98
hayoti uchun kerakli sharoitlarni tar tibga solish vazifasini bajaradi.
Po‘st to‘qimaning tashqi bir qavati po‘st pardasidan iborat bo‘lib,
u suv o‘tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan. Bu
modda kutikula (1) deb ataladi. Po‘st pardasi va epidermisda teshikchalar
(ustida) bo‘lib, ular orqali tashqi mu hitdan ichkariga namlik va havo
kirib turadi. Po‘st pardasining pastki qismida ikki-uch qavatli zanjirsimon
epidermis (2) hu jayralari joylashgan. Epidermis hujayralarda sellulozali
pardalar bo‘ladi.
Epidermisning pastki qismida ikki-uch qavatli yupqa hujay ralardan
iborat assimilatsion parenxima joylashadi.
Assimilatsion parenxima
hujayralarida po‘stga rang beruvchi donlari bor.
Poya po‘st to‘qimasi tagida poyani egilishga qarshi mustahkam va
pishiq qiladigan uch qavat mexanikaviy to‘qima – kollenxima qatlami
joylashgan. Kollenxima hujayralarida ham har xil qalin likda selluloza
pardalari bor.
Undan keyingi to‘qima po‘stloq parenximasi (4) bo‘lib, u bir-biridan
ajralgan, devori yupqa katta hujayralardan iborat. Hujayralararo
bo‘shliqda zaxira oziqlanish moddalari (kraxmal, qand va h. k.) bo‘ladi.
Bu «jonli» to‘qima karbonat angidridni singdirish vazifasini bajaradi.
Parenxima faqat po‘stloq to‘qimasida bo‘lmay,
poyaning boshqa
qatlamlaridagi hamma to‘qimalar orasidagi bo‘shliqlarni ham to‘ldirib
turadi. Po‘stloq parenximasidan so‘ng birlamchi hosil qiluvchi to‘qima
— peritsikl joylashgan. Bu to‘qima bitta yoki bir nechta qator
yupqa
devorli po‘stloq – parenxima hujayrasi va qalin devorli, bo‘yiga cho‘zilgan
sellulozali hujayra — birlamchi po‘stloq tolasi (6) dan iborat. Birlamchi
po‘stloq tolasi paren ximalar bilan ajratilgan bir necha bo‘lak-bo‘lak
halqalar shaklida tutam hosil qilib joylashadi.
Peritsikl halqasidan so‘ng poyaning muhim to‘qimasi — floema
joylashgan. Floema poyaning barglarida ishlangan ozuqa mod dalarni
pastga harakatlantirish uchun devorida teshiklari bo‘lgan turli naychadan;
tuzilishi bilan birlamchi tolani eslatuvchi kuch sizroq o‘sgan, yupqa
pardali qatlam, tola tutamlari shaklidagi ikki lamchi po‘stloq tolasi (7)
dan; po‘stloq parenximasi (8) dan iborat.
Po‘st, mexanikaviy to‘qimalar, ko‘p qavatli parenximalar qatlami va
undagi tola tutamlari birgalikda poya po‘stlog‘ini tashkil etadi.
Poyaning ichki qismi yog‘ochsimon mayda hujayrali mo‘rt to‘ qi-
ma hamda qalin devorli, cho‘zilgan, yog‘ochlashgan hujayra – poya
konstruksiyasining uzunasiga pishiqlik va mustahkamlik beradigan
yog‘ochlik tolasidan iborat. Bu to‘qima yog‘ochlik deb ataladi.
Poya po‘stlog‘ining ichki qismidagi nozik va shilliq kambiy (10)
hujayralar qatlamini yog‘ochlik (11) dan ajratib turadi. O‘simlik
o‘sish davrida kambiy to‘qimasi hujayralarining bo‘linishi
natijasida
99
poya yo‘g‘onlashadi. Kambiy qatlami po‘stloq bilan poyaning ichki
qismi o‘rtasida chegara hosil qiladi. Shu chegara bo‘yicha po‘stloqni
yog‘ochlikdan osongina ajratish mumkin.
O‘simlik o‘sish davrida kambiy to‘qimasi hujayralarining bo‘linishi
natijasida poya yo‘g‘onlashadi, ya’ni kambiy hisobiga ikkilamchi tola
qatlamlari hamda yog‘ochlik hujayralari ko‘payadi.
Yog‘ochlik quyidagilardan iborat: 1)
poyaning ildizidan ozuqali
sharbat va suvni yuqoriga harakatlantiruvchi suv yo‘llari (12) dan; 2) qalin
devorli, cho‘zilgan, yog‘ochlashgan hujayrali, poya konstruksiyasining
uzunasiga pishiqlik va mustahkamlik beradigan yog‘ochlik tolasidan; 3)
yog‘ochlik parenximasidan.
Poyaning oxirgi qatlam to‘qimasi o‘zak (13) deb ataladi. O‘zak
poyaning markaziy qismini egallagan katta yupqa devorli paren ximali
hujayralardan iborat.
Hujayralarning baquvvatligi poyaning uzunligi bo‘yicha har xil
bo‘ladi. Past qismida yog‘ochlik va o‘zagi kuchli o‘sgan, uch qismida
esa aksincha.
Birlamchi tola poyaning taxminan o‘rta qismida bir qancha baquvvat,
ikkilamchi tola esa past qismida baquvvat bo‘ladi
To‘qimachilik sanoati uchun birlamchi va ikkilamchi po‘stloq tolasi
tolali material bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: