VII BOB. X Q ‘JA.LIK SUBYEKTLAR1DA PUL OQIMLARINI BOSHQARISH l-§. Korxonalarda pul m ablagiari oqimining mohiyati va ularni baholash usullari Korxonalarda pul oqimini boshqarish moliyaviy menejment-
uing muhim funksiyalaridan biri sanaladi. Biz ushbu bobda
korxonalarda pul mablag‘lari oqimini samarali boshqarish va
ulardan oqilona foydalanish masalalarining amaliy va nazariy
jihatlarini o'rganib chiqamiz.
Pul oqimi tushunchasi korxona tijorat faoliyatining sof foyda
natijasi sifatida ifodalanadi. Korxonaning pul oqimi:
- ular harakatlanishining yo'nalishi bo‘yicha;
— tushumlarning tavsiflari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Pul oqimi o ‘z harakatining yo‘nalishi bo'yicha quyidagilarga
bo‘linadi:
- pul mablag‘lari kirimi (ijobiy pul mablag1'lari-oqimi), ya’ni
korxona tomonidan ohngan mablag‘lar;
- pul mablag‘lari chiqimi (salbiy pul oqimi), ya'ni korxona
tomonidan sarflangan mablag‘lar.
Tushumlar tavsifi bo‘yicha pul oqimi quyidagilarga ajratiladi:
- bir xil va doimiy ravishda bo‘lmagan tushumli pul oqimi;
- bir xil bo‘lgan, lekin doimiy ravishda bo‘lmagan (bir xil
muddatda b o ‘lmagan) tushumi pul oqimi;
- bir xil (teng) miqdordagi va doimiy bir muddatda tushuvchi
pul oqimi.
Har qanday moliyaviy bitimdan maqsad ikki yo'nalishdagi pul
oqimi harakati to‘g‘risida boradi, ya’ni:
- hozirdan kelgusiga tomon;
- kelgusidan hozirga (joriy vaqtga) tomon.
Pul oqimining hozirdan kelgusiga tomon harakatlanishi o‘sib
boruvchi jarayon (yoki
kompaunding ) deb nomlanadi. 0 ‘sib borish
jarayonining iqtisodiy mohiyati investoming operatsiya yakuni
bo‘yicha olishni nazarda tutilgan miqdorni aniqlashga asoslanadi.
Вu miqdor
p u l oqimining kelgusi qiymati deb nomlanadi va FV
bilan belgilanadi.
Pul oqimining kelgusidan hozirga tomon harakatlanishi