6 yoshda a’soning o’sishida yana bir jadallashish kuzatiladi. 13-15 yashar
o’smirlarda bezning massasi kattalarnikidan (60-115 g) farq qilmaydi. Me’da
osti bezining o’sish jatayonida kattalashishi shira miqdorining ko’payishiga
zamin bo’ladi. Atsinar to’qimaning ko’payishi, yangi atsinuslar hosil bo’lishi,
hujayralarning kattalashishi natijasida bezning massasi ortadi.
Bez tarkibidagi atsinar to’qima ko’paygan bir vaqtda, hujayralar soni va
biriktiruvchi to’qima hajmi kamayadi, undagi tolalar yo’g’onlashadi. Nerv


unsurlari takomili davom etadi. 18-20 yoshga borib me’da osti bezining
rivojlanishi tugaydi.
Endi tug’ilgan chaqaloq me’da osti bezining atsinar hujayralarida sekretor
donachalar uchraydi. Ularning anchagina qismi yetilgan, zimogen donachalar
bo’lgan bir paytda, yirik yetilmalagn prozimogen donachalar ham qayd etiladi.
Ammo sekretor faollik belgilari kuzatilmaydi.
Ovqatlanish shira ajralishi jarayonini faollashtiradi, ammo atsinar
hujayralarning hammasi birdan ishga tushmaydi. Hujayralarning bazal qismida
RNK miqdori ortadi, oqsil ko’payadi. Shik musbat birikmalar yo’qoladi. Bola
hayotining 1-1,5 oyi davomida yirik chiqaruv yo’llarining epiteliysi shilimshiq
ajratib turadi.
Chaqaloq me’da osti bezining rag’batlantiruvchi omillarga javobi sust. Turli
fermentlar ajralishi teng darajada o’zgarmaydi. Masalan, bir kunlik chaqaloqqa
pankreozimin-sekretin yuborilganda, amilaza va lipaza ajralmaydi, shirada oz
miqdorda karboksipeptidaza B aniqlanadi, ximotripsin va tripsin sekretsiyasi
kuchayadi. Pankreozimin-sekretin sinamasi ikki yashar bolalarda o’tkazilganda,
barcha fermentlar ajralishi deyarli bir darajada ko’payganini ko’rish mumkin.
Demak, postnatal ontogenezda me’da osti bezi fermentlarini sintezlovchi
mexanizmlar asinxron ravishda rivojlanadi.
Ajraladigan me’da osti bezi shirasining hajmi bir yil davomida 10 marta
ortadi. Bu davrda shiraning amilolitik faolligi 25 marta ko’paysa ham, kattalarda
kuzatiladigan faollikdan ancha past bo’ladi, chunki bolaning ovqatida amilaza
parchalaydigan kraxmal va glikogen yo’q. Bola polisaxaridlar iste’mol qila
boshlaganidan keyin amilaza sekretsiyasi keskin ko’payadi va 4-9 yashar
bolalarda kattalardagidan yuqori bo’ladi, keyin sekin kamayadi. Lipaza
fermentining ajralishi ham 6-9 yoshda o’z cho’qqisiga yetadi.
Bola o’sishi jarayonida tripsinogen, ximotripsinogen, lipaza, peptidazalar va
fosfolipaza ajralishi ham ko’payadi. Nofaol proteazalar sekretsiyasi 4-6 yoshda
yuqori darajaga yetadi.
Chaqaloq va emizikli bola me’da osti bezi shirasidagi asosiy fermentlar
faolligini katta odam shirasidagi faollik bilan solishtirganda, proteolitik faollik
bolalarda nisbatan yuqoriligini ko’rish mumkin (tripsin va ximotripsin faolligi
bolalarda kattalardagidan sal past). Buni sutda oqsillar ko’pligi, polisaxaridlar
yo’qligi, emulsiya shaklidagi sut yog’ini parchalashda uncha faol bo’lmagan
pankreatik lipazaga sutning o’zidagi lipaza, til, me’da va ichak lipazalari
ko’maklashishi bilan tushuntirish mumkin.
Bolaga ona suti bilan bir qatorda qo’shimcha ovqat berish me’da osti bezi
faolligini sezilarli darajada oshiradi. Sun’iy ovqatlanishda bo’lgan bolalarda bu
faollik eng yuqori bo’ladi.
Qo’shimcha ovqat emizikli bolalarda me’da osti bezi fermentlarining ovqat
sifatiga moslashish qobiliyati vaqtli paydo bo’lishi va tez rivojlanishini
ta’minlaydi. Masalan, faqat ona sutini iste’mol qiladigan bolada o’n ikki barmoq
ichakka kungaboqar yog’ini yuborish lipaza, tripsin va amilaza ajralishini uncha


ko’p bo’lmagan teng darajada oshiradi. Sun’iy ovqatlantiriladigan bolada bu
sinama uchala ferment ajralishini anchagina ko’paytiradi. Ammo ichakka
yuborilgan substrat – yog’ni parchalovchi lipaza faolligi eng ko’p ortadi.
Bola tug’ilganidayoq uning me’da osti bezi sekretinga javoban shira
ajralishini kuchaytirish bilan javob beradi. Gormonning qonga o’tishida xlorid
kislota emas, sut kislotasi ko’proq ahamiyatli. Chunki murg’ak bola me’dasida
HCI kam. Fermentlar ajralishini boshqarishda muhim bo’lgan pankreozimin
ham chaqaloq ichagi shilliq pardasida aniqlangan.
Adashgan nervning me’da osti bezi sekretsiyasiga ta’siri keyinroq kuzatiladi.
JIGAR
Yo’ldoshda kislorod va boshqa o’sish uchun kerakli moddalarga boyigan qon
birinchi galda homilaning jigaridan o’tadi. Shuning uchun bu a’zo boshqalariga
nisbatan yaxshi rivojlanadi. Yangi tug’ilgan bola jigarining nisbiy hajmi
kattalarnikidan deyarli ikki marta ko’p (jigarning hajmi chaqaloq tanasi
hajmining 4% ini tashkil qilsa, kattalarda 2-2,8 % ini tashkil etadi). Bola bir
yashar bo’lgunicha jigarning hajmi ikki marta oshadi. Jigar bo’lakchalarining
rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 8 yashar bola jigarining gistologik
tuzilishi kattalarnikidan farq qilmaydi.
Chaqaloq jigarida o’t-safro hosil bo’lishi ancha jadal kechadi va u tana
massasining 1 kg ga hisoblanganda, kattalardagi miqdordan 4 marta ko’p. O’sish
jarayonida hosil bo’ladigan o’t-safro miqdori ortadi.
Yosh bolalarda o’t-safro miqdori yetarli bo’lgani bilan, u to’la sifatli emas.
O’t kislotalari, xolesterin va tuzlar miqdori oz, mutsin va pigmentlar ko’p. O’t
kislotalari nisbatida ham farq bor: bolalar o’tida tauroxol, kattalarda esa glikoxol
kislota ko’p. Bola hayotining birinchi haftasida o’t-safro tarkibida ikkilamchi
o’t kislotalari (litoxol va dezoksixol) uchramaydi. Ular ichakni mikroblar
egallaganidan keyin paydo bo’ladi.
Chaqaloq jigari yetarli miqdorda o’t kislotalarini sintezlay olmagani yog’lar
kam o’zlashtirilishining asosiy sababidir. O’t kislotalari miqdori ingichka ichak
bo’shlig’ida ma’lum darajada kam bo’lsa, sutdagi yog’ mitsellalar tarkibiga
qo’shilmaydi, hamda tri- va monoglitseridlar shaklida najas bilan chiqariladi.
Bir-bir yarim oy davomida jigarning o’t kislotalarini sintezlash qobiliyati ortadi
va yog’larni o’zlashtirish 80-85 % gacha ko’tariladi.
INGICHKA ICHAK
Hazm tizimining bo’shlig’i organizm uchun tashqi muhit hisoblanadi.
Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi moddalar ichak shilliq pardasi orqali qon
yoki limfaga o’tmaguncha o’zlashtirilgan hisoblanmaydi.
Organik moddalar, tuzlar va suvning asosiy qismi ingichka ichakda so’riladi.
Faqat tashqaridan qabul qilingan moddalar emas, balki hazm bezlari ajratgan


moddalarning ko’p qismini ham qayta so’rilishini e’tiborga olsak, moddalarni
o’zlashtirish jarayonida ichak qancha ko’p ish bajarishini tasavvur qila olamiz.
Katta yoshdagi odam tanasida bor hujayralarning soni 10
15
atrofida. Ingichka
ichakni ichidan qoplagan, so’rishga ixtisoslashgan enterotsitlarning soni 10
10
ga
yaqin. Demak, bitta enterotsit 10 mingta boshqa hujayrani “boqishga” majbur.
So’rilish bilan bir qatorda, ingichka ichak shilliq pardasida 20 tadan ko’proq
gidrolitik fermentlar sintezlanadi. Bu fermentlarning bir qismi shira tarkibida
ichak bo’shlig’iga ajraladi va bo’shliqdagi hazmda ishtirok etadi. Undan
tashqari, ular enterotsitlarning apikal membranasidagi mikrovorsinkalar
yuzasiga adsorbsiyalanib, membrana hazmini yuzaga chiqaradi.
Bola tug’ilganida ingichka ichakning shilliq pardasidagi unsurlar yetarli
darajada shakllangan va ulardagi fermentlar faolligi yuqori bo’ladi. Ingichka
ichakning uzunligi 336-360 sm ga teng bo’lib, bolaning bo’yidan 6-7 marta
uzunroq (kattalarda ingichka ichakning uzunligi tortta bo’yiga tent). Emizikli
davrida ichakning uzunligi 2,5 marta oshadi, keyin uning o’sishi sekinlashadi.
Postnatal ontogenezda ingichka ichakning faqat o’sishi emas, takomillashuvi
ham davom etadi. Chaqaloqda juda yupqa bo’lgan bo’ylama muskul qavati
qalinlashadi, elastik tolalar miqdori ko’payadi. Kattalardagidan ikki marta past
bo’lgan kriptalar bo’yiga o’sadi. Nisbatan kam bo’lgan mikrovorsinkalar soni
ko’payadi.
Natijada ingichka ichakning bola tug’ilgan paytidayoq yuqori bo’lgan
moddalarni parchalash quvvati (tekshiruvlar chaqaloqning ichagi bir kunda 107
g maltoza, 72 g saxaroza, 46 g izomaltoza va 62 g galaktozani parchalash
imkoniyatiga egaligini ko’rsatgan) yana oshadi.
Chaqaloqlarda faqat disaxaridazalarning emas, boshqa fermentlarning faolligi
ham ancha yuqori. Masalan, alfa-amilazaning faolligi katta odam ichagidagidan
sal kam. Alfa-glyukozidazalar faolligi bir tekis o’zgarmaydi: maltaza va
izomaltazalar faolligi tug’ilish vaqti kelganda katta odamlardagi darajaga
yaqinlashadi va keyingi davrda kam o’zgaradi. Saxaraza faolligi postnatal
ontogenezda kuchayadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqda laktaza faolligi yuqori bo’lib, keyin sekin-asta
pasayadi. Postnatal ontogenezda laktaza faolligining pasayishi, saxaraza
faolligining ortishi bolaning ovqatlanishidagi o’zgarishlar bilan bir vaqtga
to’g’ri keladi. Bu vaqtda bola sut va undagi laktozani kam miqdorda, saxaroza
va polisaxaridlarni esa qo’shimcha ovqat bilan oshib boruvchi miqdorda qabul
qila boshlaydi. Ammo ichakdagi laktaza va saxaraza fermentlari faolligi
nisbatining o’zgarishi genetik ravishda rejalangan va u bola ovqatining tarkibi
o’zgarmasa ham (bola uzoq vaqt faqat sut iste’mol qilsa ham), yuzaga chiqadi.
Kortikoid va tireoid gormonlar bu nisbat o’zgarishi tezligiga ta’sir qilishi
mumkin.
Chaqaloqlarning bir qismida (20% ida) laktaza faolligi juda past bo’ladi.
Bunday bolalar ona sutidagi laktozani o’zlashtira olmaydilar. Laktozani ko’tara


olmaslik natijasida, hazm tizimi faoliyati keskin buziladi. Bunday bolalarga
laktozasiz ovqat berish kerak bo’ladi.
Bola tug’ilganida ingichka ichakning ishqoriy fosfatazasi, turli peptidazalari
yuqori faollikka ega bo’ladi. Ishqoriy fosfataza fosfolipidlar va fosfoproteinlar
parchalanishining oxirgi bosqichlarini bajaradi. Undan tashqari so’rilish
jarayonlarida ham ishtirok etadi.
Ichak proteinazalari guruhiga mansub -
enterokinaza homiladorlikning
oxirida paydo bo’ladi va bir yil davomida o’z faolligini 2-5 marta oshiradi.
Bolalar ichagi shilliq pardasidan makromolekulyar birikmalar ham sezilarli
miqdorda o’tishi mumkin. Bu, birinchi galda, oqsil tabiatli moddalar – sut
oqsillari, immunoglobulinlar va boshqalar. Og’iz sutini o’z vaqtida va yetarli
miqdorda iste’mol qilish ichak shilliq pardasidan antigenlar o’tib ketishini
cheklaydi va organizmni yuqumli kasalliklar chaqiruvchi mikroblarning zararli
omillaridan himoya qiladi.
Ingichka ichakning shilliq pardasi juda faol tuzilma bo’lib, juda tez
yangilanib turadi. Katta yoshdagi odamlarda vorsinkalarni qoplagan hujayralar
kriptalarda mitotik bo’linish yo’li bilan ko’payadigan hujayralar hisobiga 72-96
soat ichida to’la yangilanadi. Kattalardan farqli ravishda kichik bolalarda bu
yangilanishning tezligi ikki marta kam.
Bo’shliqdagi, membrana yuzasidagi va hujayra ichidagi hazmning nisbatida
ham bolalikka xos xususiyatlar bor. Hujayra hazmining belgisi bo’lgan –
pinotsitoz pufakchalar katta yoshdagi odamning ingichka ichagida kam uchrasa,
chaqaloqlar ichagida ular ko’p miqdorda aniqlanadi.
Pinotsitoz vakuolga o’tgan oqsillarni lizosomal fermentlar aminokislotalarga
parchalaydi. Aminokislotalar enterotsitning bazal membranasi orqali faol
tashilish mexanizmlari asosida qonga so’riladi. Shu ma’lumotlarga asoslanib,
bolalarda hujayra hazmining hajmi ancha katta, degan fikr bor. Ba’zi
olimlarning fikricha, pinotsitoz vakuollarga ichak bo’shlig’idan qamrab olingan
oqsillar enterotsitlarda parchalanmasdan, qonga o’tadi va buyraklarda
parchalanadi.
Tadqiqotchilar me’da osti bezi shirasida fermentlarning, o’t-safroda o’t
kislotalarining kamroqligiga asoslanib, bolalarda bo’shliqdagi hazmning ovqat
polimerlari tarkibidagi bog’lanishlarni uzishdagi ulushi katta odamdagiga
nisbatan kam, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bo’shliqdagi hazm
yetishmovchiligini bolalarda jadal bo’lgan membranadagi hazm to’ldiradi.
Bunga sutning autolitik parchalanishi (sutdagi moddalarning uning o’zidagi
fermentlar tomonidan parchalanishi) yuqoriligini qo’shsak, ma’lumot to’la
bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda yog’larning so’rilishi yetarli emas. 4-6 hafta
davomida yog’larni o’zlashtirish darajasi 80-85% gacha ko’tariladi. Shu vaqtga
kelib o’t-safro va qon zardobida o’t kislotalarining konsentratsiyasi ortadi.
Chaqaloqlarda uglevodlarning so’rilishi ham kattalardagiga nisbatan sustroq.
Bu jarayonning rivojlanishi postnatal ontogenezda davom etadi. Ammo bola bir


yoshga to’lganida ham glyukozaning ingichka ichakda so’rilish tezligi 4,5
g/soatdan oshmaydi (kattalarda bu tezlik 30 g/soatga teng).
Ksiloza sinamasining natijalari ham uglevodlarning so’rilishi yoshga bog’liq
holda tezlashishini ko’rsatadi. Bu modda eritmasi bolaga ichirilgandan keyin
ma’lum vaqt oralig’ida uning miqdori qonda va siydikda aniqlanadi. Qonda
ksiloza miqdori qancha tez ko’paysa va u siydik tarkibida qancha ko’p ajralsa,
demak u shuncha tez so’riladi. Ksiloza qabul qilingandan keyin 5 soat o’tgach,
emizikli bolalarda moddaning 27,2 % i, 1-3 yashar bolalarda – 35,7 % i, 4-7
yashar bolalarda – 38,2 % i, 8-10 yasharlilarda – 34,3 % i va 12-14 yashar
o’smirlarda 35,8 % i siydik bilan ajraladi. O’sish bilan bog’liq holda uglevodlar
so’rilishining tezlashishi ingichka ichakda bu jarayon sodir bo’ladigan sohaning
kengayishi yoki bor sohalar o’z faolligini oshirishi bilan tushunntiriladi.
Bolalarda ingichka ichakning harakatlanishi ancha faol. Ularda tonik,
mayatniksimon, peristaltik va segmentlantiruvchi hatakatlar ajratiladi. Ichakning
motor faolligini darajasi to’g’risidagi bu ma’lumotni ximusning a’zoni boshidan
oxirigacha bo’lgan masofani bosib o’tishi uchun ketgan vaqt orqali olish
mumkin. Faqat ona sutini emgan bolada ximusning ingichka ichakdan o’tishi
uchun 12-30 soat vaqt kerak. Aralash va sun’iy ovqatlanishdagi bolalarda
ximusning ingichka ichakdagi harakati sustroq.
Bolalarda ichak motorikasining tashqi nervlar (parasimpatik va simpatik
nervlar) va mahalliy mexanizmlar tomonidan boshqarilishida katta yoshdagi
odamlarda aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish mumkin. Ularda parasimpatik
nervlar ham ingichka ichak harakatlarini kuchaytiradi. Simpatik nervlar
ta’sirlansa, aksincha, tormozlaydi. Mexanik ta’sirlovchi tegib turgan va pastroq
joylashgan sohalar harakatlarni jadallashtiradi, ichakning yuqori qismlarining
motorikasini tormozlaydi.
YO’G’ON ICHAK
Yo’g’on ichakning rezervuarlik, gidrolitik, harakatlanish va so’rish
faoliyatlari tafovut qilinadi. Bulardan tashqari, yo’g’on ichakdagi mikroflora
makroorganizm bilan murakkab munosabatda bo’lib, ko’p jarayonlarda ishtirok
etadi.
Yo’g’on ichakning uzunligi chaqaloqning bo’yiga teng. Bu davrda yo’g’on
va ingichka ichak uzunligining nisbati 1:6, emizikli davrining oxirida 1:5 ni,
katta yoshdagi odamlarda 1:4 ni tashkil etadi. Yo’g’on ichakning tezroq o’sishi
natijasida bu nisbat o’zgaradi.
Ximusning yo’g’on ichakda bo’lish vaqti 4-12 soatni tashkil qiladi va bu
bolaning boqilish usuliga bog’liq. Bu vaqt davomida ximusning hajmi keskin
kamayadi, chunki yo’g’on ichakda suv jadal so’riladi.
Yangi tug’ilgan bolaning yo’g’on ichagida mikroblar yo’q, unda ma’lum
miqdorda ona qorni najasi – mekoniy uchraydi. Mekoniy – to’q yashil rangli,


quyuq, malhamsimon massa. Uni yo’g’on ichak devoridan uqalanib tushgan
epiteliy hujayralari, shilimshiq, homila yutgan suyuqlik qoldiqlari va o’t
pigmentlari tashkil etadi. Chaqaloqning ilk bor ichi kelganida (hayotining
birinchi kuni), mekoniy ajraladi. Ikkinchi-uchinchi kundan boshlab unga najas
qo’shiladi. 4-5 kunlik bolalarning najasi tarkibida mekoniy qolmaydi.
Birinchi oy davomida bolaning ichi 5-7 marta, onasini emishi bilan bog’liq
holda keladi. Ikkinchi oydan keyin najas chiqarilishi – defekatsiya siyraklashadi
(kuniga 3-6 martagacha). Bir yashar bolaning ichi 1-2 marta keladi. Najasning
diametri 1,5-2,5 sm li silindr shaklida, massasi 50-70 g bo’ladi.
Bola hayotining birinchi soatlaridayoq tug’ilguncha steril bo’lgan
organizmda, shu jumladan hazm tizimida mikroblar paydo bo’ladi. Bakteriyalar
koloniyalarining shakllanishi bolaning boqilishiga va me’da shirasining
kislotalilik darajasiga bog’liq. Ichakda avval enterokokklar va kolibakteriyalar
paydo bo’ladi. Faqat ona sutini emgan bolalar ichagida 1-4 kun davomida
Laktobatsillus bifidis eng ko’p miqdorda uchraydi, chunki ona sutida bu mikrob
o’sishini rag’batlantiruvchi omillar mavjud bo’ladi. Ayni vaqtda sutda kasallik
chaqiruvchi mikroblarga nisbatan bakteriostatik ta’sirga ega – laktoferrin va
lizotsimlar bor.
Sun’iy aralashmalar bilan boqilgan bolalar ichagi mikroflorasida
laktobatsillus atsidofilis, enterokokklar va anaerob mikroblar uchraydi.
Me’dada muhit kislotaliligining pastligi ichakka mikroblar joylashishiga
qulay sharoit tug’diradi.
Chaqaloqlarning o’t-safrosida va najasida ikkilamchi o’t kislotalari
bo’lmasligini 
ko’rsatgan 
edik. 
Bunga 
o’t 
kislotlarini 
o’zgartiruvchi
mikroblarning yo’g’on ichakda yo’qligi sabab bo’ladi.
Hazm tizimining mikroblar tomonidan egallanish jarayoni ikki haftacha
davom etadi va bu vaqtga kelib mikroflora tarkibi ancha mo’tadillashadi.
Aralash ovqatga o’tish ichak mikroblari tarkibini sezilarli o’zgartiradi. Bola 7-8
yoshga to’lganida yo’g’on ichak mikroflorasi kattalarnikiga yaqinlashadi va bir
guruh anaerob va aerob mikroblardan iborat bo’ladi.
Ichak mikroflorasi makroorganizm bilan simbiont munosabatda bo’lib, turli
jarayonlarda ishtirok etadi. Xususan, bolalarda ichak mikroblari hazm
jarayonida, immunitet shakllanishida, vitaminlar sintezlanishida muhim rol
o’ynaydi, yo’g’on ichakda patogen mikroblar rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Makroorganizmning ba’zi a’zolari rivojlanishi uchun yo’g’on ichakda
mikrofloraning bo’lishi zarur. Mikrobsiz sharoitda o’stirilgan hayvonlarda
ingichka ichak uzunligi, shilliq parda yuzasi, epiteliyning yangilanish tezligi
oddiy sharoitda o’sgan hayvonlarnikiga nisbatan oz, ko’richak esa aksincha,
kattalashgan bo’ladi.
Yo’g’on ichak mikroflorasi o’t kislotalari almashinuvidan tashqari, xolesterin
almashinuvida ham qatnashadi. Vaqtincha mikrobsiz sharoitda saqlangan bolalar
najasida faqat erkin xolesterin uchraydi, koprostanol va koprostanon
aniqlanmaydi. Demak, xolesterinning so’rilishi qiyin bo’lgan moddalarga


aylanishi kuzatilmaydi. U qonga so’riladi, hamda qonda va jigarda uning
miqdori ortadi.
Yo’g’on 
ichak 
mikroflorasi 
pankreatik 
va 
ichak 
fermentlarini
faolsizlantirishda ishtirok etadi. Emizikli bolalarda bu jarayon sust. Shu sababli
kichik bolalar najasi tarkibida entrokinaza, ishqoriy fosfataza va pankreatik
fermentlar kattalardagiga nisbatan ko’p miqdorda bo’ladi.
Yo’g’on ichak mikroflorasi uzluksiz sintetik faoliyatga ega. Birinchi galda
vitaminlarni sintezlaydi. Sintezlangan vitaminlarning bir qismi so’rilib,
makroorganizm matabolizmida ishtirok etadi. Undan tashqari, mikroflora
shoxlangan yog’ kislotalari, odam organizmi uchun xos bo’lmagan oqsillar,
fiziologik faol amin va peptidlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Mikroblar
sintezlaydigan birikmalarning ba’zilari makroorganizmni zaharlashi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalarning ichak mikroflorasi turli ta’sirotlarga juda sezgir.
Ovqat tarkibining keskin o’zgarishi, antibiotik va boshqa mikroblarga qarshi
dorilarning qo’llanilishi ichak mikroekologiyasini tez buzilishi va bolaga salbiy
ta’sir ko’rsatishini yodda tutish kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə