Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Ilk bor nafas olish mexanizmlari.
Endi tug’ilgan bolada chetdagi
retseptorlardan bosh miyaga o’tadigan afferent impulslar miqdori keskin oshib
ketadi. Tug’ilish jarayonida bola terisining mexanoretseptorlari kuchli
qo’zg’aladi. U tug’ilishi bilan harorati ancha past bo’lgan sharoitga o’tadi, bu
esa termoretseptorlarni qo’zg’atadi. Bulardan tashqari, bola tug’ilishi bilan
uning bukilgan boshi va tanasi yoziladi, oyoq-qo’llari harakatga keladi. Natijada
proprioretseptorlar qo’zg’aladi.
Kindik bog’lanishi bilan qonda O
2
kamayib, CO
2
miqdori orta boshlaydi.
Qondagi gaz tarkibining o’zgarishi, ortib borayotgan gipoksiya, tomirlardagi
xemoretseptorlarni qo’zg’atadi va MNT ga intiluvchi impulsatsiyani
kuchaytiradi.
Ko’rsatilgan retseptorlardan yuzaga chiqadigan afferent impulslarning kuchli
oqimi to’rsimon formatsiyaning oraliq miya va ko’prik qismi faolligini keskin
oshiradi. Bu tuzilmadan nafas markaziga tushgan impulslar inspirator
neyronlardan eng yuqori qo’zg’aluvchanlikka ega bo’lganlarini qo’zg’atadi. Bu
hujayralardan qo’zg’alish shu zahoti qolgan boshqa neyronlarga o’tadi va ularda
kuchli efferennt impulslar razryadini hosil qiladi. Natijada chaqaloq ilk bor
nafas oladi. Nafas muskullarining qisqarishi ko’krak qafasini kengaytiradi,
o’pka yozilib, kengayadi. Inspirator muskullarning proprioretseptorlaridan va
o’pkaning cho’zilishga sezgir retseptorlaridan nafas markaziga qaratilgan
afferent impulslar oqimi qo’zg’algan inspirator markazni tormozlab, ekspirator
neyronlarni qo’zg’atadi. Natijada nafas chiqariladi. Endi ishga tushib ketgan
nafas markazi ritmik ravishda nafas olish va nafas chiqarishni bir umr
ta’minlaydi.
CHAQALOQDAGI TASHQI NAFASNING XUSUSIYATLARI
Chaqaloqning ilk bor nafas olishi inspirator muskullarni, xususan
diafragmani kuchli qisqarishi natijasidir. Birinchi nafas olish harakatining kuchli
bo’lishi ko’krak qafasidagi bosimning suv ustunining 80 sm gacha pasayishiga
olib keladi. Bu juda muhim. Chunki ilk bor nafas olinganda, birinchidan, nafas


yo’llaridagi suyuqlik va ularning devori o’rtasidagi ishqalanish kuchini,
ikkinchidan, yopishib yotgan alveolalar devori yuza tarangligini yengish kerak.
Ilk bor nafas olish chaqaloq hayotining birinchi daqiqasida kuzatilib, 0,1-0,4
sek. davom etadi. Uning hajmi 20-80 ml. Ilk bor nafas chiqarishning
davomiyligi uzoqroq – 3,8 sek. ga teng. U nafas chiqarish muskullarining faol
qisqarishi natijasida yuzaga chiqadi va plevra bo’shlig’idagi bosimni suv
ustunining 35 sm gacha ko’tarilishiga olib keladi. Bu payt ovoz yorig’i berk
bo’lgani uchun, chaqaloq ilk bor nafas chiqarganida qichqirib yuboradi. Birinchi
nafasdan chiqqan havoning hajmi nafasga olingan hajmdan ancha kam – 16-30
ml. Bunga sabab shuki, havoning bir qismi o’pkada qolib, o’pkaning funksional
qoldiq sig’imini (FQS) shakllay boshlaydi.
FQS hosil bo’lish jarayonida alveolalardagi suyuqlikning bir qismi nafasdan
chiqqan havo bilan havo yo’llari orqali tashqariga chiqadi. Qolgan qismi kichik
qon aylanish doirasi ishga tushishi bilan o’pka kapillyarlari orqali ko’p
miqdorda oqa boshlagan qonga so’riladi.
Birinchi chuqur nafasdan keyin nafas harakatlari amplitudasi kichiklashib,
uning ritmi uyg’unlashadi. Ammo ba’zi chaqaloqlarda nafas aritmik bo’lishi
mumkin, hatto davriy nafas ham uchraydi. Yetuk tug’ilgan sog’lom
chaqaloqlarda tinch holatda ko’krak qafasining ikki yarmi nafas olinganida
asinxron ravishda va teng bo’lmagan amplitudada harakat qiladi. Bu
ma’lumotlar uzunchoq miyaning chap va o’ng tomonidagi nafas markazlari
o’rtasidagi bog’lanishlar hali uyg’un va mukammal emasligidan dalolat beradi.
Bu markazlar ma’lum darajada mustaqil bo’lib, ularning faoliyat ko’rsatishlari
chap va o’ng
tomondagi qovurg’alararo muskullar va diafragmaning
qisqarishida nomutanosiblikka olib keladi.
Demak, chaqaloq nafasining markaziy boshqaruv tizimlari faoliyatida o’zaro
monandlashish yetarli emas. Bu mexanizmlar bola hayotining birinchi yili
davomida rivojlanib, funksional yetuklikka ega bo’ladi.
Tashqi nafasning funksional imkoniyatlarini birinchi galda o’pka
ventilyatsiyasi, 
o’pkaning 
hajmi 
va 
sig’imlari 
xarakterlaydi. 
O’pka
ventilyatsiyasi nafas chastotasi va chuqurligiga bog’liq. Chaqaloqda nafasning
chastotasi katta odam nafasining chastotasidan deyarli 2,5 marta yuqori va bir
daqiqada 40 tani tashkil qiladi. Nafasi uyg’unlashgan chaqaloq bir marta nafas
olganida uning o’pkasiga o’rta hisobda 17 ml havo kiradi. Bu miqdor nafas
hajmi deyiladi. Demak, chaqaloq o’pkasidan bir daqiqada o’tadigan havoning
hajmi – o’pka ventilyatsiyasi 680 ml ga teng. O’pka ventilyatsiyasining
chaqaloqlardagi mutloq miqdori oz bo’lsa ham, nisbiy miqdori (tana
massasining 1 kg ga hisoblangan miqdori) 200 ml chamasida va katta yoshdagi
odamlardagi nisbiy miqdordan (100-110 ml/kg dan) deyarli ikki marta ko’p.
Chaqaloqlarda “zararli” bo’shliqning hajmi 5 ml atrofida. Demak, nafasga
olingan har 17 ml havodan alveolalarga 12 ml havo yetib boradi va alveolalar
ventilyatsiyasi 480 ml/min ni tashkil qiladi.


Chaqaloqlarda tashqi nafas ko’rsatkichlarini aniq o’lchash qiyin, ba’zilarini
esa - mumkin emas. Chunki buning uchun nafasni ixtiyoriy ravishda o’zgartira
olish qobiliyati mavjud bo’lishi kerak. Go’daklarda bunday qobiliyat yo’q. Shu
sababdan chaqaloq o’pkasining tiriklik sig’imini o’lchab bo’lmaydi. Uning
o’rniga qichqiriqning sig’imi aniqlanadi. Bola qichqirishdan avval chuqur nafas
oladi, keyin qichqirish vaqtida kuchli nafas chiqaradi. Qichqiriqning boshidan
oxirigacha o’pkadan chiqqan havo hajmiga qarab, qichqiriq sig’imi aniqlanadi.
Uni shartli ravishda o’pkaning tiriklik sig’imiga (O’TS) teng desa bo’ladi. Nafas
hajmidan tashqari, chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda o’pkaning tiriklik
sig’imini tashkil qiluvchi nafas olish va nafas chiqarishning rezerv hajmini
aniqlab bo’lmaydi. Chaqaloqlarda O’TS 120-150 ml chamasida. Uning 54% ini
nafas olishning rezerv hajmi, 34% ini nafas chiqarishning rezerv hajmi tashkil
qiladi (kattalarda bu nisbat 66% va 23%).
Nafas chastotasining ko’pligi, nafas olishning rezerv hajmini nisbatan kichik
bo’lishi chaqaloqlarda o’pka ventilyatsiyasi ko’payishini chegaralaydi. Bola
qichqirganida o’pka ventilyatsiyasi faqat 5 baravar ortadi. Katta yoshdagi
odamda esa o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi tinch holatdagiga nisbatan 25
marotaba ortishi mumkin.
Chaqaloq hayotining birinchi kunlari qoldiq hajm va funksional qoldiq hajm
uyg’unlashadi. Eng kuchli nafas chiqarilganidan keyin o’pkada qoladigan havo
hajmi qoldiq hajmni (QH) tashkil qiladi. 3-4 kunlik go’daklarda uning miqdori
100 ml chamasida. Oddiy nafas chiqarilganidan keyin o’pkada qoladigan havo
funksional qoldiq sig’imni (FQS) tashkil qiladi va uning miadori 140-150 ml ga
yaqin bo’ladi. FQS qoldiq hajm va nafas chiqarishning rezerv hajmidan iborat.
Demak, chaqaloq tashqi nafasining ko’rsatkichlari quyidagilar:
1
Nafas chastotasi
-
1 daqiqada 40 marta
2
Nafas hajmi (NH)
-
17 ml
3
O’pka ventilyatsiyasi
-
1 daqiqada 680 ml
4
Alveolyar ventilyatsiya
-
1 daqiqada 480 ml
5
O’pkaning 
tiriklik 
sig’imi
(O’TS)
-
120-150 ml
6
Nafas olishning rezerv hajmi
-
65-70 ml
7
Nafas 
chiqarishning 
rezerv
hajmi
-
40-50 ml
8
Funksional qoldiq sig’im
-
140-150 ml
9
Qoldiq hajm
-
40-100 ml
10
O’pkaning 
umumiy 
sig’imi
(O’US)
-
220-250 ml
11
Zararli bo’shliq
-
5 ml
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI
Alveolyar havo va o’pka kapillyarlaridan o’tayotgan qon o’rtasida, to’qima
kapillyarlaridagi qon va to’qima suyuqligi o’rtasida gazlar almashinuvi


aerogematik va gistogematik to’siqlarning ikki tomonidagi gazlarning parsial
bosimidagi farq ta’minlaydi.
Chaqaloqlarda alveolyar ventilyatsiya nisbatan ko’proq bo’lgani uchun
alveolyar havoda kislorod miqdori ko’proq (17%), karbonat angidrid miqdori
esa kamroq (3,2%) bo’ladi. Shunga yarasha alveolyar havoda kislorodning
parsial bosimi (P
O2
) simob ustunining 120 mm ini, karbonat angidridning parsial
bosimi (P
CO2
) 23 mm ini tashkil qiladi. (Katta yoshdagi odamda P
O2
102
mm.sim.ust., P
CO2
40 mm.sim. ust. ga teng).
Chaqaloqning venoz qonida kislorodning miqdori va u bilan bog’liq bo’lgan
parsial tarangligi kattalar qonidagidan kamroq, karbonat angidrid miqdori va
parsial tarangligi esa ko’proq. Shunga ko’ra kislorod va karbonat angidridning
alveola havosidagi va o’pka kapillyarlari qonidagi parsial bosimlari orasidagi
farq kattaroq. Bu farq O
2
ning qonga o’tishini, CO
2
ning qondan alveolyar
havoga tez chiqishini ta’minlaydi.
Chaqaloq o’pkasida gazlar almashinuvi uchun sharoit qulay bo’lishiga
qaramasdan, kichik qon aylanish doirasidan o’tgan qon kislorodga katta
yoshdagi odamlar qoni darajasigacha to’yinmaydi va karbonat angidriddan xalos
bo’lmaydi. Kattalarning arterial qonida gemoglobin kislorodga 96% ga
to’yingan, CO
2
miqdori 50 hajm %. Chaqaloqlarda bu ko’rsatkichlar 60% va 60
hajm % ni tashkil qiladi. Demak, chaqaloqlar uncha kuchli bo’lmagan
gipoksemiya va giperkapniya holatida bo’ladilar. Bu holatga nafasda o’pkaning
barcha qismlari tekis ishtirok etmagani, ba’zi bo’lakchalarga nafas olganda havo
yetib bormasligi olib keladi.
Chaqaloq to’qimalari qondan kislorodni ko’p miqdorda yutadi - 1 daqiqada
tana massasining 1 kg ga 10 ml gach (Kattalarda bu ko’rsatkich 4 ml/kg/min
chamasida). Bunga go’dak kislorod yetishmovchiligida tug’ilgani va uning
to’qimalarida oksidlanish jarayonlarining tezligi sabab bo’ladi.
To’qimalarda P
O2
ning juda pastligi va karbonat angidrid parsial
tarangligining yuqoriligi kislorodni qondan to’qimaga, CO
2
ni to’qimadan qonga
tez o’tishini ta’minlaydi.
Chaqaloq qoni eritrotsitlar va gemoglobinga boy bo’lgani uchun yuqori
kislorod sig’imiga ega (210-260 ml/l, kattalarda – 190 ml/l). Bu kislorodga
ehtiyoji yuqori bo’lgan go’dak organizmini yetarli miqdorda O
2
bilan
ta’minlashga qaratilgan muhim omil.
BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Yuqorida chaqaloq nafasi boshqaruv mexanizmlarining xususiyatlari
to’g’risida ancha ma’lumotlar keltirilgan. Ularga qo’shimcha qilib, qonda CO
2
miqdori ko’payishiga nafas markazining uncha sezgir emasligini ko’rsatish
mumkin. Shu sababli chaqaloqlarda nafas ba’zida ancha vaqtgacha to’xtab
qoladi. Apnoe deb ataladigan bu holat bolaning to’satdan o’lib qolishiga ham
sabab bo’lishi mumkin.


Bundan tashqari, chaqaloqlarning gipoksiyaga reaksiyasida ham farq bor.
Qonda kislorod miqdorining kamayishi o’pka ventilyatsiyasini 3-5 daqiqa
davomida kuchaytiradi. Keyin ventilyatsiya kamayadi va nafas to’xtaydi.
Demak, 
chaqloqlarda 
gipoksiyaga 
qarshi 
himoya 
reaksiyasi 
yaxshi
rivojlanmagan.
Chaqaloqlar nafas markazining faoliyati emish va yutish markazlari faoliyati
bilan chambarchas bog’langan. Emish vaqtida so’rish harakatlarining chastotasi
odatda nafas chastotasiga teng. Sutni yutish vaqtida yumshoq tanglay va
hiqildoq usti tog’ayi nafas yo’llarini tomoqdan ajratib turadi.
BOLALIK DAVRIDA NAFASNING XUSUSIYATLARI

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə