A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


Muzokara va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Moliyaviy menejmentning tashkiliy ta’minot tizimi deganda 
nimani tushunasiz?
2. Moliyaviy menejmentning dasturi va axboriy ta’minot 
tizimining ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
3. Xorijiy davlatlar kompaniyalarida boshqaruv markazlarini 
tashkil etishning nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud?
4. Kompaniyalarda foyda va investitsiyalar markazining asosiy 
vazifalariga nimalar kiradi?
5. Korxonalar moliyaviy mexanizmi deganda nimani tushunasiz?
6. Korxonalar moliyasini boshqarishda moliyaviy usulning 
o ‘mi nimadan iborat
7. Korxonalaming 
moliyaviy 
faoliyatdan 
keladigan 
pul 
mablag‘lari oqimiga nimalar kiradi?


IV BOB. KORXONALARDA M OLIYAVIY
REJALASHTIRISH
l-§ . M oliyaviy rejalashtirishning iqtisodiy mohiyati va nazariy
jihatlari
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
korxona, 
firma 
va 
kompaniyalarning xo:jalik-moliyaviy boshqaruv tizimiga yangicha 
yondoshishni ta’qozo etadi. Korxonalaming iqtisodiy mustaqil va 
moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlari, ularda boshqaruvni 
to ‘g ‘ri tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan 
holda ishlab chiqarish va xizmat k o ‘rsatishni oqilona y o ‘lga q o ‘yish, 
fan va texnika yangiliklaridan, yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanish, moliyaviy boshqaruv va moliyaviy rejalashtirishni 
to ‘g ‘ri tashkil etilish kabi bir qator omillarga bog‘liq. Mamlaka- 
timizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming muvaffa- 
qiyati ko ‘p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy- 
lashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalami ochiq turdagi 
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, kichik hamda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishga bog'liqdir. Har qanday mulkchilik 
shaklidagi korxonalarda dastlab ish faoliyatini tashkil etish, 
kelgusida ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatishni samarali bosh­
qarish va moliyaviy barqarorlikka erishishda biznes rejaning o ‘ni 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish tushunchasini xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini 
anglatuvchi «rejalilik» orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham 
rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, y a’ni 
balanslilik (muvozanat) iva proporsionallilikka (mutanosiblikka) 
erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. 
Shu m a’noda, 
balanslilikni (muvozanatni) va prorporsionallilikni ta’minlashga 
qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy 
resurslar va xo ‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo'lida)


qolgan 
daromadlar 
o'rtasidagi 
optimal 
nisbatni 
bildiradi. 
Proportsionallik esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va 
davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to ‘languncha va 
soliq to'langandan keyingi miqdorlari o ‘rtasidagi oqilona riisbatdan 
iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat 
ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi 
mumkin.
R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish 
jarayoni quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:1
- investitsion imkoniyatlaming tahlili va korporatsiya ixtiyori- 
dagi m ablag‘Iardan moliyalashtirish imkoniyatlarining tahlili;
- qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatlarini bashoratlash 
yoki oldindan ko ‘ra olish;
- bir nechta variantlardan eng oqilona qabul qilingan qaror- 
larning rejaga kiritilishini asoslay olish;
- rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan korporatsiyalar to­
monidan erishilgan natijalaming nisbatini baholash.
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyil- 
ganda moliyaviy rejalami tuzish va amalga oshirish jarayoni 
nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish 
yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil 
qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'Iash tizimi sifatida qarash 
kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish m a’lu- 
motlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab 
chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini 
aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi chizmasi sifatida 
qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,moliyaviy rejalash­
tirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko ‘rsatishi moliyaviy 
ta’minlanishining 
hayotiyiigini 
oshiruvchi 
noshakliy 
omillar 
inobatga olinishi kerak.
Moliyaviy rejalashtirish tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga 
oiadi: taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va moliyaviy 
tahlil qilish; jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan 
mablag‘larni joylashtirish menejmenti va b.
Б о ч а р о в В , Л ео н тьев В. К о р п о р ат и в н ы е ф инансы . - СП Б.: П и тер, 2004. - 592 с
41


Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari 
hisoblanadi:
- ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni 
kerakli b o ig a n moliyaviy resurslar bilan ta'm inlash;
- pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish 
hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni 
qidirib topish;
- kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan 
oqilona va samarali foydalanishni baholash;

kontragentlar 
bilan 
optimal 
moliyaviy 
munosabatlar 
o'rnatish;
- korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga 
layoqatliligi ustidan nazorat o ‘rnatish.
Bozor munosabatlariga o ‘tilganiga qadar moliyaviy rejalash­
tirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni - markaz- 
lashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal 
bo‘lgan korxonalaming besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko ‘rsat- 
kichlarni ishlab chiqish, istiqbolga m o‘ljallangan rejalam ing loyiha- 
sini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabi- 
lami hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surgan- 
ligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro£ qo‘shmas, 
chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida 
moliyaviy xizmatlaming roli tubdan o ‘zgaradi. Ular korxona 
rivojlanishini faol va ta ’sirchan boshqaradi va birvaqtning o ‘zida, 
shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. Hozirgi 
sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni 
oldindan ko‘ra bilishgina emas. Bu tegishli ishlami amalga oshirish 
jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan 
holatlarni k o ‘ra olish qobiliyati hamdir.
Albatta, xo ‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z faoliyatidagi barcha 
risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali 
oldindan ko ‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. 
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy 
natijalarini tadqiq etish;


operativ 
rejalarning 
o‘zgarishi 
asosida 
moliyaviy 
hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
- o ‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moiiyaviy resurslarga bo‘lgan 
amaldagi ehtiyojlarini aniqlash;
- moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o^z va tashqi 
manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarish tizimini 
yaratish va uning ushlab turishi (qo‘llab-quvvatlash);
- shakllantirilgan rejalarni operativ o'zgartirish tartibini ishlab 
chiqish.
Moiiyaviy rejalashtirishni quyidagi ikki asosiy turga boTtsh 
mumkin:
- strategik moliyaviy rejalashtirish o ‘z ifodasini strategik 
moliyaviy rejalarda topadiki, u 
tashqi 
va ichki muhitda 
o'zgarayotgan xo‘jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining 
ko‘p variantli bashoratidan iboratdir;
- strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi 
savollarga aniq javob bermog‘i lozim: xo‘jalik yurituvchi subyekt 
uchun talab qilinadigan kapitalning miqdori qanday, u qaysi 
tnanbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi bu 
kapitaldan qanday foydalaniladig1 o ‘z kuchiga ishongan holda 
xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkin. Agar mumkin 
bo‘lmasa, moliyaviy resurslami jalb qilishning manbalari qanday 
xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chi- 
qarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadliligining qanday 
darajalariga chiqishi mumkin va qanday muddatlarda?
0 ‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy 
funksiyalari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va 
qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalami amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslaming hajmi va ularning 
manbalarini aniqlash;
- mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilish tannarxini rejalashtirish;
- pul oqimlarini rejalashtirish;


- butun x o ‘jalik yurituvchi 
subyekt doirasida 
foydani 
rejalashtirish (bashoratlash);
- investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
- M a’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy 
rejalar quyida ikki guruhga bo'linishi mumkin:
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat 
o ‘zining qamrab olish k o ‘lami bo‘yicha, balki rejalashtirish 
maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik 
nuqtai nazaridan firma kengayishining yo ‘l qo'yilishi mumkin 
bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy 
to ‘lovga qobilligini ta ’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan x o ‘jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy 
rejasi unga tegishli b o ‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisob­
lanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va 
korxona faoliyat k o ‘rsatishining boshqa yo ‘nalishlari qiymat 
ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun 
faoliyatini moliyaviy jihatdan ta ’minlash vositasi sifatida maydonga 
chiqadi va bir vaqtning o ‘zida, shu faoliyatning moliyaviy 
natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja 
quyidagi y o ‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:

bozorlarni 
va k o ‘zda tutilayotgan 
sotuvlar 
hajmini 
o ‘zlashtirishning loyihaviy k o ‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, 
to‘g ‘ri va b.) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, 
reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi;
- pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliya­
viy natijalami aniqlash. Bu tushumlaming kelib tushishi, debitorlik 
va kreditorlik qarzlarining o ‘zgarishi, soliq to ‘lov!arini optimal­
lashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini 
taqoza etadi. Shu yerning o ‘zida foydaga oid hisob-kitoblar korxo­
naning istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning 
boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlash- 
tirilishi kerak;



zaruriy investitsiyalaming hajmi, ishlab chiqarishni kengay- 
tirish bo£yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samarador- 
ligi va foydaga ta’sirini aniqlash va boshqalar.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari dav­
latning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang'ich material 
hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning infor- 
matsion asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi 
moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar 
daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o ‘zgarishlarning obyektiv ravish- 
da o'zaro bogliqligi va uzoq muddatli tendentsiyalarini, shuning­
dek, kelajakda bu tendentsiyalar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan omillami aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur 
ctib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin 
bo‘lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy 
rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash 
deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga 
ajratiladi:
• o ‘rta muddatli (5-10-yillik);
• uzoq muddatli (10-yildan ortiq).
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 
oldin soair bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqi- 
yotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab 
chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratla- 
nayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari 
va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar 
moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari 
va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. 
Shu m a’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab 
chiqishning zaruriy va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib 
hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimning barcha subyektlari 
oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalami yechishning turli 
variantlari ishlab chiqiladi. Demak, korxonalarda istiqbolli moli­
yaviy rejalashtirish jarayonlarini ishlab chiqishda bashoratlash


tizimiga, xoh makroiqtisodiy xoh mikroiqtisodiy nuqtai nazardan 
alohida e ’tibor qaratish Iozim.
2-§. M oliyaviy rejalash tirish n in g uslubiy asoslari va tam oyillari
Korxonalarda korporativ moliyaviy rejalashtirishni tashkil 
etishda asosiy e ’tiborli jihatlardan biri, uning uslubiy asoslari va 
tamoyillarini to‘g ‘ri o ‘rganish hisoblanadi. Ishimizning ushbu 
paragrafi doirasida moliyaviy rejalashtirishning asosiy xususiyat- 
larini tadqiq etamiz.
Iqtisodchi olimlar F.Li Cheng va D.I. Finnertilam ing fikricha, 
korporativ moliyaviy rejalashtirish dividend, moliya va investitsiya 
siyosatini tahlil qilish, pirovard natijalarini bashorat qilish, ularni 
korporatsiyalar iqtisodiy muhitiga ta ’siri oqibatlari va loyihalarni 
tanlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni boshqarish 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonlari tushuniladi2.
Rus iqtisodchi olimi I.Y.Lukasevichning fikricha korporativ 
moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagi mexanizm orqali amalga 
oshiriladi (4.1 -rasm).
Rejalashtirish metodlari, bu - iqtisodiyotni boshqarishning turli 
bo‘g ‘inlarida, jum ladan, korxonalami boshqarishda rejalami ishlab 
chiqish usullari majmuasidir. Bozor munosabatlari sharoitida 
korxonalar o ‘z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga 
oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko ‘rilgan va foydali 
usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitda ham 
korxonalar faoliyatini rejalashtirish texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, 
progressiv norm a va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil 
variantlami tanlashga asoslanadi.
Yuqorida rasmdan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy rejalashtirish 
usullari xilma-xil bo‘lib, quyida biz ularning ayriinlariga to‘xtalib 
o ‘tishga harakat qilamiz.
^Бочаров В ., Л е о н т ь е в В. К о р п о р ат и в н ы е ф и н ан сы . - С П Б .: П и т е р , 2 0 0 4 . - 592 с.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə