Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Asosiy almashinuvning yoshga bog’liq ko’rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Asosiy almashinuvning yoshga bog’liq ko’rsatkichlari
Yoshi
Asosiy almashinuv
kkal/m
2
/24 soat
kdj/m
2
/24 soat
kkal kg
-1
/soat
1 kun
122
580
1,5
1 oy
205
860
2,0
3 oy
330
1075
2,3
6 oy
445
1193
2,3
9 oy
540
1287
2,3
1 yosh
580
1318
2,4
3 yosh
750
1240
2,1
5 yosh
840
1164
2,0
10 yosh
1120
1096
1,6
14 yosh
1360
1028
1,4
Kattalarda
1700
1000
1,0
Bola hayotining birinchi oylarida almashinuv jarayonlarining jadallashishi
tanada hujayralar massasi ko’payishi bilan bog’liq. Chaqaloq tana massasining
deyarli yarmini hujayradan tashqaridagi suv tashkil qilib, u faqat 50 %
hujayralarga to’g’ri keladi. Bir yashar bolada to’qimalar oralig’idagi suv
miqdori ikki marta kamayadi, ayni vaqtda energiya almashinuvida faol
qatnashadigan hujayralar massasi 2 marta ortadi. Undan tashqari, chaqaloqlarda
issiqlik ishlab chiqarish imkoniyati yuqori bo’lgan miya, jigar, o’pka, yurak va
buyrakning massasi nisbatan ko’p bo’ladi.
Bola hayotining birinchi yili davomida asosiy almashinuvning ko’payishi
skelet muskullarining tonusi ortishi va gravitatsiyaga qarshi reaksiyalarning
shakllanishiga ham bog’liq. Bola boshini ushlashga, o’tirishga o’rganganida
asosiy almashinuv miqdori sezilarli darajada ko’payadi. Bu miqdor bola tik


turib, yurishga o’rganganida va harakatlari keskin faollashganida (1-2 yoshda)
eng ko’p darajada ortadi.
Rubner bolalarda asosiy almashinuvning yuqoriligini ularda tana yuzasining
katta yoshli odamdagiga nisbatan kattaroq bo’lishi va buning natijasida issiqlik
yo’qotish ortiqligi bilan ham izohlagan. Bu “tana yuzasi qoidasi” deb
nomlanadi.
O’SISH ENERGIYASI
Katta yoshdagi odamdan farqli ravishda bolalarda energiyaning ko’pgina
qismi o’sish va rivojlanish uchun sarflanadi. Umumiy sarflanadigan
energiyaning 15 % ga yaqini bolaning o’sishi uchun sarflanadi (Tur A.F., 1971).
Ammo bolalarda tana vazni bir maromda ortmaydi. Tana vaznininf eng ko’p
ortishi (bir kecha-kunduzda 30 g dan) bola hayotining dastlabki 3 oyida
kuzatiladi. Bu davrda o’sish uchun sarflanadigan energiya miqdori bir kecha-
kunduzda 140 kkal atrofida bo’lib, u asosiy almashinuv kattaligining taxminan
70 % ini tashkil qiladi. Shundan keyin o’sish jadalligi sustlashadi va osishga
sarflanadigan energiya miqdori kamayadi. Bola balog’at yoshiga yetganda
ushbu ko’rsatkich yana ortadi (24-jadval).
24-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə