A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


ilash belnilanoan



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

46


ilash belnilanoan
qo'shim cha va
ritish, axborotlarni
r a j r * ’* *
Joriy r
4.1-rasm. Korporatsiyalarda moliyaviy rejalashtirish jarayoni
Rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullari qatoriga quyi­
dagilarni kiritish mumkin: iqtsiodiy tahlil, balansli hisob-kitoblar va 
pul oqimlari usuli, normativ, ko‘p variantlilik, iqtisodiy matematik 
modellashtirish usuli va boshqalar (4.2-rasm).
M o liyaviy rejalash tirish d a foyd alauilad igan asosiy m etod lar
I q t i s o d i y t a h l i l m e t o d i
Balansli hisob-kitoblar metodi
K o‘p variantlilik metodi
Iqtisodiy-matematik programmalashtirish metodi
4.2-rasm. Moliyaviy rejalashtirishda foydalaniladigan metodlar
(usullar)
l lozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda.
1 Islibu usulning mohiyati, o ‘zaro aloqada bo‘lgan ko‘rsatkichlarni 
•iclishtirish bilan ifodaianadi. Balans usuli asosida korxonaning
47


ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish q u w atig a 
bo‘lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib 
chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, 
ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib 
k o ‘rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko‘ra, ehtiyojlar va ularga 
mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o ‘z ichiga 
oluvchi, o ‘zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo‘llanadi. 
Normativ usulida resurslarni sarflashning yo"l qo‘yish mumkin 
bo‘lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda norma va normativ kabi 
tushunchalardan foydalaniladi.
Norma (m e’у or) bu - belgilangan sifatdagi mahsulot birligi 
(ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, 
yoqilg'i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo ‘! 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. 
Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish mahsulot 
sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining 
buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, u holda bu normalarni kamaytirish 
mumkin emas.
Normativ 
bu - nisbiy kattalik bo‘)ib, asosan foizlar yoki 
koeffisiyentlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va 
predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon 
birligi, og‘irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. 
Masalan, asosiy fondlaming birlik qiymatiga mahsulot ishlab 
chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik 
darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o4gan yo‘li, avtomobil 
shinasining ekspluatatsiyasi va hokazo. Norma va normativlar 
progressiv tavsifga ega bo‘lishi, y a’ni ularni ishlab chiqishda 
zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, 
melmat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvat- 
laridan to‘liq foydalanish hamda ilg‘or korxonalaming tajribalarini 
hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko ‘rib 
chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, xo‘jalik hayoti va 
davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan 
almashtirilishi lozim.


Norma va normativlar quyidagi guruhlar asosida ishlab 
chiqiladi:

tirik mehnat xarajati 
normalari 
(mahsulot birligiga 
sarflanuvchi ish vaqti normasi, vaqt birligida ishlab chiqarish 
normasi, xizmat ko‘rsatish normasi, miqdor normativi);
- moddiy xarajat normalari (xom-ashyo, material, yoqilg‘i, 
energiya, butlovchi qismlar);
- ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab 
chiqarish jarayonning davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish 
hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va h.);
- mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, 
asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);
- korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quw atiga chiqish 
vaqti normalari.
K o‘rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va ko‘p 
mehnat talab jarayon bo‘lib, korxona faoliyatining resurslar 
xarajatini normalashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va 
realizatsiya qilishgacha barcha ko‘rsatkichlarini inobatga oladi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish 
faoliyatini rejalashtirish va ratsional boshqarish tizimi hamda maks- 
imal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda 
rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha 
imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona 
faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi vazifalami 
hal qilishga yo ‘naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun 
rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik, 
moslashuvchanlik kabi tamoyillariga tayanish zarur.
Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo‘Isa, asosiy, yordamchi va 
xizmat ko‘rsatuvchi sexlardan iborat bo‘lib,ularning har biri faqat 
o ‘ziga xos bo‘lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni 
rejalashtirish va tartibga solishning o'ziga xos xususiyatiga ega 
bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda etakchi bo‘g‘inni ajratib 
ko‘rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib xizmat 
qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajari- 
lishini ta’minlovchi bo‘linmasini rivojlantirishga ko‘proq e ’tibor 
qaratiladi. Masalan, bunday bo‘g ‘in sifatida mashinasozlik zavodida


yig‘uv sexi, to‘qimachilik kombinatida yigiruv va to‘quv sexlari, 
qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot sexini ko‘rsatish mumkin.
Yetakchi bo‘g ‘inni ajratib ko ‘rsatish korxonaning barcha 
boMinmalarini birgalikda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Chunki 
busiz rejalashtirish bir tomonlama bo‘lib qolishi hamda ishlab 
chiqarishni tashkil etishda «tor joylar» va disproporsiya vujudga 
kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab 
chiqarish rejasi ko ‘rsatkichlari va bo‘limlarining o ‘zaro aloqada 
bo‘lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta ’minlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda ham rejalashtirishning balans usuli katta 
ahamiyatga ega.
Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo‘iib, u 
avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish 
dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobat- 
chilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalash­
tirishning ilmiyligi, jonli m ehnat va mahsulotga aylangan mehnat 
xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga 
erishishga, 
shuningdek, 
korxona 
xodimlari 
manfaatdorligini 
oshirishga ko ‘maklashadi. Komplekslilik tamoyili ishlab chiqa­
rishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqa­
rishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab 
chiqarishning resurs asoslarini ta ’minlashda, to ‘rtinchidan, ishlab 
chiqarishdagi «tor joylarni» hisobga olish va ularni y o ‘qotish chora- 
tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o ‘z mehnatlari natijasidan 
moddiy va m a'naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning 
m o‘ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni 
ko‘zda tutadi.
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, 
balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari 
va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo‘vicha hamda ishlab 
chiqarish bosqichlarida to‘g ‘ri taqsimlanishiga va ulardan to ‘g ‘ri 
foydalanishga ko ‘maklashadi. Proporsiyalarga amal qilmaslik esa, 
aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, bosh- 
qalarida pasayishiga, y a’ni disproporsiyalarning vujudga kelishiga 
hamda korxonalaming nomaqbul tarzda faoliyat yuritishiga sabab


bo'ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’minlashda ishlab chiqarishni 
tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o ‘ynaydi.
Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, 
korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. 
Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiq- 
boldagi rejalarning esa bashoratlar bilan bog‘liq bo'lishida o‘z 
aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa mud­
datli tavsifga ega bo‘lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, 
yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya'ni «...dan» 
«...gacha» 
tamoyili 
asosida 
amalga 
oshirilmasligi 
lozim. 
Rejalashtirishning «...dan» «...gacha» tamoyilini inkor qilganda biz 
avvalo vaqt bo‘yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko‘zda 
tutamiz. Masalan, o ‘sha indikativ reja o ‘z davomiga ega bo‘lishi, 
ya’ni korxona o ‘z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda 
keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vazifalarni ham, 
albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab 
chiqarish holatlarining o ‘zgarishini ko‘zda tutishi lozim. Bu vazifa 
asosan-yil davomida amalga oshiriluvchi rejalami aniqlashtirish va 
muayyanlashtirish yo‘li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. 
Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo ‘ldosh 
mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji 
boricha unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga 
erishish uchun eng samarali yo ‘llarni tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va 
elektron hisoblash mashinalarini qo‘llash, rejalarning bir nechta 
variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko‘p variantlilik 
eng tejamli reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga 
imkon yaratadi.
Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi 
muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o ‘z vaqti- 
da o ‘zgartirishlar kiritish, iste’molchilar va xaridorlar talablarini 
hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
pasayishi va inqirozlaming oldini olishga yordam beradi. «Korxo­
nalar to ‘g ‘risida»gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu 
tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratadi.


Biroq hech qanday tamoyil, jum ladan, yuqorida sanab o ‘tilgan 
tamoyillar ham, o ‘zidan o ‘zi, y a ’ni shu tamoyillar uchungina kerak 
emas. Agar amaliyotda qo‘llanmasa bu tamoyillar faqat qog‘ozda 
qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli 
korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog‘i, rejaning 
bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamo- 
yillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan disproporsiyalarni aniqlash va ularning oldini 
olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo ‘l- 
larini belgilashga imkon berdi. Korxonalarda moliyaviy rejalash­
tirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks 
ettiruvchi, umumiy va xususiy, sifat va m iqdor ko‘rsatkichlariga 
asoslanadi.
Bulardan tashqari ayrim iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy 
rejalashtirishning quyidagi asosiy tamoyillarini ham keltirib o ‘tadi.
- rejalashtirish (boshqarish)ning umumiy tizimga integrat- 
siyalashuvi tamoyili va korxona rivojlanishining missiya va umumiy 
strategiyaga bo‘ysunishi;
- muddatlarning o ‘zaro moliyaviy nisbatdagi munosabati 
tamoyili - moliyaviy m ablag‘larning qabul qilinish va foydalanilish 
belgilangan 
muddatlarda 
sodir 
bo ‘lishi 
kerak, 
y a ’ni 
uzoq 
muddatlarda o ‘zini qoplaydigan kapital qo ‘yiImalarni uzoq muddatli 
qarz m ablag‘lari hisobiga moliyalashtirish;
- to'lovga layoqatlilik tamoyili 
-
pul 
mablag‘larining 
rejalashtirilishi yilning istalgan vaqtida korxonaning to‘lovga 
layoqatliligini ta'm inlashi kerak. Ushbu holatda korxona, qisqa 
muddatli majburiyatlarni so'ndirishni ta’minlash uchun, yetarlicha 
likvidli asosiy vositalarga ega bo‘lishi;
- kapital qo‘yilmalarning rentabellik tamoyili - kapital 
qo‘yilma uchun mavjud moliyalashtirish usullari (moliyaviy lizing, 
bank investitsion krediti, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa 
usullar) dan arzonroq usulni tanlash;
- risklarning balanslashganligi tamoyili - uzoq muddatli 
alohida 
riskli 
investitsiyalami 
o ‘z 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtirish;


- bozor talabi (ehtiyoji)ni hisobga olish tamoyili - korxona 
uchun bozor kon’yukturasini, uning hajmi va undagi raqobatchilar 
faoliyatini hisobga olish;
- haddan tashqari rentabellik tamoyili - minimal risklarda 
maksimal sermahsullik (foydalilik) ni ta'minlaydigan mablag‘larni 
moliyalashtirish yo‘nalishini tanlash.
Umumiy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar korxonada ishlab 
chiqarish rivojlanishining yo‘nalishi va darajasini aks ettiradi. Bun­
day k o ‘rsatkich!ar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, 
mehnat, tannarx va jam g‘armalar bo‘yicha ko'rsatkichlami kiritish 
mumkin.
Xususiy 
ko'rsatkichlar 
umumlashtiruvchi 
ko'rsatkichlar 
asosini tashkil qiluvchi alohida unsurlarni, masalan, material, 
yoqilg‘i, energiya va shu kabilaming mahsulot tannarxidagi salmo- 
g ‘ini tavsiflaydi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichlax asosiy ko‘rsatkichlar 
darajasiga ta ’sir o'tkazuvchi alohida omillarni ham tavsiflab beradi. 
Masalan, yordam ko‘rsatuvchi ishchilar salmog‘ining mehnat, ishlab 
chiqarishi darajasiga ta’siri; asbob-uskunalarni ish bilan ta’minlash 
koeffisiyentining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va korxona 
ishlab chiqarish dasturining bajarilishiga ta’siri; xom-ashyo va 
materiallardan foydalanish koeffisiyentining mahsulot tannarxi 
pasayishiga ta ’siri va h.
Umumlashtiruvchi 
hamda 
xususiy 
ko‘rsatkichlar 
ikkita 
kategoriyaga - mutloq (absolyut) va sifat (nisbiy) kategoriyalarga 
bo‘linishi mumkin.
Miqdor ko‘rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va 
xo‘jalik yuritish faoliyatini hajm o ‘lchamida izohlaydi. Bunday 
ko‘rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, 
ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi, mashina 
va asbob-uskunalar parki, ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan materiallar miqdori, sex hamda ish joylari soni 
va hokazolami kiritish mumkin.
Sifat ko‘rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi 
o ‘zgarishlarni nisbiy kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o ‘sishi, 
mahsulot tannarxining bazis davrga (yoki reja hisobotiga) nisbatan 
foizlarda kamayishi, mahsulotning to ‘liq tannarxiga nisbatan


foizlarda daromad hajmi, korxona rentabellik darajasining o ‘sishi va 
shu kabilar yordam ida tavsifladi.
Sifat ko‘rsatkichlari aksari hollarda pul qiymatida ifodalanishi 
sababli, korxonalaming xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil 
qilish amaliyotida asosiy va aylanma fondlar, asbob-uskunalar, 
sarflanayotgan yoqilg‘i, energiya va boshqa materiallar kabi qiymat 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko ‘rsatkichlari korxona 
faoliyatida q o ‘llaniluvchi turli xildagi vositalami statistika va 
dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va 
turli xil to ‘lovlar hamda korxona daromadi foizlardan tashqari pul 
ko ‘rinishida ham o ‘lchanadi. Korxona faoliyatini rejalashtirish 
korxona 
va 
uning 
bo‘linmalari 
faoliyatini 
tahlil 
qilishdan 
boshlanishini aytib o ‘tish muhim. M azkur tahlil davomida rejaning 
sifat, m iqdor va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilishiga baho 
beriladi ham da talofat va y o ‘qotishlar aniqlanib, korxona faoliyatini 
yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Aynan shu 
chora-tadbirlar va yangi maqsadiardan kelib chiqqan holda joriy 
rejalashtirish am alga oshiriladi hamda yangi reja davriga korxona 
faoliyati rejalari ishlab chiqiladi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə