Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Arteial qon bosimining yoshga bog’liq holda o’zgarishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/52
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#182152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Arteial qon bosimining yoshga bog’liq holda o’zgarishi
(simob ustunining mm. da)
Yosh
Sistolik bosim
Diastolik bosim
Puls bosimi
1 kun
60
36
24
5 kun
72
40
32
10 kun
79
43
36
1 oy
83
44
39
5 oy
90
49
41
1 yosh
95
57
38
3 yosh
102
58
44
5 yosh
103
60
43
10 yosh
106
60
46
14-16 yosh
110
70
40
Katta yoshdagi
odam
120
80
40
Bolalarda puls bosimi yuqori bo’ladi. Katta yoshfagi odamlarda uning
miqdori diastolik bosimga nisbatan 60% dan ortmasa, bolalarda 80-85% ni
tashkil qiladi.
Chaqaloqlarda umuman arterial bosim uyg’un bo’lmay, ancha keng
chegarada o’zgarib turadi.
Bola o’sishi bilan qonning arterial bosimi ham ortadi. Birinchi ikki hafta
davomida bosim eng yuqori darajaga chiqib, bola bir yoshga to’lgunicha
sezilarli darajada ortib boraveradi. Keyingi yillar davomida bosimning ortishi
yana sekinlashadi.
Korotkov usulida maxsus (ensizroq) manjetalar yordamida o’lchangan real
sistolik bosimni hisoblangan lozim bo’lgan sistolik bosim miqdori bilan
solishtirish maqsadga muvofiq.
Bir yoshga to’lmagan bolalarda lozim bo’lgan sistolik bosimni quyidagi
formula yordamida topamiz: 76 + 2 x 0. Bu yerda 0 – bola tug’ilgandan keyin
o’tgan oylar soni. Bir yoshdan katta bo’lgan bolalarda esa sistolik bosim
100+ ½ x Yo formulasi bilan hisoblanadi (Yo – bolaning yoshi).
Diastolik bosim bola bir yoshdan 10 yoshga yetguncha simob ustunining 60
mm atrofida bo’lib, kam o’zgaradi. U o’smirlik va o’spirinlik davrlarida sezilarli


darajada ortadi. Bu davrlarda arterial qon bosimining individual ko’rsatkichlari
o’rtacha miqdordan ancha farq qilishi mumkin. Bu farq bolalarning jismoniy
rivojlanish darajasi, ularning bo’yi, tana massasi, ko’krak qafasining kengligi va
boshqa ko’rsatkichlarda ko’rinadi. Jinsga bog’liq farqni ham kuzatish mumkin.
Masalan, 5-9 yashar o’g’il bolalarda arterial bosim qiz bolalarnikidan balandroq.
U 9-12 yoshga borib qizlarda, keyin esa yana o’g’il bbolalarda ortadi.
Arterial qon bosimiga turli omillar ta’sir qiladi. Kun, fasl va iqlimga bog’liq
bosim o’zgarishlari qayd qilingan. Bosim kunning oxirida sal ortadi, qish va
bahorda esa yoz va kuzdagidan yuqorroq bo’ladi. Shimoliy xududlarda
yashovchi bolalarda arterial bosim janubda yashaydigan bolalardagidan
yuqoriroq bo’ladi.
Balog’atga yetish davrida arterial bosim ko’tariladi. Bu davrda yurak o’sishi
tomirlar kengayishidan jadalroq bo’lgani uchun bosim ortadi. Hissiy
zo’riqishlar, o’quv mashg’ulotlarining ko’pligi ham bunga sabab bo’ladi.
Kamharakatlik, aksincha, qon bosimining pasayishiga olib keladi.
Homila tug’ilishiga yaqin o’pka arteriyasi va aortada qonning bosimi deyarli
bir darajada va 55-70 mm. simob ustuniga teng. Bola tug’ilganidan keyin kichik
qon aylanish doirasi to’la ishga tushadi, o’pka qon tomirlarida qon oqimiga
bo’lgan qarshilik keskin kamayadi. Buning natijasida o’pka arteriyasidagi bosim
pasaya boshlaydi. Chaqaloqlik davrida u 50-60 mm simob ustuniga teng.
Emizikli bolalarda 15 mm. simob ustuniga kamayadi. Keyin o’pka arteriyasidagi
bosim sekin asta ortadi va bola 8-10 yoshga to’lganida katta odamlardagi
ko’rsatkichga (simob ustunining 25-30 mm ga) yetadi.
Tomirlardagi qon oqishiga bo’lgan qarshilik gemodinamikaning asosiy
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Katta qon aylanish doirasidagi gidrodinamik
qarshilik umumiy periferik qarshilik (UPQ) deyiladi. Uni quyidagi tenglama
ifodalaydi: P
a
UPQ =
Q
UPQ birligi sifatida olingan qarshilikda bosimlar farqi 1 mm simob ustuniga
teng bo’lgan sharoitda tomirlardan 1 sekundda 1 ml qon o’tishi kerak. Katta
yoshdagi odamda qonning minutlik hajmi 5 l, o’rtacha arterial bosim 95 mm
simob ustuniga teng. Bu sharoitda: 95 x 60 5700
UPQ = = = 1,14 birlikka teng.
5000 5000
Umumiy periferik qarshilik asosan rezistiv tomirlar kengligiga bog’liq.
Bolalar o’sishi jarayonida kichik arteriolalar va kapillyarlar soni ko’payadi,
UPQ kamayadi. Chaqaloqlarda UPQ 6 birlik atrofida, bir yashar bolalarda ikki
marta kamayadi, bola 5 yoshga to’lganida 2 birlikka yaqin bo’ladi, 14 yashar
o’smirlarda kattalardagi bilan tenglashadi.


Qarshilik kamayishi arterial bosim pasayishiga olib kelishi kerak edi. Ammo
o’sish vaqtida bosim ko’tariladi, chunki qonning minutlik hajmi keskin
ko’payadi. 14-16 yashar o’smirlarda qonning minutlik hajmi chaqaloqlarnikidan
10 marta ko’p, UPQ esa 5 marta kam. Demak, minutlik hajmning ko’payish
jadalligi UPQ ning kamayish jadalligidan ortiqcha bo’lishi o’sish jarayonida
arterial bosim ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Qon oqishiga bo’lgan qarshilikning arterial bosim miqdori uchun katta
ahamiyatga ega ekanligini solishtirma periferik qarshilikni (SPQ) hisoblash
ko’rsatadi. SPQ – bu tana massasining 1 kg ga yoki tana yuzasining 1 m
2
ga
nisbatan hisoblangan qarshilikdir.
Chaqaloqlar tana massasining 1 kg dagi tomirlar qarshiligi 21 birlikka teng,
katta yoshdagi odamlarda bu qarshilik 81 birlik deb olingan. Bolalarda arterial
bosim pastligiga qaramay, SPQ kam bo’lishi natijasida to’qimalardan nisbatan
ko’p miqdorda qon oqib o’tadi. O’sish jarayonida SPQ ortib boradi, qon
oqimining hajm tezligi kamayadi.
SPQ ning yoshga bog’liq holda ortishining sababi bir nechta. Birinchidan,
bunda rezistiv tomirlar uzunligi va buramaligi ortadi. Ikkinchidan, bu tomirlar
devorining cho’ziluvchanligi kamayadi. Uchinchidan, ulardagi silliq muskullar
tonusi ortadi.
O’sish jarayonida tomirlar ko’ndalang kesimining yuzasi ko’payadi va
ularning qon o’tkazish imkoniyati ortadi. Yirik arterial tomirlarning ko’ndalang
kesimi bola tug’ilganidan balog’atga yetguncha 4,5-6 marta ko’payadi.
O’sish jarayonida venalar ko’ndalang kesimining yig’indisi arteriyalarnikiga
nisbatan 3-5 marta ko’proq kattalashadi.
Turli a’zolar tomirlarining qon o’tkazish qobiliyati bir tekis ortmaydi.
Masalan, chaqaloqlarda bosh miya va jigar tomirlari orqali eng ko’p miqdorda
qon oqib o’tsa, bola o’sishi bilan skelet muskullarining qon bilan ta’minlanishi
ortadi, miya tomirlaridan oqadigan qon miqdori esa kamayadi.
Bolalarda qon minutlik hajmining nisbatan kattaligi, solishtirma periferik
qarshilikning kamligi, tananing kichikligi qon aylanib chiqish vaqti qisqa
bo’lishining sabablaridir. Bu vaqt chaqaloqlarda 12 sek. atrofida, 3 yashar
bolalarda – 15 sek., katta yoshdagi odamlarda – 22 sek.
Bolalarda tomirlar elastikligini xarakterlovchi – puls to’lqinining tarqalish
tezligi (PTTT) kichikroq. Bu tezlik 3 yashar bolalarda 4-5 m/sek bo’lsa, 11-13
yoshda – 6-8 m/sek gacha ortadi (kattalarda – 6-10 m/sek). Puls to’lqini
tarqalish tezligining yoshga bog’liq holda ortishi tomirlar devori elastikligining
kamayishidan dalolat beradi.
Bolalarda vena qon bosimi katta odamlardagi vena qon bosimidan yuqori.
Uning miqdori 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda suv ustunining 70-130 mm ni
tashkil qiladi. Bola 7-8 yoshga to’lganda venoz bosim sekin asta pasayadi va
katta odamdagi miqdorga (66-86 mm suv ustuniga) yetadi.
Ontogenezda gemodinamikaning boshqaruv mexanizmlarida ham sezilarli
o’zgarishlar kuzatiladi. Chaqaloqlik davridayoq simpatik nerv tizimining


tomirlarga tonik ta’siri borligi ko’rsatilgan. Bu ta’sir o’sish jarayonida
kuchayadi, natijada arterial bosim ortadi.
Karotid koptokchadagi baroretseptorlar bola tug’ilganida faol holda bo’lib,
MNT ga impulslar yuborib turadi. Ammo arterial bosim oshishiga javoban
depressor refleks yuzaga chiqmaydi. 7-8 oylik bolalar tik turadigan
bo’lganlarida adashgan nervlarning yurakka tonik ta’siri kuchayadi. Shundan
keyin depressor reflekslar shakllana boshlaydi.
Emizikli davrida karotid xemoretseptorlardan gipoksiya va giperkapniyaga
javoban yuzaga chiqadigan reflekslar hali qonuniy ravishda kuzatilmaydi.
Ba’zan gipoksiya arterial qon bosimi ko’tarilishiga olib kelmaydi, ba’zan esa
kuzatiladigan pressor reaksiyaning miqdori katta yoshdagi odamlardagidan
ko’proq bo’lishi mumkin. Karotid xemoretseptrolardan yuzaga chiqadigan
pressor refleks bola hayotining birinchi yili oxirida ancha uyg’unlashadi.
Bu vaqtga kelib tinch holatdan harakatlanishga o’tganda qon oqishni qayta
taqsimlovchi mexanizmlar ishga tushadi. Harakatda ishtirok etmaydigan a’zolar
(qorin bo’shlig’i a’zolari) tomirlaridan qon oqishi kamayadi. Ayni vaqtda skelet
muskullarining tomirlari kengayadi va ulardan oqib o’tadigan qon miqdori
ortadi. Bu mexanizmlarning takomillashishi bolalikning keyingi davrlarida
davom etadi. Serharakatlik, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish qonni
qayta taqsimlovchi mexanizmlar rivojlanishini tezlashtiradi.
Renin-angiotenzin tizimi arterial qon bosimi doimiyligini saqlashda muhim
rol o’ynaydi. Renin ta’sirida paydo bo’lgan angiotenzin II arteriolalar tonusini
oshiradi va katexolaminlarning tomirlarni toraytiruvchi samarasini kuchaytiradi.
Koptokchalarning qon olib keluvchi tomirida bosim pasayganida, reninning
qonga o’tishi tezlashadi. Bolalarda arterial bosimning umuman pastligi renin-
angiotenzin tizimining faolligi yuqori bo’lishiga olib keladi.
O’sish jarayonida yurak-qon tomir tizimi faoliyatini boshqaruvchi
neyrogumoral mexanizmlarning takomillashishi bu tizimning o’zgaruvchan
sharoitlarga moslashish imkoniyatlarini oshiradi, ularning ishonchli bo’lishini
ta’minlaydi.
BOLALARDAGI NAFAS TIZIMINING XUSUSIYATLARI
Nafas tizimida nafas yo’llari, o’pkaning fuksional birligi – atsinuslar, nafas
muskullari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar ajratiladi. Bularning hammasi
bola tug’ilganida nafas olishni ta’minlaydigan darajada rivojlangan bo’lsada,
postnatal ontogenezda sezilarli o’zgarishlarga uchraydi.
NAFAS YO’LLARI
Odatda yuqori, o’rta va pastki nafas yo’llari ajratiladi. Yuqori nafas
yo’llariga burun va tomoq kiradi. Chaqaloqning burni nisbatan kichik bo’ladi.
Ortqi burun yo’li yo’q. Yuqori va o’rta burun yo’llari kalta va tor (1 mm). Shu


sababdan bola burni orqali nafas olganda, havoning o’tishiga qarshilik yuqori
bo’ladi. Natijada nafas muskullari kuchliroq qisqaradi va yaxshiroq rivojlanadi.
Chaqaloqning og’iz orqali nafas olishi qiyin, chunki uning katta tili hiqildoq usti
tog’ayini orqaga surib, havo yo’lini to’sib qo’yadi. Go’dakning tomog’i
kichkina va tor.
O’rta havo yo’llari hiqildoq, kekirdak, bo’lak va segmentar bronxlardan
tashkil topgan. Chaqaloqning hiqildog’i voronkasimon shaklga ega. Unga kirish
yo’li katta odamdagiga nisbatan II umurtqa yuqorroq joylashganligi sababli bola
emayotgan vaqtda nafas olish yengillashadi. Ovoz yoriqlari tor va IV bo’yin
umurtqasiga to’g’ri keladi (katta odamda esa VI umurtqaga). Havo yo’lining bu
yerdagi ko’ndalang kesimini yuzasi 25 mm
2
ga teng. Uch yoshgacha bo’lgan
o’g’il va qiz bolalar hiqildog’ida farq bo’lmaydi. To’rt yoshdan boshlab o’g’il
bolalarda uning o’sishi tezlashadi, o’n yoshga borib erkaklardagi singari bo’ladi.
Ovoz yorig’i 6-7 yoshgacha torligicha qolaveradi. Kichik bolalarda kalta
bo’lgan ovoz boylamlari 12 yashar o’g’il bolalarda qiz bolalarnikidan
uzunlashadi. Hiqildoq shaklining o’zgarishi, ovoz boylamlarining uzunlashishi
natijasida o’smir o’g’il bolalarning ovozi yo’g’onlashadi.
Bola tug’ilganida uning kekirdagi to’la shakllangan bo’ladi. Ammo uning
yuqori uchi ham (IV bo’yin umurtqasi ro’parasida), bifurkatsiyasi ham yuqorroq
(III-IV 
ko’krak 
umurtqalari 
ro’parasida) 
joylashgan. 
Chaqaloqlarda
kekirdakning uzunligi 3,2-4 sm, ichki diametri esa 3,6-5 mm ga teng. Bola 10-
12 yoshga to’lganida kekirdakning uzunligi 6,5-9,0 sm gacha, kengligi esa 5,5-
6,2 mm gacha yetadi. Bola kekirdagining shilliq pardasida shilliq bezlar kam.
Kekirdak ayri holda ikki bo’lakka bo’linadi. O’ng bronx deyarli vertikal
yo’nalishda, uni kekirdakning davomi desa ham bo’ladi. Chap bronx kekirdak
bilan 140-145
0
li burchak hosil qiladi. U o’ng bronxdan uzunroq va torroq. Bir
yoshgacha bo’lgan bolalarning bronxlarida muskul va elastik tolalar yaxshi
rivojlanmagan. O’sish jarayonida bronxlar uzunlashadi va kengayadi. Ular bola
hayotining birinchi yilida tez o’sadi. Balog’atga yetish davrida bronxlarning
rivojlanishi yana tezlashadi va 12-13 yoshga borib ularning bo’yi ikki baravar
ortadi, bosimga bo’lgan qarshiligi ko’payadi.
Chap va o’ng asosiy bronxlar qonuniy ravishda o’nta segmentar bronxlarga
bo’linadi. Asosiy bronxlarning 8-10 marta bo’linishi natijasida diametri 1 mm
ga yaqin, devori tog’ay plastinkalarga ega bo’lgan kichik bronxlar hosil bo’ladi.
Bu bronxlarning shohlari esa o’pkaning ikkilamchi bo’lakchalarini hosil qiladi.
Ikkala o’pkada bunday bo’lakchalarning soni 1500-1600 tacha. Bo’lakchalar
ichida bronxning bo’linishi davom etadi va ulardan bronxiolalar kelib chiqadi.
Oxirgi bronxiolalar, o’z navbatida respirator bronxiolalarga bo’linadi. Respirator
bronxiolalar 2-8 shohga – alveolyar yo’lga bo’linib, alveolyar xaltachalar bilan
tugaydi. Respirator bronxiolalar, alveolyar yo’llar va alveolyar xaltachalar
atrofida bo’shlig’i ular bilan ulangan alveolalar joylashgan. Ko’rsatilgan
tuzilmalar o’pka parenximasini tashkil qiladi va gazlar almashinuvida ishtirok


etadi. Respirator bronxiolalardan yuqori bo’lgan bronxlar devori orqali gazlar
almashinuvi kuzatilmaydi, ular havo o’tkazuvchi yo’l vazifasini bajaradi.
O’PKA PARENXIMASI
Atsinuslar

o’pka respirator bo’limining morfo-funksional birligi
hisoblanadi. Atsinusni bitta oxirgi bronxiolaning barcha shohlari, alveolyar
yo’llar va alveolalar tashkil qiladi. Bitta atsinusda bitta oxirgi bronxiola, 14-16
respirator bronxiolalar, 1200-1500 alveolyar yo’llar, 2500-4500 alveolyar
xaltachalar va 14000-20000 alveolalar mavjud. Bitta o’pka parenximasini 15000
atsinus, 300-350 mln. alveola tashkil etadi.
Bola tug’ilganida uning o’pkasida bo’lak, segment, bo’lakchalar va atsinuslar
soni kattalarnikidan farq qilmaydi. Ammo alveolalarning rivojlanishi asosan
postnatal ontogenezga to’g’ri keladi. Chaqaloq o’pkasida hammasi bo’lib 20
mln. alveola uchraydi. 8 yashar bolalarda ularning soni katta odam o’pkasidagi
alveolalar soniga yaqinlashadi. Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki,
alveolalarning asosiy qismi bola tug’ilganidan keyin paydo bo’ladi. Alveolalar
sonining ko’payishi ko’krak qafasining kattalashishi bilan kechadi. Alohida
olingan har qaysi alveolaning hajmi ortadi. Chaqaloq o’pkasidagi alveolaning
diametri 50-70 mkm bo’lsa, 12 oylik bolada – 120 mkm ga, 7 yoshda to’lgan
bolada – 15 mkm ga yetadi. Kattalarda uning diametri 200-250 mkm.
O’sish jarayonida alveolalar bo’shlig’idagi havoni kapillyarlardagi havodan
ajratib turuvchi aerogematik to’siqning tuzilishi ham o’zgaradi va u borgan sari
yupqalashadi.
Asosan parenximatoz qismi kattalashishi hisobiga bola hayotining birinchi
uch oyi davomida o’pka massasi deyarli ikki marta (50 g dan 95 g gacha) ortadi.
Keyin o’pkaning o’sishi sekinlashadi. 8 yashar bola o’pkasining massasi
chaqaloq o’pkasining massasidan 8 marta, 12 yashar bolada – 10 marta,
kattalarda – 20 marta ko’p.
Chaqaloq 
o’pkasidagi 
atsinuslarning 
unsurlari 
yetarli 
darajada
differensiatsiyalashmagan. Bu jarayon bola hayotining birinchi ikki yiliga to’g’ri
keladi (o’pka rivojlanishining birinchi davri). 2 yoshdan 4 yoshgacha davom
etadigan ikkinchi davrda bronxlarning muskullari va bronxlar atrofidagi to’qima
tez rivojlanadi. 7 yoshgacha bo’lgan uchinchi davrda atsinuslar yetiladi va
kattalarnikidan deyarli farq qilmaydi. 7-12 yoshda (to’rtinchi davr) o’pkaning
barcha to’qimalari o’sadi.
KO’KRAK QAFASI VA NAFAS MUSKULLARI
Chaqaloq va emizikli bolalarning ko’krak qafasi konus shaklida bo’lib, uning
asosi uchidan ancha keng. Qovurg’alar umurtqalar bilan birikkanda hosil
bo’ladigan burchak 90
0
ga yaqin. Deyarli gorizontal joylashgan qovurg’alarning
nafas olish vaqtida ko’tarilishi cheklangan. Shu sababdan murg’ak bolalar


diafragma 
yordamida 
nafas 
oladilar. 
Ularda 
ko’krak 
qafasining
cho’ziluvchanligi yuqori.
Nafas olish muskullari bola tug’ilganida yetarli kuchga ega bo’ladi. Ular
qisqarganda ko’krak qafasida rivojlanadigan manfiy bosim miqdorining
yuqoriligi (80 sm suv ustuni) bundan dalolat beradi. Chaqaloq nafas
muskullarining yaxshi rivojlanishi homilalik davrida kuzatiladigan nafas
harakatlarining natijasidir. Bunday harakatlar nafas muskullaru uchun o’ziga xos
mashq vazifasini bajaradi.
Go’daklar o’pkasining kam cho’ziluvchanligi, nafas yo’llari torligi tufayli
havo harakatiga bo’lgan qarshilikning kattaligi, nafas muskullari ko’p ish
bajarishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Natijada bu muskullar tezroq rivojlanadi.
NAFASNI BOSHQARUVCHI MEXANIZMLAR
Dunyoga kelgan chaqaloqning ilk bor nafas olishi ham, jismoniy mehnat
qilayotgan odam nafasining tezlashishi ham, hayotdan o’tayotgan odamning
oxirgi nafas olishi ham, bir so’z bilan aytganda, nafasning barcha o’zgarishlari –
nafas markazi faoliyatiga bog’liq. Bu markazning tuzilishi ancha murakkab.
Uning hayotiy ahamiyatga ega qismi uzunchoq miyada joylashgan. Nafas
markazi juft tuzilma bo’lib, uzunchoq miyaning chap tomonidagi markaz
tananing shu tomonidagi nafas muskullari faoliyatini boshqaradi. Tananing o’ng
tomonidagi nafas muskullarini o’ng nafas markazi nazorat qiladi.
Har qaysi nafas markazini tashkil qiluvchi neyronlar nafas olishdan sal avval
va nafas olinganida qo’zg’aladigan – inspirator, hamda nafas chiqarilganida va
pauza davomida qo’zg’aladigan – ekspirator guruhlarga bo’linadi.
Inspirator neyronlar qo’zg’alganida ekspirator neyronlar faol holatga
o’tmaydi va aksincha. Bu neyronlar faoliyatida payvasta tormozlanish yaqqol
ko’zga tashlanadi. Inspirator markazni tashkil qiluvchi neyronlarning o’zi ham
bir-biriga shu tamoyilda ta’sir o’tkazadi. Faoliyati bir va qarama-qarshi bo’lgan
neyronlar halqa yo’llar yordamida bog’langan.
Varoliy ko’prigidagi ma’lum neyronlar inspirator va ekspirator markazlarga
bevosita ta’sir o’tkazadi va ular tartibli holda biri ikkinchisidan keyin
qo’zg’alib-tormozlanishni ta’minlaydi.
Uzunchoq miyaning nafas markazida shakllangan efferent impulslar pastga
tushuvchi yo’llar orqali diafragma nervini va qovurg’alararo nervlarni hosil
qiluvchi orqa miya motoneyronlariga yetib keladi. Bu motoneyronlar asosiy
nafas muskullari – diafragma va qovurg’alararo muskullar faoliyatini bevosita
boshqaradi.
Uzunchoq miyadagi nafas markazini tashkil qiluvchi neyronlar avtomatiyaga
ega. Ammo bu avtomatiya bir me’yorda va turg’un bo’lishi uchun neyronlarning
miya stvolidagi boshqa markazlar bilan aloqasi uzilmasligi kerak.
Nafas markazining ritmik ravishda faoliyat ko’rsatishi uchun to’rsimon
formatsiyadan keluvchi ta’sirlar katta ahamiyatga ega.


Miya stvolidagi nafas markazi tinch holatda nafasning yetarli darajada
bo’lishini ta’minlaydi. Ammo o’zgargan sharoitda nafasni organizmning
kislorodga bo’lgan ehtiyojiga moslashish, uni ixtiyoriy ravishda o’zgartirish
gipotalamus va po’stloq markazlarining vazifasi hisoblanadi.
Bola tug’ilganida nafas tizimining effektor qismi – orqa miyadagi nafas
muskullarini nervlovchi motoneyronlar, hamda uzunchoq miyadagi nafas
markazi o’z vazifasini bajarishga tayyor bo’ladi. MNT ning yuqoriroq
qismlarida joylashgan nafasga dahldor boshqaruv tuzilmalarining rivojlanib,
yetilishi bolalik davrida davom etadi.
CHAQALOQLIK DAVRIDA NAFASNING XUSUSIYATLARI

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə