109
monand tamoyillarini o’rtaga tashladi va kechayotgan
jarayonlar mohiyatini
ochib berdi.
Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida, eng avvalo,
iqtisodiyotda ro’y bergan o’zgarishlar O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini
shakllantirishga qaratilgan tub
islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil, har
tomonlama o’ylangan yondashuv, ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilgan
kontseptsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini ko’rsatdi.
Mamlakatda mavjud imkoniyatlardan
ratsional foydalanib, taraqqiyot
ehtiyojlariga to’la javob beradigan islohotni amalga oshirish quyidagi masalalarni
hal etish imkonini berdi.
Birinchidan,
o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me’yoriy-huquqiy
bazasi yaratildi. Qabul qilingan yangi qonunlar hozirgi kunda bozor
iqtisodiyotining me’yor va tamoyillariga muvofiq keladigan
shart-sharoitlarni
shakllantirmoqda. Iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulk huquqining mustahkam
yuridik himoyasini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotning turli sohalarida bozor
mexanizmlarining samarali ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: