117
bittadan barabani bor.
Mashina quyidagi
asosiy qismlardan iborat; yuklagich stol, qiya
ta’minlovchi transportyor (1), siqish barabanlari (2 va 3), titish barabanlari
(4 va 6), bosim beruvchi moslama (5) va chiqaruvchi transportyor (7).
Mashinada po‘stloqni yuvish uchun suv beradigan quvurlar tizimlari
tolani mashinadan ezuvchi pressga o‘tkazadigan mexanizm ham bor.
Po‘stloq qo‘yiladigan stol ivigan po‘stloqdan uzluksiz qatlam hosil qilish
uchun xizmat qiladi. Materialning ta’minlovchi transportyorga surilishini
osonlashtirish hamda suvning oshib tushishini ta’minlash maqsadida stol
transportyor tomonga gorizontal, qiya qilib ishlangan. Stol yuzasiga silliq
po‘lat tunuka qoplangan. Ta’minlovchi transportyor beshta blok ustida
o‘rnatilgan (har qaysi blokda ikkitadan yulduzcha bor), kalibrlangan, ikkita
parallel joylashgan SK—7—21 rusumli dumaloq bo‘g‘inli zanjirdan iborat.
Transportyorga tutgich montaj qilib o‘rnatilgan bo‘lib,
yon tomoniga
tunuka qoplangan. Ta’minlovchi transportyor zanjirida do‘ngliklar bo‘lib,
ular po‘stloqni olib yurishga va birinchi seksiya titish barabani zonasiga
kiritishga imkon beradi. Mashina birinchi va ikkinchi seksiyasining
materialni olib yuruvchi transportyorlari bir-birlariga o‘xshash bo‘lib,
pastki ponasimon va yuqorigi fason tasmalardan tuzilgan. Birinchi va
ikkinchi seksiyada pastki tasmalar uchtadan shkivlarga o‘rnatilgan. Blok
bo‘g‘inlari oralig‘iga birinchi seksiya transportyorining erkin aylanadigan
shkiv o‘rnatilgan. Ponasimop tasmali transportyorning yuqorigi
tarmog‘i po‘lat yo‘lakchaga tayanadi, pastki tarmog‘i mashinaning yon
tomonidan tituvchi baraban tagidan o‘tadi.
Mashinaning har qaysi
seksiyasidagi yuqorigi tansportyorning ishchi a’zosi ikkitadan shkivlarga
o‘rna tilgan uzluksiz tasmadan iborat. Birinchi va ikkinchi seksiyalarda
uzatilayotgan materialning yassilanishi, siqilishini ta’minlash uchun
yuqorigi transportyorlarning pastki tarmog‘i
richagli roliklar orqali
pastki transportyorning yuqorigi tarmog‘iga siqilib turadi. Yuqorigi
transportyorda ikkita yo‘naltiruvchi rolik bor. Birinchi va ikkinchi seksiya
transportyorlarining o‘qlari parallel joylashgan va bir-biriga nisbatan
300 mm siljitib o‘rnatilgan. Birinchi va ikkinchi seksiyalarning yuqori va
pastki transportyorlarining tezligi bir xil (16,20 yoki 24 m/sek).
ALT rusumli titish-yuvish mashinasi
Po‘stloq va poyadan maksimal va yuqori sifatli uzun tola olish
maqsadida hamda TMM—200—K, ALV titish-yuvish
mashina larining
po‘stloq ishlashdagi kamchiliklarni hisobga olingan holda yangi ALT
rusumli titish-yuvish mashinasi yaratildi. Bu mashina hozir deyarli hamma
118
kanop zavodlarida muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. ALT rusumli titish-
yuvish mashinasi ivib tayyor bo‘lgan, ho‘l yog‘ochligi ko‘p bo‘lgan kanop
po‘stlog‘i hamda poyasidan uzun tola ajratish uchun ishlatiladi. Mashina
ikkita ketma-ket joylashgan titish-yuvish seksiyalari, suv taq simlovchi
tizim va yuritmadan iborat. Mashinaning asosiy qismlari: ta’minlovchi
transportyor, egib sindiruvchi mexanizm, birin chi titish-yuvish seksiyasi,
birinchi seksiya bo‘ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, uzatib
turuvchi mexanizm, ikkinchi
titish-yuvish seksiyasi, ikkinchi seksiya
bo‘ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, mashinani suv bilan
ta’minlovchi quvur tizimi hamda mashinani harakatga keltiruvchi elektr
dviga tellardan iborat.
Dostları ilə paylaş: