68
institutiga aspiranturasiga o’qishga kiradi. 1955-yildan O’zbekiston Fanlar
akademiyasini Tarix muzeyida ishni boshlab, 1956-68-yillarda O’zbekiston FA
Tarix va arxeologiya
institutining ilmiy xodimi, 1968-70-yillarda shu institutning
ilmiy xodimi vazifasida ishlaydi.
1970-yildan boshlab O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida mustaqil
Arxeologiya
institutini
tashkil
etilishi
munosabati
bilan
Abdulah’at
Rah’imjonovich Muh’ammadjonov ham Toshkentdan Samarqandga ko’chib keladi
va Arxeologiya institutining «O’bekistonning sug’orilishi tarixi» sektorining
mudiri vazifasida ishlash bilan birga Buxoro vohasi
arxeologik yodgorliklari, shu
jumladan sug’orish inshootlarini, irrigatsiya sistemasini o’rganish bilan
shug’ullanadi. Buxoro vohasida olib borgan arxeologik va etnologik izlanishlari
natijasi o’laroq «Quyi Zarafshon vohasining sug’orilishi tarixi (qadim zamonlardan
to XX asrning boshlarigacha)» mavzusiga bag’ishlangan
yirik ilmiy ish doktorlik
dissertatsiyasini yozib tugallaydi va muvaffaqiyatli himoya qiladi.
A.R.Muh’ammadjonov ko’p yillik samarali ijodi davomida O’rta Osiyo
tarixini chuqur va mukammal o’rganar ekan, sharqshunos sifatida juda ko’plab
manbalarni, atamalarni topishga va undan juda ham unumli foydalanish
imkoniyatlarini qidiradi. O’zining ustozi Ya.G’.G’ulomov izidan borib, juda
ko’plab irrigatsiya inshootlaridan qanday foydalanganliklarini
bilish uchun
etnografik ma’lumotlardan unumli foydalanishga harakat qiladi va bizningcha buning
natijalari ancha muvaffaqiyatli chiqqan.
Domlaning to’plagan tajribasini uning juda ham ko’plab shogirdlari davom
ettirmoqdalar va uning ilmiy salohiyatini uning akademik degan unvoni yaqqol
dalil bo’lib turibdi.
Dostları ilə paylaş: