A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§. Korxonalarda byudjetni shakllantirish va moliyaviy



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

2-§. Korxonalarda byudjetni shakllantirish va moliyaviy
aktivlarni boshqarish mexanizmini rivojlashtirish istiqbollari
Korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri bu byudjetni shakllantirish va rejalashtirish hisob­
lanadi. Korxonalarda byudjetni shakllantirish - bu asosiy operatsion 
va byudjet hujjatlari sifatida rasmiylashtirilgan, korxona faoliyati­
ning moliyaviy ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonidir.
Shakllantirish jarayoni shartli ravishda 2 tarkibiy qismga 
ajratiladi:
- operatsion byudjetni tayyorlash;
- asosiy byudjet hujjatlarini tayyorlash.
Xorijiy amaliyotda yirik korxonalaming tajribasiga ko'ra, 11 
ketma-ketlikdagi qadamdan iborat bo‘lgan byudjetni shakllantirish 
sxemasi maqsadga muvofiqdir:
1. Savdo byudjetini tuzish - dastlabki va eng m as’uliyatli 
qadamdir, chunki savdo hajmi bahosi barcha keyingi byudjetlarga 
ta’sir etadi.
2. Tijorat harajatlari hisob-kitobi savdo hajmi bilan o ‘zaro 
bogTangan bo‘lishi kerak.
3. Ishlab chiqarish byujeti - natural ko‘rsatkichlardagi mahsu­
lot ishlab chiqarish rejasini o ‘zida aks ettiradi hamda savdo 
byudjetidan kelib chiqqan holda tuziladi.
4. Ishlab chiqarish zaxiralari byudjeti - asosiy byudjetning ikki 
xulosaviy moliyaviy hujjatlarini tayyorlash uchun zarur axborotlami
70


o ‘zida mujassamlashtiradi: daromadlar va xarajatlar to ‘g‘risidagi 
prognoz; balans hisoboti prognozi.
5. Materiallarga to‘g ‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar byudjeti.
6. Mehnat haqiga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlar byudjeti - mah­
sulot turi, tayyorlash qiyinchiligi va bir soat ish uchun mehnat 
haqiga bog‘liq.
7. Umumishlab chiqarish xarajatlari byudjeti - materiallar xa- 
rajatlari va ish haqiga to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlardan tashqari. 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan barcha xarajatlami 
qamrab oladi.
8. Boshqaruv xarajatlari - bu korxonaning ishlab chiqarish yo­
ki tijorat faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan barcha xarajatlardir.
9. Daromadlar va xarajatlar to bg ‘risidagi hisobot (yoki prog­
noz) - korxona qanday daromad ko‘rishi va qancha miqdorda 
xarajat qilishi kerakligini ko‘rsatuvchi, asosiy byudjetning birinchi 
yakuniy hujjatidir.
10. Balans hisoboti (yoki prognoz balansi) korxona qanday 
moliyalashtirish vositalariga egaligini, ular qanday foydalanilmoqda 
va aniq bir sanaga korxona moliyaviy holatini qanday ifodalanishini 
ko‘rsatadi.
11. Pul mablag‘lari oqimi byudjetini tuzish - byudjetlashti- 
rishning muhim va qiyin bo‘lgan qadamlaridan biridir. Uni tuzishda, 
tuzilgan byudjetlar (yuqorida aytib o‘tilganlar) va eng avvalo, savdo 
hajmi byudjeti asos bo‘lib xizmat qiladi.
Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o ‘z 
texnologiyasiga ega bo£lib, bu texnologiya korxonaning rejalashti- 
rilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga 
muayyan vazifalami belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va mud- 
datiga ko‘ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati 
natijasi - daromad yoki foyda olishni o‘z ichiga oladi. Kichik 
korxonalarda bu vazifalami bajarish katta korxonalarga nisbatan 
yengilroq bo‘lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish 
talab qilinadi:
- ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;
- xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;
- moliyaviy resurslar;


- aylanm a m ab lag lar mavjudligi va unga bo‘Igan ehtiyojlar, 
jum ladan, moddiy-tovar boyliklari zaxiralari;
- ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;
- mahsulotni sotish kanallari.
Rejalashtirish, reja loyihasini uning mahsulot ishlab chiqarish 
va sotish rejasi, moddiy-fexnika ta ’minoti rejasi, kadrlar va oylik 
maosh bo‘yicha reja, yangi texnika va kapital qo‘yilmalar rejasi, 
moliyaviy reja kabi asosiy qismlari doirasida tayyorlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan rejadan avvalgi davrni o ‘z ichiga oladi. Ularning 
moddiy va moliyaviy resurslar hamda bajarish muddati bo'yicha 
to ‘liq o ‘zaro bog‘liqligi va balanslashganligi rejalashtirish jarayoni 
va korxona rejasining ishonchliligini ta’minlovchi muhim jihatdir. 
0 ‘z navbatida, malisulot ishlab chiqarish ishchi kuchining mavjud­
ligi, shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazish rejalari va ishlab 
chiqarish quvvatlari bilan, tannarx rejalari esa ishlab chiqarish 
dasturlari va moliyaviy reja bilan bog‘liq b o iad i.
Rejalarni ishlab chiqishda korxonaning barcha sexlari va 
funksional bo‘linmalari, jum ladan, moliya va reja bo‘limi, mehnat 
va ish haqi bo‘limi, marketing xizmati, buxgalteriya, texnik bo‘lim, 
sex rahbarlari ishtirok etishlari zarur. Korxona rejasi va uning 
bo‘limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, uni 
bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab qilinadi 
hamda ish sifati yuqori darajada bo‘ladi. Afsuski, rejaning balans- 
lashtirilmaganligi, unda xatolar mavjudligi, shuningdek, rejani 
bajaruvchilaming intizomsizligi (amalga oshirishni sust nazorat 
qilish natijasida) tufayli ko ‘p vaqt hamda mablag‘lar isrof qilin- 
moqda. Shu sababli mahsulot sifati pasayib, daromad olish o'rniga 
xarajatlar yuzaga kelmoqda. 
Bundan kelib chiqqan holda, 
rejalashtirishni korxona jam oasining funksiyasi, deb atashimiz 
mumkin.
Korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni samarali tashkil 
etishda moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etish hamda ularni optimal 
boshqarishni 
yo‘lga 
qd‘yish 
muhim 
ahamiyat kasb 
etadi. 
Shuningdek, yangicha ish yuritish avval uchramagan muammolami 
keltirib chiqarmoqda. Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali 
mijoz va hamroh tanlash bilan birga ulaming moliyaviy imkoni- 
yatlarini o ‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Korxonalaming xo‘jalik
72


faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini 
oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
X o‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalaming ishlab chiqarish, 
moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini 
aniqlashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, 
korxonalaming kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini 
yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi ko‘p ukladli 
bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va 
ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar 
faoliyatini moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik korxonalar 
faoliyatini asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar- 
ning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri - bu boshqaruv tizimini 
takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxo- 
nalarning xo ‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish 
birinchi navbatda, moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirishda 
asosiy manba yoki muhim dastak bo‘lib xizmat qilsa, keyingi 
navbatda boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim 
sharti hisoblanadi. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni samarali 
tashkil etilishi, ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish bilan 
birga moliyaviy holatini ham mustahkamlab boradi. Korxonalaming 
moliyaviy holati bu:
- komples ravishdagi tushuncha bo‘lib, u o ‘z ichiga keng 
ko'rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalaming moliyaviy resurs- 
lari mavjudligi, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish 
darajasini ifodalaydi;
- korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo‘jalik 
omillarining harakati, ularning o‘zaro aloqadorlik natijasidir;
- korxonalaming mo‘tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va 
boshqa faoliyati uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan 
ta'minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir;
- korxonalaming boshqa xo‘jalik subyektlari, organlari va 
tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir.
Korxonalaming ichki va tashqi omillar ta’siri ostida shakl- 
langan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu
73


korxona bilan aloqada bo'lgan boshqa korxona va tashkilotlaming 
moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman korxonalaming ishlab 
chiqarish, x o ‘jalik faoliyatini, jum ladan, ulam ing moliyaviy holati 
tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy 
nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, 
statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi 
va boshqalar tashkil etadi. Demak, moliyaviy menejer, moliyaviy 
boshqaravchilar yoki boshqa mutaxassislar korxonalar istiqbolini 
belgilashda xususan moliyaviy rejasini ishlab chiqish va amaliyotga 
tadbiq qilishda chuqur nazariy bilimlar va amaliy k o ‘nikmalarga ega 
bo‘lishlari lozim.
Xorijiy davlat amaliyotida korporativ moliyaviy rejalashti- 
rishning bosh maqsadi ulaming missiyalaridan kelib chiqqan holda 
amalda belgilanadi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida har 
qanday tadbirkorlik faoliyatining bosh maqsadi samarali (foydali) 
harakat qilish hisoblanadi. Shuning uchun ham, tadbirkor asosiy 
e ’tiborini birinchi navbatda, yuqori daromad va uning yuksalishiga 
qaratm og‘i lozim. Shu maqsadda: zararsizlik tahlil etiladi. Tahlilda 
quyidagi tushunchalarga alohida ahamiyat beriladi:
- zararsizlik tahlili usuli;
- doimiy, o ‘zgaruvchan va aralash xarajatlar;
- zararsizlikning tahlili' grafik usuli;
- zararsizlilik nuqtasi Va uni mohiyati;
- yalpi foyda;
- boshqaruv usuli;
- zararsizlik zonasi.
Har qanday kompaniya maksimal foyda olishi uchun muvaf- 
faqiyatli ishlashi zarur. Albatta shu asnoda foydani oshirish uchun 
sotish hajmini ham ko‘paytirish zarur. Zamonaviy iqtisodiyotda 
firmalar har doim barqaror o ‘sish va foydaning doimiyligini 
ta’minlashga harakat qilishadi. Barqaror foydani ta’minlash uchun 
dividend, kapitalni investitsiya qilish, yangi investorlami jalb qilish 
yoki o ‘zining xususiy kapitalidan oqilona foydalanishga to ‘g ‘ri 
keladi. Firma menejerlari doim mahsulot sotib olish narxi, tayyor 
bo‘lgan mahsulotni sotish narxi, doimiy va o ‘zgaruvchan xarajat- 
lami optimallashtirish, yoki zaxiralami realizatsiya qilish kabi


murakkab qarorlarni qabul qiladi, ya’ni menejerlar korxona qancha 
xarajat qiladi va qancha daromad oladi kabi savollarga javob berish 
uchun ular oldida murakkab vaziyatlar tug'iladi. Hozirgi sharoitda 
beznesni boshqaruvchilar, moliyaviy menejerlar, tadbirkorlar zarar­
sizlikni tahlil etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Bularga:
a) biznes rejalashtirish;
b) maqsadli foyda tahlili;
v) ishlab chiqarishda optimal texnologiyani tanlash va hokazo.
Zararsizlikni tahlil etish orqali har bir moliyaviy menejer 
(boshqaruvchi) biznesda ishbilarmonlik sohasidagi o ‘zgarishlarni 
baholay olish imkoniga ega bo‘ladi. Zararsizlikni tahlili - korxona 
mahsulot bahosi, ishlab chiqarish hajmi mahsulot birligiga to‘g ‘ri 
keluvchi o'zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat va foydaliligini 
o‘rganuvchi usuldir. Zararsizlik tahlilining eng asosiy tomoni, bu 
xarajatlarni ikki guruhga bo‘lib o ‘rganishdir:
1. Doimiy xarajatlar;
2. 0 ‘zgaruvchan xarajatlar.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə