A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


Muzokara va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy strategiya.
2. Korxonalar 
faoliyatida 
moliyaviy 
rejalashtirishning 
mazmun-mohiyati.
3. Moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish metodlari.
4. Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari.
5. Moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish bosqichlari.
6. Operativ 
moliyaviy 
rejalashtirish. 
Joriy 
moliyaviy 
rejalashtirish. Strategik (istiqbolli) moliyaviy rejalashtirish.
7. Moliyaviy prognozlashtirish va moliyaviy rejalashtirish.
8. Biznes rejaning korxona faoliyatidagi ahamiyati.
9. Korxonalarda biznes rejani amalga oshirish bosqichlari.


V BOB. KORXONA AKTIVLARINING TARKIBI VA
ULARNI BOSHQARISH
l-§ . Korxona aktivlarining mohiyati va ularni boshqarisli
tamoyillari
Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda har qanday 
mulkchilik shaklidagi firma va kompaniyalar o‘zlarining xo‘jalik- 
tadbirkorlik faoliyatlarini, m a’lum bir turdagi yoki miqdordagi 
aktivlarga ega bo‘lmasdan turib amalga oshirishlari mumkin emas. 
Kompaniyalarning aktivlari ular balansining aktiv qismida aks 
ettiriladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 
aktivlar - bu xo‘jalik subyekti tomonidan nazorat qilinuvchi
avvalgi davrlarda qandaydir hodisa yoki jarayon natijasida paydo 
b o ig a n va bulardan kelajakda xo'jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan iqtisodiy manfaat olishni ko‘zlaydigan resurslar tushu- 
niladi. Keltirilgan tarifdan kelib chiqqan holda kompaniyalarning 
aktivlari deyilganda, kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini 
ta’minlash, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini 
uzluksizligini ta ’minlash, ularning bozor qiymatini oshirish va 
egalarining talablarini qondirish maqsadida xo‘jalik faoliyatida 
foydalaniladigan iqtisodiy resurslar tushuniladi.
O ‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy 
standartiga asosan korxona aktivlari ikki qismdan iborat bo‘lib, ular: 
uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar. «Uzoq muddatli aktivlar» 
bo‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq 
muddatli investitsiyalar, o ‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yil- 
malar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan 
uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak. «Joriy 
aktivlar» bo'lim ida tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davrlar xara- 
jatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlaming joriy qismi, debitorlik 
qarzlari, pul inablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va 
boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona, firma va kompaniyalar 
aktivlarini m a’lum bir xususiyatlari bo‘yicha tasniflash yoki tarkibiy 
joylashtirib chiqish mumkin bo‘ladi. Korxona aktivlarini quyidagi 
xususiyatlari bo‘yicha tasniflashimiz mumkin:
I. Bajaradigan vazifalari va shakliga ko ‘ra:
1. 
Moddiy,
y a’ni moddiy xususiyatga ega bo'lgan aktivlar:
asosiy vositalar;
-tu g allan m ag an ishlab chiqarish;
- xomashyo, material va boshqa ishlab chiqarish zahiralari;
-- tayyor mahsulot va tovarlar;
- boshqa moddiy aktivlar.
2. 
Nomoddiy,
y a ’ni nomoddiy xususiyatga ega bo‘lmagan 
aktivlar:
- yerosti va tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi;
- sanoat nusxalari va modellaridan foydalanish huquqi;
- «nou-xau», patentlar, mahsulot belgilari va markalari;
- «gudvil» va korxonaning boshqa mulkiy huquqlari va 
qiymatliklari.
3. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə