103
Poyalarni g‘aramlashda bir qavati bo‘yiga qo‘yilib, keyingisi eniga qarab
qo‘yiladi. Poyalarning qo‘yilish qalinligi g‘aramning hamma joyida bir
xil bo‘lishi kerak. Shundagina g‘aram buzilib ketmaydi, ichiga yomg‘ir
suvlari o‘tmaydi.
Namligi yuqori bo‘lgan xomashyoni g‘aramga qo‘yish
mumkin
emas. Kanoppoyani g‘aramlashda uzunligiga qarab 3—4 bo‘lakka
bo‘lib, bo‘laklarni
bir-biriga zichlab, ayrim-ayrim ko‘tarib chiqiladi.
Shunday qilinsa, g‘aramni birdan ochmay, qisman ochish yoki buzilgan
xomashyoni ajratib olish imkoni bo‘ladi.
G‘aram qilinayotgan paytda yomg‘ir yog‘ib qolsa, tugatilmagan
g‘aramning ustiga brezent yopish kerak. Xomashyoni g‘aramga joylash
zichligi uning namligiga bog‘liq. Poya quruq (namligi 20 % gacha)
bo‘lsa, bog‘lar g‘aramga zich qilib ketma-ket teriladi, poyalar namroq
(namligi 20—25 %) bo‘lsa, bog‘larning
orasi zichlanmay, ochiqroq
qilib teriladi, namlik 25—30 % bo‘lsa, zichlanmay ikkita tasmali usulda
joylashtiriladi. Bundan tashqari g‘aramning uzunasiga va ko‘ndalangiga
bir necha joyidan shamol kirib turadigan kvadrat (50½50 sm) tuynuklar
qo‘yiladi. Bunday tuynuklar poyaning namligi 20 % dan oshiq bo‘lganda
yasaladi.
Yog‘ingarchilik paytida g‘aram devorlariga suv tegmasligi uchun ikki
yon tomonining yuqori qismi pastki qismiga qaraganda kengroq, tepa
qismi tikroq (qiyalik burchagi gorizontga nisbatan po‘stloqni brezent
bilan yopishda taxminan 60, poya g‘aramini yopishda esa 45—50)
3.2-rasm. Birlamchi va ikkilamchi tolalar tutamining ko‘rinishi:
a — kanoppoyaning bo‘ylama kesimida tolalarning joylashish chizmasi:
1 — birlamchi tola; 2, 3, 4, 5 va 6 — ikkilamchi tolalar.
b — kanoppoya tag qismining ko‘ndalang ke simida tolalarning joylashish chizmasi:
1 — epidermis kutikula bilan birga likda; 2 — assimilatsiya parenximasi; 3 — po‘stoq
parenximasi; 4 — birlamchi tola tutami;
5 — ikkilamchi tola tutami; 6 — kambiy; 7 — yog‘ochlik.
1
2
1
2
3
4
5
6
7
1
4
3
5
a
)
b
)
104
qilinadi. Ko‘k po‘stloq g‘aram ustiga IV nav poyalar yopiladi. Ko‘k po‘stloq
g‘aramlarining hammasi 1, 2 va 3-kategoriyali brezent bilan yopiladi.
Brezent po‘stloqni yom g‘irdan yaxshi saqlaydi, uni ochib-yopish ancha
oson. Yuqori navli poyalar g‘aramining ustiga kam brezent yopish ancha
yaxshi natija beradi. Har qaysi g‘aramga raqam qo‘yiladi, yoniga faner
taxtacha o‘rnatib, xomashyoning g‘aramlangan vaqti, massasi, navi,
namligi hamda joylovchi brigadirning familiyasi yozib qo‘yiladi.
G‘aramdagi xomashyo og‘irligini hajmi va hajmiy massasiga qarab,
quyidagi formula bilan taxminan aniqlash mumkin:
(3.1)
bu yerda: q – hajmiy og‘irligi, g/m
3
;
V
g‘aram
— g‘aramning hajmi.
Xomashyoning hajmiy og‘irligi uning
saqlanish balandligiga
hamda muddatiga bog‘liq. Baland qilib
saqlanganda pastki qismlari
yuqoridagilarning og‘irligi bilan bosiladi, 1 m dagi xomashyoning og‘irligi
massasi (kg) taxminan quyidagicha bo‘ladi: (kg/m).
Dostları ilə paylaş: