96
ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston iqlimi kanop tolasi va urug‘ining pishib yeti lishi
uchun juda qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun O‘zbekistonda,
ayniqsa, Toshkent viloyatida kanop ekish
maydonlari va hosildorligi
yildan yilga oshib bormoqda.
Kanop o‘simligining tuzilishi
Kanoppoya bir-biri bilan yondosh turgan alohida hujayralardan
ibo rat bo‘lgan murakkab tuzilishli o‘simlik. Har qaysi shunday to‘ qima
hujayralarida yupqa qobiq bo‘lib, u yosh hujayralarda protoplazma, katta
yoshli hujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli hujayralar uchraydi. Shunga
qaramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Parenximali hujayralar — uch tomonga (uzunligiga,
eniga va
yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2. Prozenximali hujayralar — uchi nayzalashgan, dukka o‘xshash
cho‘zilgan hujayralar.
Hujayralarning kattaligi katta diapozonda: mikrondan bo‘la digan bir
qancha santimetrgacha o‘zgaradi.
Yosh hujayralar qattiq qobiqdan tuzilib, massasida mag‘izi (yadro)
bo‘lgan protoplazma bakdan to‘lgan bo‘ladi. Hujayralar o‘sishi
bilan
protoplazmada hujayra sharbati bo‘lgan bo‘shliq paydo bo‘ladi. U asta-
sekin ko‘payib, protoplazmani hujayra devoriga siqib chiqaradi. Katta
yoshli hujayralarda protoplazma hujayra ichki devorini qoplovchi yupqa
pardalarni tashkil qiladi. Ba’zi hollarda hujayralar o‘zlarining tarkibiy
qismlarini yo‘qotib, ularning o‘rni havo bilan to‘ladi. Bunday hujayralarda
hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi — ular o‘lik hujayralardir.
Hujayralar bo‘linishi orqali ko‘payadi. Oldin mag‘izi (yadrosi) bo‘linadi,
undan keyin o‘rta devor hosil bo‘ladi va ikkita hujayraga bo‘linib
o‘sadi hamda yana bo‘linadi va h. k. Ikki yangi bo‘lingan
hujayrani
birlashtiruvchi o‘rta devor o‘rta plastinka deb ataladi. O‘simlik hujayrasida
asosan sellulozadan iborat qattiq qobiq (obolochka) bor. Qobiq o‘sish
qobiliyatiga ega. Kanoppoya ikki yo‘l bilan: protoplazmadan yangi
selluloza qatlamining ajrali shi hisobiga va eski bo‘lakchalari o‘rtasida
selluloza bo‘laklar ning hosil bo‘lishi — (hujayralarning uzunasiga o‘sishi)
hisobiga o‘sadi.
Hujayralarning bo‘linishi orqali ularning soni ko‘payadi
va buning
hisobiga o‘simlik o‘sadi.
Yosh hujayralarning qobig‘i sellulozadan tuzilgan bo‘lishiga qaramay,
o‘simlikning o‘sish jarayonida uning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi mumkin.
97
Bu o‘zgarishning bir ko‘rinishi hujayralarning qobig‘iga legnin moddasi
singishi natijasida to‘qimaga qattiqlik va mo‘rtlik beruvchi qobiqning
yog‘ochlanishidir. Hujayralarga legnindan tashqari boshqa moddalar
— pektin va shunga o‘xshash moddalar ham singishi mumkin. Mahkam
birlashgan yosh o‘simlik hujayralari vaqt o‘tishi bilan ayrim yopishgan
joylaridan bo‘shab ketishi natijasida hujayralar orasida bo‘shliq
hosil
bo‘lishi mumkin.
O‘simlikdagi har xil hujayralar ma’lum funksiyalarni bajaradi.
Tuzilishi joylashishi va funksiyasi bir xil bo‘lgan hujayralar guruhi
anatomik to‘qima deb ataladi. Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi
to‘qimadan paydo bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimalar
birlamchi va
ikkilamchi to‘qimaga bo‘linadi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar poyaning uchi va ildizida, ya’ni
o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi
to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar
birlamchi hosil qiluvchi
to‘qimalardan kelib chiqib, o‘z
navbatida, ikkilamchi to‘qima deb
ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega. Ikkilamchi hosil
qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar yordamida o‘simlik bo‘yiga
o‘sadi, ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar tufayli esa eniga o‘sadi
(yo‘g‘onlashadi).
Dostları ilə paylaş: