Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

shundan hayvon oqsili 
2,2 
2,5 
2,3 
38 
44 
45 
Yog‘lar (g) 
6,5 
(0,7) 
6,0 
(0,7) 
5,5 
(0,7) 
55 
68 
67 
Uglevodlar (g) 
13 
13 
13 
218 
272 
285 
Mineral moddalr (mg): 
Kalsiy 
400 
500 
600 
800 
900 
1000 
Fosfor 
300 
400 
500 
800 
1350 
1500 
Magniy 
55 
60 
70 
150 
200 
250 
Temir 


10 
10 
10 
12 
Rux 





10 
Yod 
0,04 
0,04 
0,05 
0,06 
0,07 
0,08 
Vitaminlar: 
C (mg) 
30 
35 
40 
45 
50 
60 
A (mkg) ret.ekv. 
400 
400 
400 
450 
500 
500 
E (mg) tok. ekv. 





10 
D (mkg) 
10 
10 
10 
10 
2,5 
2,5 
B
1
 (mg) 
0,3 
0,4 
0,5 
0,8 
0,9 
1,0 
B
2
 (mg) 
0,4 
0,5 
0,6 
0,9 
1,0 
1,2 
B
6
 (mg) 
0,4 
0,5 
0,6 
0,9 
1,3 
1,3 
PP (mg) niats. ekv. 



10 
11 
13 
Folat (mkg) 
40 
40 
60 
100 
200 
200 
B
12
 (mkg) 
0,3 
0,4 
0,5 
1,0 
1,5 
1,5 


47 
*
1 yoshdagi bolalarning energiya, oqsil, yog‘ va uglevodlarga bo‘lgan talabi har bir 
kg tana massasiga g hisobida berilgan. Qavs ichida linolat kislotaga bo‘lgan talab tana 
massasiga nisbatan g hisobida berilgan.
Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarning oqsilga bo‘lgan talabi keltirilgan. 
Uning biologik qiymati (80% dan kam hollarda) ko‘rsatilgan miqdordan 20-25% 
gacha oshirilishi mumkin. 
A vitaminga bo‘lgan talab mkg retinol-ekvivalentda (RE) ifodalangan. 1 
mkg RE=1 mkg retinol yoki 6 mkg beta-karotin. 
E vitaminga bo‘lgan talab mg tokoferol-ekvivalentda (TE) ifodalangan. 1 
mg TE=1 mg alfa-tokoferol. 
D vitaminga bo‘lgan talab mkg xolekalsiferolda (XKF) ifodalangan. 10 mg 
XKF=400 E vit. D. 
Niatsinga bo‘lgan talab niatsin - ekvivalentda (NE) ifodalangan. 1 NE=1 mg 
niatsin yoki 60 mg triptofan.
Turli aholi guruhlarining oqilona ovqatlanishini o‘rganish hozirgi kunning 
dolzarb muammolaridan biriga aylanib qolganligi barchaga ma'lum. Bu haqida 
ko‘p joylarda gapiriladi va hozir ham bu muammo xususida qator mamlakatlar va 
Respublikamizda ancha ishlar qilinmoqda. Ammo bu muammoning yechilishi bir 
qancha sabablar tufayli keyinga surilmoqda. Chunonchi, ovqatlanish muammosi 
bog‘cha bolalarida ham uchrashi aniqlandi (44, 45). 
Bolalar bog‘chalarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, ya’ni ular 
organizmini zarur oziq moddalar va vitaminlar bilan miqdor va sifat nuqtai 
nazardan o‘suvchi organizm talablariga mos holda ta’minlash, ular normal o‘sib, 
rivojlanishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ovqat tarkibi xilma-xil, yaxshi 
tayorlangan va bola organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarga boy 
bo‘lishi lozim. Shuningdek ovqatlanish tartibi to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi talab 
qilinadi.
Bolalar ovqatlanishini tashkil etilishi malakali mutaxassis hamshiralar 
tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarga e'tibor beriladi: 


48 
1.
Bog‘chaga keltiriladigan oziq mahsulotlar sifati. Ularni saqlash sharoiti va 
realizatsiyalash muddati. 
2.
Menyularni tuzish. Ovqatning fiziologik to‘la qimmatligi. 
3.
Oziq mahsulotlarining ovqat tayyorlashda to‘g‘ri ishlatilishi. 
4.
Ovqat tayyorlash texnologiyasining to‘g‘riligi. 
5.
Tayyorlangan ovqtning sifatliligi, uni bolalar yoshiga ko‘ra to‘g‘ri 
berilishi. 
6.
Turli yosh guruhlari uchun ovqatning tarkibini tahlil qilinishi (jadvallar 
asosida hisob-kitob qilish usuli bilan). 
7.
Tasdiqlangan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha ulardan foydalanilishini kunlik 
nazorat qilib borilishi. 
8.
Ovqatlanish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib borilishi 
Muassasaning ovqatlanish kengashida tegishli masalalarni ko‘rib 
chiqilishi. 
9.
Ota-onalar bilan uyda ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ish olib 
borilishi.
Bog‘cha tarbiyachilari bolalarning oqilona ovqatlanishi asoslarini yaxshi 
bilishlari va ular ovqatlanishini nazorat qilish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. 
Ma'lumki, bog‘chalarda bolalar ovqatlanishini tashkil etishda ko‘p 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Aniqlanishicha, eng ko‘p uchraydigan xatolardan 
biri - ratsionda hayvon oqsillari, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar 
miqdorining kamligidir. Bunga menyu uchun mahsulotlarni noto‘g‘ri tanlash va 
ularning tarkibini bilmaslik asosiy sabab bo‘ladi. Ko‘pincha oziq mahsulotlarning 
narxi ularning biologik qiymatiga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Masalan, 
ovqatlanish ratsionlarida arzon, lekin yuqori biologik qiymatga ega mahsulotlar 
(jigar, buyrak, tvorog, loviya, no‘xat, bo‘g‘doy yormasi va boshqalar) kam 
ishlatiladi. Yog‘lardan ko‘p hollarda noto‘g‘ri foydalaniladi, ishlatilayotgan 
o‘simlik moylari natural holda deyarli iste’mol qilinmaydi, ularning xilma-xilligiga 
e'tibor berilmaydi (ko‘p hollarda faqat paxta moyi ishlatiladi). Meva, sabzavot va 


49 
poliz mahsulotlari ratsionlarda kam uchraydi. Bularning natijasida ovqat tarkibida 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, mineral 
moddalar, mikroelementlar va tabiiy vitaminlar kamayib ketadi.
Bolalar bog‘chalarida ovqatlanishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan 
xatolardan yana biri - ovqatni tayyorlashda yosh guruhlariga ko‘ra differensial 
yondashuvning mavjud emasligi. Kichik va katta yoshdagi borlalar ovqatidagi 
mahsulotlar miqdori bir xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Bunday holat 
ovqatning har xil yoshdagi bolalarda oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik talabiga 
mos kelmasligiga olib keladi. Natijada kichik yoshdagi bolalar oziq moddalarni, 
masalan oqsillarni, o‘zlarining fiziologik talablariga ko‘ra ko‘p, katta yoshdagilari 
esa kam qabul qilishadi. Sanepidstansiyalari laboratoriyalari tomonidan olib 
borilgan laboratoriya tekshirishlari ko‘rsatishicha, ko‘p hollarda ovqat kaloriyasida 
chetga chiqishlar (oshib ketishi, yoki kamayib ketishi) o‘rin oladi. Shunga ko‘ra, 
bolalar ovqatida ishlatilayotgan mahsulotlarning umumiy o‘rtacha miqdorini 
hisoblashga asoslangan va odatda qabul qilingan tahlil qilish usuli bilan bolalar 
ovqatlanishini to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi 
Ovqatlanishdagi kamchiliklarga nazoratsiz ovqatlanish olib keladi. Agar ovqat 
tayyorlash uchun ishlatilayotgan mahsulotlar miqdorini hisobga olishda turli yosh 
guruhlarini e'tiborga olinmasa, ratsionlarning kimyoviy tarkibini alohida bir vaqt 
oralig‘i uchun hisoblab topish mumkin bo‘lmaydi. Natijada bolalarning oziq 
moddalarga bo‘lgan talabi qay darajada qondirilayotganligini bilib bo‘lmaydi.
Bolalar ovqatlanishining sifati ko‘p omillarga bog‘liq: ovqat tayyorlashda 
mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, kulinar qayta ishlash qoidalariga rioya etish, 
porsiya taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirish. Bolalar ovqatning sifati va tarkibi 
oshxona ishchilarining to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish qoidalarini bilishlari katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Demak, bog‘cha bolalarining noto‘g‘ri ovqatlanishiga birinchi navbatda 
e'tiborsizlik sabab bo‘lyapti, deyish mumkin. Bog‘cha bolalarining to‘g‘ri 
ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish birinchi galda ota-onalarning va bog‘cha 


50 
tarbiyachilarining ishidir. Ulardan birortasining bu ishga e'tiborsiz qarashi jiddiy 
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu borada bog‘cha tarbiyachilarining 
o‘rni muhimdir. Aniqlanishicha bog‘cha bolalari kundalik ovqatlarining 80 foizini 
bog‘chada iste’mol qilishadi. Demak, ana shu jarayonda bog‘cha tarbiyachilari 
ularning to‘g‘ri va oqilona ovqatlanishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur. Aks 
holda, ularning yosh organizmi turli salbiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lishlari ham 
mumkin. 
Shuni ta'kidlash lozimki, bog‘cha bolalarining organizmi o‘suvchi organizm 
bo‘lib, ularning asosiy oziq moddalarga, vitaminlar va ma'danli moddalarga 
bo‘lgan talabi bir muncha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Zero, ularning 
organizmida moddalar almashinuvi kuchli, ularda hujayralarning bo‘linib 
ko‘payish jarayoni juda jadallik bilan boradi. Xullas, ular o‘sish va rivojlanishda 
katta odamlarga nisbatan oziq moddalarga bo‘lgan ta'labi yuqori bo‘ladi. Bog‘cha 
bolalarining ovqatlanishida birinchi navbatda e'tibor qaratish kerak bo‘lgan narsa 
ularning o‘suvchanligidir. Bolalarning iste’mol taomlariga bo‘lgan talabi o‘sish 
nuqtai nazardan ta’minlanishi kerak. Masalan, 3-7 yoshli bolalar uchun kunlik 
oqsillarga bo‘lgan talab me'yori 60 g, yog‘ga – 60 g, karbonsuvlarga esa 240 g ni 
tashkil etadi. Ana shu aytib o‘tilgan oziq moddalarni bu miqdordan kam yoki ko‘p 
iste’mol qilish normal o‘sib rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Oziq moddalarni ko‘p yoki ortiqcha iste’mol qilish bir tomondan bu moddalar 
organizmga zararli hatto zahar moddalarga aylanishiga va ikkinchi tomondan 
semizlikka olib keladi. 
Bu borada ayniqsa oqsillarning o‘rni muhim. Ko‘pchilik tadqiqotlar oqsillar 
yetishmasligi o‘sishdan juda orqaga qolishga, aqliy va jismoniy jihatdan sust 
rivojlanib qolishga olib keladi. Shu bilan birga turli oqsillarning ratsion tarkibida 
yetishmasligi har xil noxush kasalliklarga olib keladi. Yosh organizmning 
kasalliklarga chidamliligini, immunitetini kuchsizlantirib yuboradi. 
Bog‘cha bolalarining ovqatlanishida e'tiborga olish kerak bo‘lgan narsa shuki, 
ular ko‘pincha shirinliklarni sevib iste’mol qilishadi. Natijada ovqatga nisbatan 


51 
ishtaxa pasayishi mumkin. Yoki ovqat tarkibida shirinliklar ko‘payishi oqibatida 
organizmda karbonsuv miqdori oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bolalarning 
ovqati tarkibida shirinliklar ham me'yoridan oshmasligi lozim. Bu borada eng 
ma'qul shirinlik asal hisoblanadi. Shakar o‘rniga asal berish yosh organizm uchun 
ancha foydali. Chunki asal tarkibida biofaol moddalar, foydali mikroelementlar, 
vitaminlar juda ko‘p. Bu moddalar esa bolalar uchun juda muhim. 
Bog‘cha bolalarning ovqatida oziq tolalarining yetarldicha bo‘lishiga jiddiy 
e'tibor berish kerak. Oziq tolalariga boy mahsulotlardan (karam, sabzi, turli boshqa 
sabzavotlar olma, qora non) ularga doimiy ravishda berib turish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Bog‘cha bolalarining yaxshi, jismoniy baquvvat bo‘lib yetishishlari 
oziq tolalariga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Bolalarning yoshi oshib borgan sari chaynash muskullari yaxshi rivojlanishi 
uchun ularga qattiq non, go‘shtli suyak kabi mahsulotlardan ham berib turish 
foydali. 
Umuman olganda, bog‘cha bolalarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish 
va uni yo‘lga qo‘yish ularning ota-onalariga va bog‘cha tarbiyachilariga ko‘p 
jihatdan bog‘liq. Zero, ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarga nima berishi yoki 
nima bermasligi, qay tartibda berishi bolalarning ovqatlanish holatiga jiddiy ta’sir 
etadi. Bola ana shu iste’mol qiladigan narsasiga qarab o‘sib rivojlanadi. Shuning 
uchun dastavval ota-onalar bu borada qayg‘urishlari lozim. Shuningdek, oqilona 
ovqatldanish va uning tashkil qilishning ahamiyati xususida bog‘cha tarbiyachilari 
orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish katta ahamiyatga ega. 
Oqsillar odam va hayvon organizmida o‘sish, rivojlanish va barcha hayotiy 
jarayonlarning davom etishida ishtirok etib, har bir hujayra tarkibining yangilanishi 
hamda yangi to‘qimalar va biologik faol moddalar (gormonlar, fermertlar va 
boshqalar)ni hosil bo‘lishi uchun asosiy “qurilish” materiali bo‘lib xizmat qiladi 
()Ularning iste’mol taomlarida tegishli miqdorda va tarkibda bo‘lishi barcha 
hayotiy jarayonlarning ma'lum bir me'yorda borishini ta’minlaydi, ovqatda hayvon 
yoki o‘simlik oqsillarining yetarli bo‘lmasligi o‘sish va rivojlanishni izdan 


52 
chiqishiga, har xil xastaliklarni paydo bo‘lishigna, umrning qisqarishiga, mehnat 
va ko‘payish faoliyatlarini pasayib ketishiga va xokazolarga olib keladi (18, 19. 27. 
29). Shuning uchun ham hozirgi paytda butun jahon bo‘ylab aholi ovqatlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni yechishda oqsil taqchilligiga alohida e'tibor 
beriladi (29,30). 
Oqsil asosiy oziq moddalar ichida eng muhimi bo‘lib, uning yosh bola 
organizmida tutgan o’rnini boshqa bir oziq modda bilan qiyoslab bo‘lmaydi. 
Oqsillar yoki proteinlarning muhim xususiyati shuki, ular o‘z tarkibida azot bo‘lib, 
ular barcha hayotiy jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Hech bir tirik 
organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar oqsillarsiz amalga oshmaydi. 
Oqsillarning tuzilishi va xossalari ular bajaradigan vazifalarga bog’liq bo‘ladi. 
Oqsillar tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan xilma- xil vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, oqsillarning eng muhim bilogik vazifalaridan biri bu ularning 
fermentativ aktivligidir. Fermentativ xususiyatga ega bo‘lgan oqsillar tirik 
organizmda boradigan kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi. 
Ikkinchidan, gormonlar sifatida fiziologik jarayonlar ma'lum tartibda 
borishida va boshqarilishida qatnashadi. 
Uchinchidan, oqsillar zahira oziq manbai vazifasini ham bajaradi. Masalan, 
tuxum, sut oqsillari (kazein), bug‘doy oqsillari (gliadin), makkajuxori oqsili (zein) 
tirik organizmlarning rivojlanishi uchun zarur oziq bo‘ladi.
To’rtinchidan, oqsillarning organizmda turli moddalarni organlarga 
tashishda qatnashadi. Masalan, gemoglobin va gemotsianin oqsillari O
2
va CO
2
ni 
tashiydi. 
Beshinchidan, oqsillar tirik organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
himoya vazifasini bajaradi. Organizmning immunologik tizimi tanaga kirgan 
bakteriya, toksin yoki viruslarga qarshi javob reaksiyasi sifatida oqsil tabiatli 
antitelolar ishlab chiqradi.


53 
Oltinchidan, bir guruh oqsillar harakatlanish va muskul tizimlarining asosiy 
tuzilish komponenti bo‘lib, organizm tomonidan mexanik ish bajarilishida 
qatnashadi. 
Oqsillar kimyoviy jihatdan analiz qilinganda uning asosiy tarkibiy qismi 
monomeri - aminokislota ekanligi hozir to‘liq isbotlangan. Bundan shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, oqsillar asosan aminokislotalardan tashkil topgan va 
hujayralarda kolloid holatda bo‘lgan yuqori molekulali organik tutuvchi 
biopolimerlardir. 
Demak, oqsilning aminokislota tarkibi uning muhim tavsifidir. Ma'lumki, bir 
qator aminokislotalar odam organizmida ham, yuksak hayvonlar organizmida ham 
sintezlanmaydi. Shu bilan birga ular bu organizmlar o’z oqsilini sintezlashi uchun 
zarur. Bunday zarur aminokislotalar 8 ta: lizin, leytsin, izoleytsin, fenilalanin, 
metionin, valin, treonin va triptofandir. Keyinchalik bu aminokislotalarga gistidin 
va arginin ham kiritilgan. Oqsillarning oziqlik qiymati aminokislotalar, ularning 
miqdori va harakteriga bog’lik bo‘ladi. Chunki har bir aminokislota odam 
organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, biz aminokislotalarni 
harakteriga 
qarab 
almashtirib 
bo‘lmaydigan va almashtirib bo‘ladigan 
aminokislotalarga bo‘ldik. 
Almashinadigan aminokislotalarning muhim xususiyatlaridan bir shuki, 
ularni organizm boshqa aminokislotalardan sintez qila oladi, ammo almashtirib 
bo‘lmaydigan, ya’ni organizm sintez qila olmaydigan aminokislotalar ham mavjud, 
bularni organizm boshqa oqsillardan sintez qila olmaydi. Vaholanki, bu oqsillar 
organizm uchun o‘ta muhim sanaladi. Bunday tipdagi oqsillarni bolalar doimiy 
ravishda iste’mol qiladigan ovqat mahsulotlari yordamida olib turishlari lozim. 
Almashtirib bo‘lmaydigan alohida aminokislotalarning fiziologik ahamiyati juda 
katta va xilma- xildir. Masalan, triptofan pellagraga qarshi vitamin hosil bo‘lishida, 
fenilalanin esa qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tirozin hosil bo‘lishida ishtirok 
etadi. Agar tanovul qilinadigan ovqatlar tarkibida ana shu almashtirib 
bo‘lmaydigan aminokislotalar bo‘lgan oqsillar taqchil bo‘lsa, organizmda azotning 


54 
muvozanati buzilishi kuzatiladi. Bunday bola organizmi uchun salbiy oqibatlarni 
yuzaga chiqradi: bola ozadi hamda o‘sish va rivojlanishda orqada qoladi. Bundan 
tashqari, organizmda spetsifik o’zgarishlar ham ro’y beradi. Oqsillar ham uni 
tashkil qilgan aminokislotalarning xususiyatlariga qarab klassifikatsiya qilinadi, 
ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatga ega bo‘lmagan oqsillar. Organizm 
hujayralarini almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bilan ta’minlaydigan 
oqsillar to‘la qiymatli oqsillardir. Qolgan oqsillar esa to‘la qiymatli bo‘lmagan 
oqsillar guruhiga kiradi. 
Odam organizmi doimo o’zi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarning yetarli 
miqdorda organizmga kirishini ta’minlaydigan to‘la qiymatli hamda to‘la qiymatga 
ega bo‘lmagan oqsillar birikmasiga muhtoj bo‘ladi. Shunga ko‘ra ovqat ratsioniga 
shunday mahsulotlar kiritilishi zarurki, bularning tarkibida organizm uchun zarur 
bo‘lgan hamma aminokislotalar bo‘lishi lozim. Ovqatda azotning birdan bir 
manbai oqsil bo‘lganligi tufayli oqsil almashinishini azot almashinishi buyicha 
tekshirish mumkin. Organizmga ovqat bilan tushadigan va axlat, ter bilan 
ajraladigan azot miqdori nisbati nisbatlanish deyiladi. 
Oqsilga bo‘lgan ehtiyoj odamning yoshi hamda jinsi, kasbi, turar joyining 
ob-havosi va boshqa omillarga bog’lik. Chet ellarda o‘tkazilgan tadqiqotlar katta 
odamlar kuniga 55-60 g oqsil iste’mol qilganda organizmda azot muvozanati 
saqlanishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shu miqdorda oqsil iste’mol qilishni Jahon 
Sog’likni Saqlash Tashkiloti mutaxassislari xavfsiz miqdor deb hisoblashadi. 
Ammo stress, ya’ni iztirob chekish holatida, bemorlikda, og’ir jismoniy ish 
qilganda, 55-60 g oqsil iste’mol qilinganida ham organizmning ehtiyojini qondira 
olmasligi mumkin. Shuning uchun eng ma'qul miqdor kuniga 85-90 g bo‘lishi 
kerak. Iste’mol qilinadigan oqsillarning 30 foizini hayvon oqsillari tashkil qilishi 
kerak.
Xulosa qilib aytganda, oqsillar to‘la sifatli ovqatlanishning asosini tashkil 
etadi. Organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini o‘simliklardan 


55 
olinadigan oziq-ovqatlar, non, yorma, sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, asosan 
kartoshka, ho’l meva hisobiga ta’minlanadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari oqsillar plastik va energetik 
ahamiyatga ega. Oqsillarning plastik ahamiyati shundaki, ular hujayralarning 
tarkibiy qismi bo‘lib, turli tuzilmalarni hosil qilishga sarflanadi. 
Olimlarning ta'kidlashicha, yosh bola organizmining me'yoriy o‘sishi, 
rivojlanishi va turli jismoniy va aqliy faoliyatlarni amalga oshirishi uchun doimiy 
sur'atda tashqi muhitdan ovqat bilan tegishli miqdorda karbonsuvlar, oqsillar va 
yog’lar qabul qilib turishi kerak. Bu oziq moddalardan karbonsuvlar va yog’lar 
tanaga energiya (quvvat) berib tursa, oqsillar zarurat tug’ilganda energetik manba 
bo‘lishidan tashqari ko‘pincha “qurilish” (plastik) materiali bo‘lib xizmat qiladi, 
ya’ni ular hisobidan yangi hujayra va to‘qimalar (qon, muskul va nerv hujayralari) 
hamda bir qator biologik faol suyuqliklar (gormonlar, fermentlar va boshqalar) 
hosil bo‘ladi. Bu esa o‘sayotgan organizm uchun katta ahamiyatga ega. Tanada 
hech bir a'zo yo‘qki, undagi hujayralar va to‘qimalar tuxtovsiz yangilanib turmasa. 
Yosh organizmlarda esa buning ustiga bevosita usish ham asosan mana shu 
oqsillar hisobidan bo‘ladi. Shuning uchun ham yosh o‘suvchi organizmlarda 
oqsilga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj katta odamlarnikiga qaraganda bir necha barobar 
ziyod, agar o’rtacha odam bir kecha kunduz davomida har bir kg tana og’irligiga 
nisbatan 1,0 - 1,2 g oqsil talab qilsa, bu ko‘rsatkich bolalarda 1,5 - 4,0 g gacha, 
ba'zan esa bundan ham yuqori bo‘ladi. Ma'lumki, odam tanasining o‘sishi eng jadal 
sur'atda bog‘cha yoshida amalga oshib, 25 yoshgacha davom etadi, shuning uchun 
bu davrda kishining oqsilli ovqatga bo‘lgan ehtiyoji qolgan davrlarga nisbatan 
doim o‘sib boradi. 
Ta'kidlab o‘tganimizdek, oqsillar faqatgina qurilish materiali bo‘lish bilan 
birga qisman energetik manba sifatida ham muhimdir. Agar odam yeydigan 
ovqatning kaloriyasi yetarli bo‘lmasa, ya’ni uning tarkibida oqsildan tashqari 
vitamin, uglevod va yog’larning nisbati kam bo‘lsa, unda oqsillar birinchi galda 
organizmning 
energetik 
ehtiyoji 
uchun 
sarflanib, 
plastik 
maqsadlarda 


56 
foydalanilmay qoladi, bu esa o’ziga xos kasalliklarga olib kelishi mumkin. 
Ratsionda karbonsuvlar bilan yog’lar bo‘lmasa, azot muvozanatiga erishish uchun 
oqsillar 5 marta ko‘proq talab qilinadi. Chunki moddalar almashinuvi jarayonida 
oqsillardan yog’lar va karbonsuvlar sintezlanadi. 
Manbalarda ta'kidlanishicha, ovqatlanishning qabul qilingan fiziologik 
me'yorlarida umumiy quvvatning o’rtacha 14 foizi oqsillar hisobiga qoplanishi 
lozim. Oqsillar shuningdek, biriktiruvchi to‘qimaning ham asosiy qurilish 
materialidir, keratin, kollagen, elastin ana shular jumlasidan. Lekin oqsillar hujayra 
skeleti, xromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida boshqa 
moddalar bilan birgalikda qatnashadilar. 
Oqsillarning 
energetik 
manba 
vazifasi 
plastik 
material 
sifatida 
qo’llanilishidan keyin turadi. Boshqacha qilib aytganda, oqsillarning energetik 
sifati odam va hayvonlar organizmida boshqa energiya beruvchi oziq moddalar 
(karbonsuvlar va yog’lar) nihoyatda kamayib qolganida kuzatiladi. Oqsillar ham 
karbonsuvlar kabi quvvatga ega bo‘lib, uning 1 g parchalanganda o’rtacha 4,1 kkal 
energiya ajraladi. 
Oqsillarning odam organizmida hazm bo‘lishi murakkab fiziologik-
biokimyoviy jarayon hisoblanib, bu o‘rinda asosiy ishni oshqozon-ichaklar tizimi 
bajaradi. Shuni e’tirofof qilish kerakki, oqsil molekulalari bir butun holda ichak 
devorlaridan qon va limfaga so‘rilish imqoniyatiga ega emas. Chunki, oqsil 
molekulalari nihoyatda ulkan molekulali ekanligisababli, ichak hujayralari – 
enterotsitlar membranasidan o‘ta olmaydi. Buning uchun oqsil molekulalari 
oshqozon-ichak 
yo‘llaridani maxsus fermentlar ta’siroida peptidlar va 
aminokislotalar parchalanishi (gidrolizlnanishi) zarur. Gidrolizlanish ikki 
bosqichdan iborat bo‘lgan, murakkab jarayon bo‘lib, dastlabki bosqich oshqozon 
hamda oshqozon hamda oshqozon osti bezi shirasining tarkibidagi proteolitik 
fermentlar yordamida poli- va oligopeptidlar va qisman aminokislotalar hosil 
bo‘lishi bilan yakunlanadi. Keyingi oqsillar parchalanishining oxirgi hal qiluvchi 


57 
bosqichi esa, ingichka ichak membranasida tizilib joylashgan haqiqiy ichak 
fermentlari ta’sirida yuz beradi (15, 16).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə