89
Bundan keyin pillalar kalibrlanadi (ma’lum o‘lchovli pillalar saralanadi)
va navlarga ajratiladi. Pillalar katta-kichikligiga qarab, uch xilga ajratiladi.
Partiyadagi pillalar bir jinsli bo‘lishiga qaramay ularning o‘lchovlari va
pardalarining zichligi, shu bilan birga, har bir pilladagi ipakning ingichkaligi
ham har xil bo‘ladi. Ma’lumki, o‘lchovlari va pardalarining zichligi turlicha
bo‘lgan pillalar bundan keyingi operatsiyalarda
ish rejimining har xil
bo‘lishini talab etadi.
2.5. PILLALARNI KALIBRLASH
Bu jarayon maxsus kalibrlash mashinasida bajarilib, bu mashina qiya
o‘rnatilgan va sekin aylanib turadigan barabandan iborat. Barabanning
yon sirti uzinasi bo‘ylab uch seksiyaga bo‘lingan bo‘lib, ularga ma’lum
oraliq-tirqishli plankalar yoki trubalar o‘rna tilgan. Birinchi seksiyadagi
oraliq 16 mm ga, ikkinchi seksiyadagi oraliq 19 mm
ga va uchinchi
seksiyadagi oraliq esa 22 mm ga teng. Hamma pillalar birinchi seksiyaga
beriladi. Bu yerda eng kichik pillalar 16 mm li oraliqdan tushib qoladi,
ikkinchi seksiyada esa eng katta o‘lchovli pillalar ajraladi. Juda katta
o‘lchovli va qo‘sha loq pillalar esa barabanning
ikki ochiq tomonidan
pastga tushadi.
Kalibrlangan pillalar qo‘lda navlarga ajratiladi. Har bir kalibr dagi
(o‘lchovdagi) pilla alohida-alohida navlarga ajratiladi. Bu ish O‘zbekiston
2.7-rasm. Ipak ajratadigan bezlar:
a — juft ipak ajratadigan bez; b — bez kanalining ko‘ndalang kesimi;
d — bez ajralishining ko‘ndalang kesimi; e — bez kletkasining tuzilishi.
3
2
1
b)
4
e)
3
3
3
d)
a)
VP
P
FO
90
ipakchilik sanoati ilmiy tekshirish instituti (O‘zNIISHP) tomonidan ixtiro
qilingan saralash stolida baja riladi. Bu stol ostidan yoritilib turuvchi xira
oynadan iborat. Pilla tashqi ko‘rinishlariga
hamda pilla pardalarining
holatiga qarab navlarga ajratiladi. Pillalar zich, o‘rtacha zichlik va kam
zich likdagi xillarga ajratiladi, pardasida har xil nuqsonlari bo‘ladi. Bundan
tashqari, brak pillalar ham ajralib turadi.
2.8-rasmda pilla tozalash mashinasi CHK—1 tasvirlangan. Mashina
bunkerida joylashtirilgan pilla aylanayotgan shpindelga tushadi va o‘ziga
pilla yuza qatlamidagi ustki qobiq tolalarini hamda mayda xas-cho‘plarni
o‘raydi. Tozalangan pilla esa yo‘naltiruvchi moslama (9, 10) lar orqali pilla
yig‘ish idishiga tushadi.
Dostları ilə paylaş: