3.5. POYA VA PO‘STLOQNI SARALASH
Turli uchastkalardan keltirilgan kanoppoya turlicha xususiyatli
bo‘ladi, chunki bir dalada, bir xil sharoitda o‘stirilgan kanoppoya rangi,
uzunligi va yo‘g‘onligi jihatidan har xil bo‘ladi. Bunga sa bab, kanop
o‘stirilgan dala hosildorligining har xilligi, bir tekis o‘g‘itlanmasligi
va sug‘orilmasligi, dalaning ayrim uchastkalaridagi o‘simliklarning
kasallanishidir. Bundan tashqari, hosil turli muddatlarda yig‘ilishi
natijasida birday pishib yetilmaydi. Bunday poyalar baravar qurimaydi.
Bularning hammasi poyalarning bir xil xususiyatli bo‘lmasligiga olib
keladi. SKO—2 rusumli navlarga ajratuvchi mashina poyani uzunligiga
qarab 3 guruhga ajratadi:
I guruh — 1,8 m dan uzun, II guruh — 1,2 m dan 1,8 m gacha va III
guruh — 1,2 m dan kalta poyalar. Kalta va chuvalgan poyalar to‘rtinchi
guruhga kiradi.
Hozirgi vaqtda, asosan, po‘stloq va poyalarni, katta bog‘lar yasash dan
oldin, g‘aramdan olish paytida bog‘ning tashqi ko‘ rinishi (rangi, yo‘g‘onligi,
uzunligi, zarpechak bilan zararlan ganligi va boshqalar) ga qarab xillash
105
usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul da bog‘ning ichidagi har xil sifatli poya yoki
po‘stloqlar ajralmay qoladi. Shuning uchun po‘stloqni navlarga ajratishda
bog‘larni yechib, bir xil rang va uzunlikdagi po‘stloqlarni tanlab xillash
usulini qo‘llash yaxshi natija beradi. Shunda olinadigan tolaning sifati
yaxshilanib, miqdori ham oshadi. Ilmiy kuzatishlar shu narsani ko‘rsatdiki,
saralashga ketgan hamma chiqimlar olinadigan foydalar orqali qoplanadi
va anchagina foyda keladi.
Quyida kanop ishlab chiqarish jarayonlari chizmasi keltiril gan.
3.6. QURUQ KANOPPOYADAN PO‘STLOG‘INI AJRATISH
Quruq kanoppoyadan po‘stlog‘ini ajratish ustidagi birinchi intilishlar
1930—1932-yillarda bo‘ldi, shu maqsadda N. N. Mishin TR—5 rusumli
ezish mashinasini yaratdi. Lekin o‘tkazilgan tajribalar bu mashinada
quruq poyadan sifatli po‘stloq olib bo‘l masligini ko‘rsatdi. Olingan
po‘stloq titilib, kesilib ketgani uchun undan tolasini ajratib olish ham
qiyin bo‘ldi.
SNIILV ilmiy xodimi V. A. Belix birinchi marta 1937-yili Tosh kent viloyat
Quyi Chirchiq rayonidagi Soldatskiy kanop zavodida quruq poyadan
po‘stlog‘ini ajratish ustida tajribalar o‘tkazib, yaxshi natijalarga erishdi.
Shundan so‘ng V. A. Belix yangi mashina yaratish ustida ko‘p yil ish
olib bordi. Natijada 1950-yili MT—100—K rusumli agregat yaratildi.
Bu agregatda tasmasimon, toza, kesilmagan po‘stloq olindi. Bunday
po‘stloqdan yuqori sifatli uzun tola olish mumkin. MT—100—K agregati
(3.3-rasm, a) uch asosiy qismdan: namlash apparati, ezish qismi va titish
qismidan iborat.
Shunday qilib, agregatda poya namlanadi, eziladi va titilib, po‘stlog‘i
yog‘ochlikdan ajratiladi. V. A. Belix sistemasidagi namlash apparati ezish
mashinasining o‘ng tomoniga 90° burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Namlash
apparatida poyaning po‘stloq qismi 35—40 % gacha namlanib, yog‘och
qismi esa quruq (8—9 %) qoladi.
Poya qismlarining bunday namlanishi po‘stloqqa zarar yetkaz may,
ezish vaqtida yog‘ochlikning yaxshi maydalanishiga, titish vaqtida
po‘stloq ichidan maydalangan yog‘ochlikni oson ajratib olishga imkon
beradi.
Namlash apparatida (3.3-rasm, b) ikkita (yuqorigi va pastki)
transportyor bo‘lib, ularning har qaysisi uchtadan parallel joylash gan
uzluksiz uchta zanjirdan iborat. Yuqorigi transportyor silliq, pastkisiga
esa 112 mm balandlikdagi qoziqlar payvandlab qo‘yil gan. Quruq poya
transportyorga qo‘lda berib turiladi. Poyalar avval ustki transportyorda,
so‘ngra pastki transportyorda aylanib, ezuv chi mashinaning stoliga
106
o‘tadi, har qaysi transportyor ustiga va o‘rta qismiga o‘rnatilgan quvurlar
tizimidan suv purkalib, poya ning po‘stloq qismini namlaydi.
Poya po‘stlog‘ining qalinligi past qismidan yuqori qismiga tomon
o‘zgarib borishini ko‘zda tutib, namlash jarayoni diffe rensiallashgan
usulda, ya’ni poyaning pastki qismi ko‘proq, o‘rta qismi kamroq, yuqori
qismi esa yanada kamroq namlanadigan qi lib olib boriladi. Shuning
uchun suv purkab turuvchi quvur lar ning uzunligi har xil uzunlikda
qilingan. Poyaning yo‘g‘on-in gichkaligiga qarab, transportyorning
tezligini o‘zgartirish mumkin (1,0; 1,38; 1,68 m /daq).
Agregatning ezish mashinasi poyaning yog‘ochligi bilan po‘stloqdagi
yopishqoqligini bo‘shatish, yog‘ochlikni maydalash va qisman uni
po‘stloqdan ajratish vazifasini bajaradi. Mashinada 11 juft vales bor.
Poyaning sifatiga qarab, muft valeslar sonini 6 dan 10 tagacha o‘z-
gartirish mumkin. Poyaning sifatli ezilishini ta’minlash uchun max sus
mexanizm yordamida poyaga tushadigan bosim moslab turi ladi. Ezish
qismida material 41,4 m/daq tezlik bilan harakatlanadi.
Agregatning titish mashinasida ezilib yopishqoqlikdan bo‘sha gan va
maydalangan yog‘ochlik po‘stloqdan ajratib tozalanadi.
Mashinaning asosiy qismlari: bir juft ta’minlovchi valeslar, titish
barabani, harakatlanuvchi kolosnikli panjara, yo‘naltiruvchi valik,
chiqaruvchi valeslar va transportyordan iborat.
Ta’minlovchi valeslarning diametri 158 mm bo‘lib, ustkisi mayda riflali,
pastkisi esa silliq. Titish barabanining diametri 600 mm, unda radial
joylashgan o‘nta urgich bor. Baraban tagida uni yoy shaklida qoplab
turuvchi panjarali transportyor joylashgan. Bu panjarani maxsus shina
orqali yuqoriga yoki pastga tushirib, urgich trayektoriyasi bilan panjara
orasidagi oraliqni 5 mm dan 25 mm gacha o‘zgartirish mumkin.
Titish mashinasining usti kojux bilan yopilgan bo‘lib, avtoblokirovka
moslamasi bilan ta’minlangan. Kojux ochilganda mashinaning yuritmasi
uziladi, titish qismidagi kojux yopiq bo‘lgandagina agregatni ishga
tushirish mumkin.
3.1-j a d v a l
MT—100—K agregati ezish valeslarining tasnifi
107
Ivitish
Poya va po‘stloqni biologik ivitish
(issiq va sovuq suvda)
(Titish-yuvish mashinasida ishlash)
(TMM–200–K, ALV, ALV–M, ALT)
Uzun, ho‘l tolani siqish
PO–50, POV–4
Uzun tolani quritish
SLG–210–L1
Uzun tolani yumshatish
MM–2, MM–50, PMG
Saralash va nam havoda
tutib turish
Tolali chiqindini boyitish
OMOT–50, MKB, AKB
Boyitilgan kalta tolani quritish
CLG–120–L1, CLG–140
Qisqa tolani ajratish
KPK–2
Qisqa tolani saralash va
nam havoda tutib turish
Presslab toy qilish va saqlash
RP–5U, PP–5U, GPV–1
108
Kanoppoya va po‘stloqdan tolani ajratib olish texnologik
jarayonining chizmasi
Kanoppoyani o‘rish
Ko‘kpoya
Zavodda qabul qilish va
g‘aramlarda saqlash
Ko‘kpoyani yanchish
Quruq poyadan
po‘stlog‘ini ajratish
Urug‘lik poya
Navlarga ajratish va
katta bog‘lam qilish
Ko‘k po‘stloq
Po‘stloqni katta bog‘-
lam qilib bog‘lash
Ivitish
Poya
Po‘stloq
Yuvish-titish mashinasida ishlash
Uzun tola
Ho‘l tolani siqish
Quritish
Yumshatish
Saralash va nam
havoda tutib turish
Chiqindini boyitish
Quritish
Qisqa tolani ajratish
Qisqa tolani saralash va
nam havoda tutib turish
Presslab toy qilish
va saqlash
Kanop fabrikasiga yuborish
Tolali chiqindi
109
Ezish qismidan chiqayotgan ezilgan poyalar dastasi titish qismining
ta’minlovchi valeslari orqali titish qismiga tushadi, unda katta tezlik bilan
harakatlanayotgan baraban urgichlari ta’sirida titiladi va yog‘ochlikdan
tozalanadi. Po‘stloq dastasini urgichlar bilan kolosnik panjaraga tashlaydi,
panjara esa chiqaruvchi valeslar tomonga harakatlantiradi. Ajralgan
yog‘ochlik panjara tirqishlaridan mashina tagiga tushadi. Tozalangan
po‘stloq chiqaruvchi transportyor orqali tashqariga chiqadi. Titish
barabanini 160, 190, 220 va 250 ayl/daq tezlik bilan aylantirish mumkin.
Chiqarish transportyorining tezligi esa doimiy bo‘lib, 43 m/daq ga teng.
Agregat 11 kVt li bitta elektr dvigateldan harakatlanadi. Agre gatning
bir smenada o‘tkazuvchanligi o‘rta hisobda 8 t ga teng. Agregatning
gabarit o‘lchamlari: uzunligi — 8,2 m, eni — 6 m, balandligi — 1,65 m.
Massasi — 8,5 t.
Ma’lumki, xo‘jaliklar kanop hosilining ko‘p qismini ko‘k po‘stloq tarzida,
urug‘lik poya va qisman ko‘kpoyalar esa poya tariqasida zavodlarga
topshirmoqda. Zavodlarda poya po‘stloqlar hozircha ivitish hovuzlarida
sovuq suvda ivitilib ishlanayotganligi uchun quruq poyadan po‘stlog‘ini
ajratadigan MT—100—K agre gati zavodlarda kam qo‘llanilmoqda.
So‘nggi yillarda kanop zavodlari mexanizatsiyalashtirilgan, yil bo‘yi
ishlaydigan zavodlarga aylanayotganligi munosabati bilan quruq poyalar
ham po‘stlog‘i ajratilgan holda ishlanishi kerak. Shuning uchun MT—
100—K agregati quruq poyalar po‘stlog‘ini ajratishga mo‘ljallanmog‘i
lozim.
Dostları ilə paylaş: |