A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§, Korxonalarda aylanma mablag‘larni boshqarish



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

3-§, Korxonalarda aylanma mablag‘larni boshqarish
damoliyaviy strategiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi
Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funktsional strate- 
giyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar o ‘zgaruvchanligi sharoitida 
uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffa- 
qiyatini ta ’minlashning eng samarali yo ‘llarini tanlash. moliyaviy 
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini ta- 
komillashtirish yo ‘lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosa- 
batlarni rivojlantirishning barcha asosiy y o ‘nalishlarini ta ’minlashni 
o ‘zida aks ettiradi.
Korxonaning samarali rivojlanishini ta ’rninlashda moliyaviy 
strategiya ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni quyida- 
gilarda ko'rishim iz mumkin:
1. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va 
uning alohida tarkibiy bo‘linmalari oldiga qo‘yilgan iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli umumiy va moliyaviy maq- 
sadlami amalga oshirish mexanizmini ta ’minlaydi.
2. Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imkoni- 
yatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan rnaksimal foy- 
dalanishni va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta’min­
lash imkonini beradi.
3. Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan 
o ‘zgarishi jarayonida paydo bo'iadigan yangi istiqbolli investitsion 
imkoniyatlarni tezkor amalga oshirishni ta ’minlaydi.


4. Moliyaviy strategiya ishlab chiqish nazorat qilinmagan kor­
xonalar rivojlanishining mumkin b o ig an variantlarida ta'sir qiluv- 
chi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy 
oqibatlarni minimum darajaga pasaytirish imkonini beradi.
5. Korxonaning moliyaviy faoliyatini uning raqobatchilari 
bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini aniqlash imkoniyatini 
beradi.
6. Aniq moliyaviy strategiya korxona moliyaviy faoliyatini 
strategik, joriy va operativ boshqarishdagi o ‘zaro bog‘liqlikni 
ta ’minlaydi.
7. Korxonada eng muhim strategik moliyaviy qarorlar ijrosini 
moliyaviy mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta’minlaydi.
8. Moliyaviy strategiya tizimida muhim moliyaviy boshqaruv 
qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkonivati shakllanadi.
Korxonada o ‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida 
qarash tamoyili strategik boshqaruv jarayonida korxona moliyaviy 
strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashqi omillar bilan o ‘zaro 
bog‘liq ochiq va aniq tizimni o ‘zida aks ettiradi. Korxonaning 
bunday o ‘zaro bogiiqiik jarayoni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos 
makonni, 
vaqtni 
hamda 
funktsional 
tarkibni 
talab 
qiladi. 
Korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ochiqligi va o ‘z-o‘zini 
tashkil etishga qobiliyatli ekanligi moliyaviy strategiyaning sifatli 
tashkil etilishini ta'm inlash imkonini beradi.
Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalami hisobga 
olish tamoyili korxona iqtisodiy rivojlanish umumiy strategiyasining 
tarkibiy qismi sifatida birinchi navbatda operatsion faoliyatni 
rivojlantirishni ta’minlash va moliyaviy strategiyaning unga 
ixVysunuvchan xarakterda bo‘lishini ifodalaydi. Shuning uchun 
moliyaviy strategiya strategik maqsadlar va operatsion faoliyat 
yo‘nalishlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Umuman, moliyaviy 
strategiyaga tanlangan korporativ strategiya bilan muvofiqlikda 
korxona samarali rivojlanishini ta ’ininlashning muhim omillaridan 
biri sifatida qaraladi.
Shu bilan birgalikda moliyaviy strategiya korxona operatsion 
faoliyatini strategik risojlantirishni tashkil etishga o lz ta’sirini 
ko'rsatadi. Bu operatsion strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblan- 
gan yuqori darajada mahsulot realizatsiyasini, operatsion foyda va
85


korxonaning raqobatdagi pozitsiyasini oshirishni ta ’minlash bilan 
hog'liq. Agar korxona o ‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshira- 
yotgan tovar va m oliya bozorlarining rivojlanish tendentsiyalari 
paydo bo‘ladigan holatlarga mos tushmasa, bu korxona operatsion 
faoliyat rivojlanishining strategik maqsadlari moliyaviy cheklashlar 
bilan bog‘lanmaganligini ko‘rsatadi. Bunday holatda korxona 
operatsion faoliyat strategiyasini mos ravishda muvofiqlashga 
to‘g ‘ri keladi. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbir- 
korlikka maqsadli yo ‘naltirish tamoyili korxonalarda moliyaviy 
boshqaruv o ‘sishini yoki tadbirkorlikka mos strategik maqsadlarni 
tavsiflaydi. Strategik moliyaviy boshqaruvning o ‘sish usuli korxona 
moliyaviy faoliyatining rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan holatda 
qabul 
qilinadigan 
moliyaviy 
qarorlar 
muqobil 
variantlarini 
minimallashtirishni va rivojlanish darajasini saqlab qolishni o ‘zida 
aks ettiradi.
Strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik usuli asosini 
moliyaviy faoliyatning barcha yo‘nalishlari va shakllari bo'yicha 
samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlash tashkil etadi. 
Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o ‘zgarishini hisob- 
ga olgan holda qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun bar­
cha yo'llarda moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirishning yo ‘nalish- 
lari, shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan bogiiq.
Iqtisodiy adabiyotlarda strategik moliyaviy boshqaruvning 
o ‘sish usuli konservativ (an’anaviy) usul sifatida, shu bilan bir 
vaqtda tadbirkorlik usuli - agressiv, jadallik bilan rivojlanishga 
yo‘naltirilgan usul sifatida qaraladi. Bu bo ‘yicha ko‘pchilik 
iqtisodchilar xulosasiga ko‘ra strategik moliyaviy boshqaruvning 
tadbirkorlik usulli yangi boshqaruv paradigmasi - strategik 
boshqamv bilan bog‘lanadi.
Strategik 
moliyaviy 
rivojlanishning 
yetakchi 
sohalarini 
belgilash tamoyili korxona moliyaviy faoliyatining eng muhim 
yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi va uni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishning bosh maqsadi uzoq muddatli istiqbolga 
korxonaning bozor qiymati doimiy o‘sib borishini ta ’minlash 
hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi esa bir tomondan 
alohida funksional strategiyalami amalga oshirishni moliyaviy
86


ta'm inlashga qaratilsa, boshqa tomondan strategik maqsadlarda 
korxona investitsion faoliyatini shakllantirishga yo‘naltiriladi. 
Korxona moliyaviy xavfsizligini ta’miniash strategiyasi uning stra- 
legik rivojlanish jarayonida moliyaviy barqarorlikning asosiy 
ko‘rsatkichlarini shakllantirishga va qo'llab-quvvatlashga yo‘naltiri- 
ladi. O lz navbatida korxona moliyaviy faoliyati boshqaruvining 
sifatni oshirish strategiyasi korxonalarda moliyaviy xizmatni 
shakllantirishga xizmat qiladi.
Moliyaviy strategiyaning moslashuvchanligini ta’minlash ta­
moyili korxona moliyaviy faoliyatining kelgusidagi rivojlanishi har 
doim ham noaniqlik kasb etishi bilan izohlanadi. Shuning uchun 
korxonaning ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyasini amalga oshi­
rishning barcha bosqichlarida uni o'zgarishsiz ko‘rinishda saqlash 
mumkin imkoni yo‘q. Bunday sharoitda moliyaviy menejerlaming 
inuqobil strategik xatti-harakatlari asosida ishlab chiqilgan moliya­
viy strategiyaning yuqori darajadagi moslanuvchanligi yuzaga 
chiqadi.
Strategik moslashuvchanlik moliyaviy faoliyatni amalga 
oshirishning ichki yoki tashqi shart-sharoitlari o‘zgarishi natijasida 
yangi strategik moliyaviy qarorlarni ishlab chiqish yoki tezkor 
o‘zgartirishlarni amalga oshirish bo'yicha korxonaning mavjud 
imkoniyatlarini o ‘zida aks ettiradi. U moliyaviy faoliyatni ichki 
tashkiliy muvofiqlashtirish orqali moliyaviy resurslami bir strategik 
xo‘jalik yuritish zonasidan boshqasiga osonlik bilan o‘tkazish 
imkoniyatini beradi.
Strategik moliyaviy tanlovlaming muqobilini tanlash tamoyili 
strategik moliyaviy qarorlar asosida moliyaviy faoliyatni amalga 
oshirish yo‘nalishlari, shakllari va metodlarining muqobil variant- 
larini qidirish, umumiy moiiyaviy strategiyani shu asosda qurish 
uchun eng yaxshisini tanlash va uni samarali amalga oshirishni 
shakllantirishda namoyon bo'ladi. Muqobillik butun korxona stra- 
legik boshqaruv tizimida muhim farq qiluvchi xususiyatlar inobatga 
olingan bo‘ladi va strategik moliyaviy to‘plamning barcha 
clementlari - moliyaviy maqsadlar, moliyaviy faoliyatning alohida 
ko‘rinishlari, moliyaviy resurslar shakllanish manbalari, moliyaviy 
boshqaruv usuli va mentalitetlari bilan bog‘langan.


Moliyaviy faoliyatda lexnologik rivojlanish natijalaridan 
doimiy foydalanishni ta ’minlash tamoyili moliyaviy strategiyani 
shakllantirishda korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasi o'sishini 
ta’minlovchi texnologik yangiliklarni joriy etish orqali moliyaviy 
faoliyatning bosh mexanizmlarini ishlab chiqishni anglatadi. Shu- 
ning uchun korxonaning umumiy strategik rivojlanish maqsadiarini 
amalga oshirish texnologik rivojlanish natijalaridan tezlik bilan 
foydalanishga sezilarli darajada bog‘liq bo‘lib, texnologik rivoj­
lanish natijalari jarayonni engillashtiradi.
Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida moliyaviy 
risklar darajasini hisobga olish prinsipi moliyaviy strategiyani 
shakllantirish jarayonida qabul qilinadigan barcha asosiy moliyaviy 
qarorlar amaliy jihatdan turli darajada moliyaviy risklar bilan 
bog‘langanligini hisobga olishni o ‘zida aks ettiradi. Bu bog'liqlikni 
birinchi navbatda moliyaviy faoliyat yo ‘nalishlari va shakllarini 
tanlash, moliyaviy resurslam i shakllantirish, moliyaviy faoliyatni 
boshqarishning 
yangi 
tashkiliy 
tuzilmalarini 
joriy 
etishda 
ko‘rishimiz mumkin. Xususan, moliyaviy risklaming yuqori darajasi 
foiz stavkalari tebranish davri va inflyatsiyaning o ‘sish davrlarida 
ko‘tariladi. Moliyaviy menejerlaming turli xil mentaiitetlari bilan 
bog‘liq ravishda har bir korxonada moliyaviy strategiyani ishlab 
chiqish jarayonida moliyaviy risklarga y o ‘l qo‘yish darajasiga 
nisbatan aniq differensial (tabaqalashgan) parametrlar o ‘rnatiiishi 
lozim. Bunda belgilanadigan parametrlar y o ‘l qo'yilayotgan 
risklarning yuzaga chiqishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni kamaytirish maqsadida chora-tadbirlarni o ‘zida mujassam 
etadi.
M oliyaviy strategiyani amalga oshirish jarayonini moliyaviy 
menejerlarga yo ‘naltirish tamoyili korxona moliyaviy strategiyasi 
alohida parametrlarini ishlab chiqishga, uni amalga oshirishga 
maxsus tayyorlangan mutaxassislar - moliyaviy menejerlar jalb 
qilinishi 
lozimligini 
anglatadi. 
Bunday 
menejerlar strategik 
boshqaruvning asosiy tamoyillari, moliyaviy faoliyatning alohida 
jihatlarini boshqarish mexanizmlari 
bilan tanish bo‘lishlari, 
moliyaviy nazoratning metodlarini egallagan bo‘lishlari lozim.
Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyaning tashkiliy tuzilma va 
tashkiliy madaniyatga muvofiqligini ta’minlash tamoyili moliyaviy
88


strategiyani samarali amalga oshirishning muhim sharti sifatida 
boshqaruvning tashkiliy tuzilmalaridagi o ‘zgarishlar va tashkiliiy 
madaniyatni o ‘zaro muvofiqlashtirishda namoyon boladi. Bu 
sohada ko ‘zda tutilgan strategik o ‘zgarishlar moliyaviy strategiya 
parametrlari va uni amalga oshirishni ta’minlashning tarkibiy qismi 
bo'lishi lozim.
Korxona moliyaviy faoliyat sohasida strategik to‘plamning 
asosiy unsurlarini izlab tonish strategik moliyaviy tahlil natijalariga 
asoslanadi. Strategik moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani 
rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin bo'lgan yo‘na- 
lishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini 
amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta’sirini 
o ‘rganish jarayonini o‘zida aks ettiradi.
Strategik moliyaviy tahlilning yakuniy natijasi moliyaviy 
faoliyatning har bir strategik yetakchi sohalari doirasida moliyaviy 
rivojlanishning asoslarini va imkoniyatlarini ko‘p tomonlama va 
kompleks tavsiflaydigan korxona strategik moliyaviy pozitsiyasi 
modeli hisoblanadi. Strategik moliyaviy tahlilni amalga oshirishning 
muhim asoslaridan biri uning asosiy obyektlarini aniqlash hisob­
lanadi. Strategik moliyaviy tahlilning asosiy yaxlit obyektlari yaku­
niy natijasi sifatida tuzilishini hisobga olgan holda korxona strategik 
moliyaviy rivojlantirishning dominant sohalari (yo'nalishlari) 
ko'zga tashlanadi. Bunday yetakchi sohalardan har biri ko‘rib chiqi- 
layotgan yo'nalisb bo‘yicha korxona moliyaviy faoliyati xususi­
yatlari va natijalarini turli tomonlardan tavsiflaydigan alohida 
segmentlarga bo‘lingan bo‘lishi lozim.
Strategik tahlil o ‘tkazish asoslari korxona xo'jalik faoliyatiga 
alohida omillarning ta’siri va ularning ishlab turgan muhiti sha­
re itini o ‘rganishdan tarkib topgan. Strategik moliyaviy tahlil yo ‘na- 
lishlari va obyektlari tarkibini hisobga olgan holda uning o ‘rganish 
predmeti bo‘lib korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti 
hisoblanadi. Korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti deganda 
tashkilotga, uning moliyaviy faoliyati shakllari va natijalariga ta’sir 
ctuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi tushuniladi.


1. Aylanma 
aktivlami 
boshqarishning 
bugungi 
kundagi 
ahamiyati.
2. Aylanma aktivlami boshqarishning asosiy maqsadi.
3. Aylanma aktivlami boshqarishda amalga oshirish lozim 
bo‘lgan vazifalar.
4. Korxona aylanma aktivlarining m e’yor darajasi va uni 
ta’minlash yoMlari.
5. Aylanma aktivlar strukturasini optimallashtirish.
6. Aylanma aktivlar zaruriy likvidligini ta ’minlash.
7. Aylanma aktivlar samaradorlikdarajasini tahlil qilish.
8. Aylanma aktivlar aylanuvchanligi darajasi va uni oshirish 
yo'llari.
9. Aylanma aktivlami moliyalashtirish manbalari.



Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə